O‘zbek tilida dialektal frazeologik birliklarning, lingvomadaniy birliklarning lingvomadaniy tadqiqi Tayanch so‘zlar


Download 44.8 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi44.8 Kb.
#1620087
TuriИсследование
1   2   3
Bog'liq
MAQOLA.TAYYOR

ASOSIY QISM. Hozirgi kunda frazeologik birliklarning lingvomadaniy tahlili juda keng ko‘lamda o‘rganilmoqda. Bu tadqiqotlar asosan ikki til misolida ingliz-o‘zbek, italyan-o‘zbek tillaridagi kabi frazeologik birliklarning lingvomadaniy tahliliga bag‘ishlangan. Ammo frazeologik birliklar dialektologiya nuqtayi nazaridan lingvomadaniy birliklar bilan qiyoslangan holda hali deyarli tahlilga tortilmagan. Biz tahlilga tortgan mavzuimiz aynan til va madaniyatning birlashgan nuqtasida lingvomadaniy birliklar sifatida yuzaga kelgan dialektik frazeologik birliklardir. Ushbu mavzuning yangilik tomoni shundaki, hali lingvomadaniy birliklar dialektal(sheva yoki lahja)jihatidan tahlilga tortilmagan.
Lingvomadaniy birliklar faqatgina tilga tegishli bo‘lmaydi,Ma’lum bir hududda yashovchi millatlarning tarixiy taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan madaniy ma’no kasb etuvchi afsona, rivoyat, doston yoki butun bir yozilgan asar ham lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Masalan, Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanini olaylik.To‘g‘ri, romanning g‘oya va mazmuni, syudjet (voqealar tizimi) singari unsurlarni tahlil qilish adabiyotshunoslik sohasiga tegishli masalalardir. Ammo asarning butun mazmuni undagi qahramonlarning psixologik holati ham aynan nutqdagi birliklar,ayniqsa, ibora, maqol,matal singari frazeologik birliklar orqali yuzaga chiqadi.Biz ushbu kichik tadqiqotimizda aynan dialektal frazeologik birliklardan ibora va maqolllarning lingvomadaniy tahliliga diqqatimizni qaratdik.Qaysi bir yozuvchi yoki shoirni olmang, ular har biri ma’lum bir dialekt(sheva) vakili. Tog‘ay Murod ham Surxondaryo diyoridan yetishib chiqqan yozuvchilardan. Yozuvchi o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyining til xususiyatlarini o‘z asarlariga mahorat bilan singdira olgan ijodkor hisoblanadi.Quyida asardan keltirilgan parchani olaylik: …Bobomiz ana shu yo‘ldan sahar-sahar dalalaydi.Tolga xurjun iladi.Taxorat oladi.Qiblalatib belbog‘ yog‘adi. Cho‘lpon yulduz poyida quloq qoqadi.Cho‘lpon yulduz poyida sajda qiladi. 13 Asarning tili ham dialekt ya’ni sheva asosida yoritilgan. Izohli lug‘atlarda quloq qoqmay tarzida berilgan ushbu ibora hech qanday e’tirozsiz, gap-so‘zsiz ma’nosida izohlanadi: Buning g‘ayriqoqonuniy ekanligini tushunib turgan yigit “jindakkina” deb atalgan 600 so‘mni quloq qoqmay eplashtirib olib keldi.14 Odatda iboralar yaxlit bir so‘z ma’nosiga teng keluvchi, ko‘chma ma’noda qo‘llaniluvchi turg‘un birikma hisoblanadi. Yuqoridagi asar konteksidan anglashimiz mumkinki, izohli lug‘atdagi birlikdan farqli o‘laroq, quloq qoqmoq iborasi azon aytish maqsadida ishlatilgan.Bilamizki, erkak kishi namozni boshlashdan oldin qo‘llarini quloqlariga tekkizgan holda azon aytishadi.Iboraning ushbu ma’noda qo‘llanilishi ham ijodkor yashagan hududning madaniy muhitiga xos til xususiyatining belgisi hisoblanadi.Bundan tashqari, Milliy til uchun umumiy ma’noda qo‘llaniluvchi maqollar bilan bir qatorda faqat ma’lum bir hudud bilan chegaralangan faqatgina o‘sha xududda istiqomat qiluvchi kishilarning dialekti(shevasi)ga xos maqollarni ham uchratishimiz mumkin. Yana yuqoridagi asarga murojaat qilamiz: -Endi deyman-da, olisdagi sho‘rvadan yaqinni yovg‘oni deyman-da.15Bu ham Surxondaryo vohasidagi dialektga xos maqollardan hisoblanib, kezi kelganda, uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shning yoki bir begona ham yaxshidir degan ma’noda qo‘llaniladi.
Xulosa. Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, birgina ibora va maqol misolida rang-barang ma’no qatlamlarini ko‘rishingiz mumkin. Ushbu kichik tadqiqotimiz hali dengizdan bir tomchi hisoblanadi. Chunki, hali dialektal frazeologik birliklarning lingvomadaniy tadqiqiga deyarli hali qo‘l urilmagan.To‘g‘ri, birgina kichik maqola bilan butun boshli katta mavzuni yoritib berish qiyin. Ammo katta daryolar ham kichik jilg‘alardan tashkil topganidek, bizning ushbu ishimiz kelajakdagi katta bir dissertatsiyalarga poydevor vazifasini o‘tay oladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Download 44.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling