Oʻzbek tilida emotsional ekspressiv leksika mundarija


Tilshunoslikda ekspressiya tushunchasi talqini


Download 220.5 Kb.
bet6/7
Sana01.11.2023
Hajmi220.5 Kb.
#1738461
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OʻZBEK TILIDA EMOTSIONAL EKSPRESSIV LEKSIKA

2.2.Tilshunoslikda ekspressiya tushunchasi talqini
Yer yuzidagi har bir inson maʼlum his-tuygʼularni (emotsiya) sezish va ularni ifoda etish qobiliyatiga ega. Hattoki, endigina dunyoga kelgan chaqaloq ham maʼlum emotsiyalar (mimika bilan ifodalanuvchi his-tuygʼular) bilan tugʼiladi. His-tuygʼu – ruhiy jarayon boʼlib, insonning atrof-muhitga nisbatan bildirgan javob reaksiyasidir.
“Emotsiya” yaʼni, his-tuygʼu soʼzi lotincha “emoveo” soʼzidan olingan boʼlib, “taʼsirlanaman”, “hayajonlanaman” soʼzlarini anglatadi. Emotsiyalar odamni odamga tortuvchi magnit boʼlib, faqatgina insoniyatga xos boʼlgan, oʼzaro tushunish va tushuntirish vositasidir. His-tuygʼularning baʼzilari ijobiy boʼlsa, baʼzilari salbiy xarakterni bildirib, har biri kishiga turlicha taʼsir koʼrsatish xususiyatiga ega.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, his-tuygʼular insondan insonga koʼchish xususiyatiga ham ega ekan. Hech ahamiyat berganmisiz, aksariyat doimo kulib yuruvchi, tabiatan quvnoq insonni oʼrab turganlar ham xuddi shunday feʼl-atvorga ega boʼlishadi. Quvnoq odam bilan atigi 10 daqiqa gaplashsangiz ham oʼzingizda qandaydir yengillik hissi paydo boʼlganini his qilasiz. Oʼz-oʼzingizdan xursand boʼlasiz, kayfiyatingiz koʼtariladi. Shunday ekan, koʼproq quvnoq odamlar suhbatida boʼlishga harakat qiling. Shu oʼrinda savol paydo boʼladi, til va hissiyot oʼrtasida qanday bogʼliqlik bor? Shaxs his-tuygʼularining lisoniy tasvirlari interpretatsiyasi jarayonida semantikada til va hissiyot oʼrtasidagi munosabatlar, rivojlanish, histuygʼularni idrok etish, his-tuygʼularni boshdan kechirish va tartibga solish hamda asab tizimini lingvistik talqin qilish uchun fanlararo sohalardan foydalanadi.
Soʼnggi oʼn yilliklarda zamonaviy tilshunoslikda til va hissiyotlar boʼyicha fanlararo tadqiqotlar portlashi roʼy berdi. Masalan, tilshunoslik tadqiqotlari shuni koʼrsatadiki, inson nutqining deyarli barcha jihatlari, jumladan, prosodiya, fonetika, semantika, grammatika, nutq va suhbat bevosita shaxs tili va his-tuygʼulari bilan aloqador. Tabiiy inson tiliga qoʼllaniladigan hisoblash vositalari sogʼliq va farovonlikdan tortib siyosiy xatti-harakatlargacha boʼlgan natijalarni bashorat qiluvchi maʼnolarni ochib beradi. Antropologik va lingvistik tadqiqotlar butun dunyo boʼylab tuygʼu soʼzlarining maʼnosidagi farqlarni koʼrsatadi, bu hissiy tajribalar va hissiy ifodalarda kuzatilgan madaniyatlararo fanlar rivojiga hissa qoʼshishi va madaniyatlararo muloqot va diplomatiyaga taʼsir qilishi mumkin. Rivojlanish psixologiyasi va tilshunoslik boʼyicha tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, gʼamxoʼrlik qiluvchining chaqaloqlar bilan suhbatda hissiyot soʼzlaridan foydalanishi keyingi bolalik davrida his-tuygʼularni tushunish va oʼzini oʼzi boshqarish qobiliyatini shakillanishiga yordam beradi. Kattalardagi psixologik, fiziologik va nevrologiya boʼyicha tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, hissiy soʼzlariga kirish hissiyotlarni idrok yetishni, oʼz-oʼzidan bildirilgan his-tuygʼularni, his-tuygʼular bilan bogʼliq fiziologiyani va miya faoliyatini va hissiyotlarni tartibga solishni oʼzgartiradi. Shu sababli, insonning hissiy holatini aniq tasvirlab bera olish jismoniy, ruhiy va nutqiy salomatlikni belgilab beradi. Ehtimol, til va his-tuygʼular oʼrtasidagi munosabatlarga oid yeng muhim savollardan biri, tilning his-tuygʼular haqida yetkazadigan maʼlumotlari atrofida aylanishidadir. Ogʼzaki til tajribalarni ifodalaydi, demak, tilni oʼrganish orqali hissiyotlarning tabiatini yoritishi mumkin. Darhaqiqat, til histuygʼularni deyarli barcha jihatlar orqali bildiradi. Bu jihatlar orasida eng qiziqarlisi - bu odamlar hissiyot tushunchalarini va umuman tushunchalarni qanday tushunishlari haqida savollar berish uchun ogʼzaki tilning tuzilishidan foydalanish qobiliyatidir.
Shunday insonlar borki, ularning xulq-atvorida namoyishkorlik doimo sezilib turadi, u barcha xatti-harakatlarni namoyishkorona bajarishni xush koʼradi. Аtrofdagilar bilan tez va osonlikcha muloqotga kirishadi, ishchan va harakatchan boʼladi. Xiyla va nayrangga usta, yolgʼon gapirishga moyil, olifta va xayolparast, oʼz shaxsini boʼrttirib koʼrsatuvchi boʼladi. Maqtovtalab va manman bu shaxs har qanday ishga tavakkal qoʼl urib koʼradi, rahbarlikka, atrofdagilarning eʼtiborida boʼlishga intilib yashaydi. Odamlar bilan tez til topishib ketadi, har qanday vaziyatga tez moslashib oladi, agar uning xatti-harakatlari atrofdagilar tomonidan tan olinmasa yoki unga eʼtibor qilinmasa, uning kayfiyati tez buziladi va suhbatni boshqa yoʼnalishga oʼzgartirib yuboradi. Mana shunday paytlarda oʼz foydasiga janjalli vaziyatlarni yuzaga keltirishga urinib koʼradi va bunga erishadi ham. Zamonaviy shart-sharoitda matnni o‘rganishga eng samarali yondashuvlardan biri bu konkret turdagi nutqiy asarlarni ularning taksonomik tegishliligiga ko‘ra tadqiq qilishdan iborat. Matnning emotivli aspekti, ehtimol, bu kabi tadqiqotlar qatorida eng murakkabi va muhimidir.
Keyingi yigirma yilda lisonning emotiv (emotsional) tomoniga katta e’tibor qaratilmoqda: tadqiqotchilar emotivlik muammosini lingvistikaning antropotsentirik yo‘nalishida birinchi darajali masalalari qatoriga qo‘yishmoqda.
Emotsiyalar – obyektiv borliqni baholash, anglash, aks ettirish shakllaridan biri ekanligi haqidagi tezis turli fanlar vakillari, avvalo, psixologlar va faylasuflar tomonidan e’tirof etilmoqda. Ushbu holat barcha turdagi tadqiqotlarda aniqlashtiruvchi umumiylikka ega ekanligi bilan ajralib turadi.Emotsiyalar odatda voqelikni anglash va aks ettirishning o‘ziga xos alohida shakli bo‘lib, ularda inson bir vaqtning o‘zida ham obyekt, ham subyekt bo‘lib keladi. Shuningdek, emotsiyalar inson faoliyati asosida yuzaga keladigan ehtiyojlar bilan bog‘liqdir.
Inson ruhiyatining emotsional sohasi matn doirasidagi lingvistik xususiyatlari kam o‘rganilgan. Matnda ushbu obyektiv hodisa semantik ma’no, stilistik bo‘yoqdorlik bilan birlashib ketadi. Shu bilan birga u muallifning qarashlari, o‘quvchining vaziyatni anglashiga bog‘liq, chunki o‘rganuvchi subyekt ham, o‘rganilmish obyekt ham bitta insonda mujassam. Emotsiyalar insonning maqsadli faoliyati apparati sifatida yuzaga kelgan va bu ularni fikrlashga yaqinlashtiradi, chunki emotsiyalar va fikrlash – bu ichki faoliyat bo‘lib, unda voqelik haqidagi birlamchi ma’lumot ma’lum tarzda qayta ishlanadi, natijada organizm (shaxs) “harakatlanish asoslariga” ega bo‘ladi. Psixologlar emotsiyalar tabiati hamda ularning ongdagi vazifasini turlicha talqin qilishadi. Ammo subyekt uchun yuz berayotgan voqeahodisalar ahamiyati ijobiy yoki salbiy sifatida baholashga vosita bo‘ladigan jarayon emotsiyalar subyektning ichki hissiyotlarini ochib beradi. Matnga oid emotivlikning tabiati va o‘ziga xos xususiyatlari masalasi bir qator maxsus ishlarda muhokama qilingan bo‘lib, ularda matnning emotsional xarakteri tilning emotivli birliklarini tahlil qilish vositasida emas, balki, yanada yirikroq (matnga xos) elementlarni aniqlash yo‘li bilan izohlanadi: emotsional – mazmuniy dominantlar, emotivli mavzular, subyektiv mazmun va boshqalar. Matnning emotivli komponentlari va emotivli strukturasi masalasi bugungi kunda to‘laligicha yechilmay qolmoqda, lekin amalga oshirilgan tadqiqotlarning ma’lum natijalaridan matn tahlilida ularning semantik strukturasini aniqlashda foydalanish mumkin. Ushbu sohadagi tadqiqotlarning zamonaviy bosqichi mazkur muammoni o‘rganishning yangi aspektini aktuallashtiradi va u matn mazmunining ratsional mantiqiy hamda emotsional tarkibiy qismlari o‘zaro aloqasini o‘rganishdan iborat. Xususan bunday yondashuv matnni sinergetik tizim-turli energiyalarning birgalikdagi ta’siri: mantiq energiyasi emotsiyalar energiyasi birgalikda ishlashi tizimi sifatida tushunish bilan muvofiqlashadi. Psixolingvistik tajribalar va tadqiqotlar natijalari inson nutqiy faoliyatining tuzilishida muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Ravon nutqiyqurilishda emotsiyalarni tartibga soluvchi vosita sifatida ma’lum xulosalarga kelingan. Biroq o‘qitish amaliyotida, ko‘p hollarda esa matn bilan ilmiy-tadqiqot ishlarida emotivlik (antropotsentrik yondashuv belgisi sifatida) qayd etiladi xolos, ammo real hisobga olinmaydi. Bunda matn mazmuni ko‘pincha nafaqat qashshoqlashib, bir tomonlama ko‘rsatiladi, balki buziladi ham.
So‘zlovchi emotsiyalarining lisoniy ifodasi va til orqali bildirilishi, so‘zlovchi va tinglovchi obyektiv mohiyati sifatida emotsiyalarni talqin qilish mexanizmlari tubdan farq qiladi. Katta izohlovchi kuchga ega bo‘lgan emotivlikning ichki ziddiyatsiz konsepsiyasini ishlab chiqish emotsiyalar lingvistikasining dolzarb vazifalaridan biridir. Emotsiyalarning tilda aks etishining turlicha aspektlari o‘rganilgan ko‘p sonli tadqiqotlar mavjud bo‘lishiga qaramay, tilshunoslar yildan yilga til emotivligining asosiy muammolarini ishlab chiqishmoqda. Emotivlikni maqbul ta’riflashdagi qiyinchiliklar ko‘p jihatdan obyektiv omillarga bog‘liq. Bu muammolar ayniqsa, hissiyotlar sohasini bevosita kuzatish, idrok etish imkonsiz ekanligi va tilda emotsionallik chegaralarining noaniqligi bilan bog‘liqdir. Til olamning ko‘zgudagi aksi emas, shu sababli, aftidan, emotsiyalar olami va ularni aks ettiruvchi lisoniy vositalar yig‘indisi to‘liq mos tushmasligi mumkin. Shu tarzda, insoniyat emotsional tajribasida yetakchi universal emotsiyalar guruhi mavjudligini hisobga olib, leksik semantikada ham universal emotivli ma’nolar mavjudligini taxmin qilish mumkin. Bu hodisa aks etish semantikasi bilan bog‘liq, chunki emotsiyalarni, xuddi olamning biror boshqa qismi sifatida bilishdagi insoniyat tajribasi til birliklarida mustahkamlanadi.
Matnning emotsional tarkibiy qismlari bilan ishlashda asosiy murakkablik, bizningcha, matn emotsionalligini ko‘p aspektli o‘rganishdan iborat. Emotsiyalar matnda ular haqidagi ma’lumot “qadoqlangan” ko‘rinishda berilgan muloqot vaziyatining barcha komponentlarini tavsiflaydi. Bir tomondan, emotivli matn – o‘z mazmuniy va struktur xususiyatlariga ega matn turlaridan biridir. Bu sifatdan emotsionallik matn emotivligi deb tushuniladi. Mavzuviy struktura, modallik, tonallik, baholash kabi mazmunga oid xususiyatlari kontekstida olib qaraladi. Boshqa tomondan, emotsionallik – bu matn realizatsiyasi shartidir, chunki inson shaxsining emotsional sohasi kognitiv jarayonlar va aks ettirish jarayonining o‘zini ham harakatlantiruvchi, yo‘naltiruvchi va tartibga soluvchi kuch hisoblanadi. Psixologiya isbotlagan ushbu fakt matndagi mazmuniy birliklar va ma’noviy dominantlarni aniqlashda shaxs ongining undovchi sohaga asoslanishimkonini beradi. Tilda intellektual bilan emotsionalning uzviy o‘zaro aloqasi kuzatiladi, ya’ni emotiv maqsadni ifodalash ekspressiv leksikaning maxsus qatlami bilan chegaralanmaydi. Emotivlikni tadqiq qilishga funksional pragmatik yondashuvda u matnning barcha mazmuniy komponentlarini kesib o‘tishini hisobga olish zarur. Matnga oid faoliyat subyektining emotivlik maqsadi – voqelikni qadriyat jihatidan aks ettirishdagi faolligini bevosita baholovchi vositadir.
Emotiv maqsadni ifodalash vositalarini funksional semantik sathlar ko‘rinishida tizimlashga urinish ekspressiv vositalarni taksonomik sanab o‘tishni beradi xolos.
Biroq emotivli maqsad modalligi nihoyat o‘z ifodasini matnda o‘ziga xos konfiguratsiyali funksional semantik sath hosil qiladigan ekspressiv vositalarda topadi.
Bunday til ifodalari bir vaqtning o‘zida ikki sath elementlari hisoblanadi. Bu matnning pragmatik va semantik-pragmatik sathlarida – matn modalligi eksponentlarida kuzatiladi. Matn mazmunining kognitivli komponentlari shakllantirilishi emotsiyalarning oldindan baholash va xulosalash funksiyalari faollashuvida yuz beradi, emotsional ekspressiya har bir konkret matn kognitiv komponenti o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi.


XULOSA
Ekspressiya kuchi tasvirlanayotgan voqelik fragmentining matn faoliyati subyektining individual kognetiv tizimida aks ettirilgan qadriyatlari universumidagi o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Axir emotsiyalarda birinchi planga insonning voqelikka munosabati chiqadi. Muvofiq tarzda, matn semantik sathlarining modallashuvi modal xususiyatlarga ega muloqot subyektining individual kognitiv tizimlariga borib taqaladi. Ushbu maydonlar modallashuvi matn yaralishida saralash– matnga oid faoliyat subektlari uchun u yoki bu darajadagi emotsionallik kuchiga ega bo‘ladigan tarzda voqelikning ma’lum qismi bilan bog‘lanuvchi predmetli sohasining yaratilish omili bilan kuchayadi. Semantik sathlar modallashuvida ular elementlarning matn dunyosini dolzarb dunyoga “bog‘lashga” referentli qaratilganligi ham muhim o‘rin tutadi. Bilishga va nutqqa oid faoliyatning protsessual tomonlarini tavsiflab, taxmin qilish mumkinki, obyektning “aspektlarga ko‘ra tahlili” turlicha amalga oshiriladi. Muvofiq obyektning emotsional ahamiyati qanchalik yuqori bo‘lsa, “ikkilamchi ko‘rish” bosqichida uni bilish shunchalik kam farqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, insonning bilish faoliyati yo‘naltirilgan obyektni “aspektlariga ko‘ra tahlil qilish” ning o‘ziga xosligi emotsional va ratsional baho nisbatiga bog‘liqdir. Emotiv maqsad modalligi matnning butun mazmuniy strukturasini kesib o‘tadi (bu emotsional va intellektualning inson ongida uzviy aloqasi haqidagi tezisga mos keladi). Bu matn emotivligi semantik-pragmatik maydonining o‘ziga xos konfiguratsiyasini hosil qiladi.
Matn emotivligi muammosi psixolingvistika, matn lingvistikasi va emotsiyalar lingvistikasi muammosi sifatida til, madaniyat, emotsional tafakkur va ong muammolari bilan bog‘liq holda dolzarb hisoblanadi. Inson tomonidan olamni bilish jarayonida emotsional bilan intellektualning o‘zaro aloqasi haqidagi holat psixologiyada eng asosiylaridan biri hisoblanadi, ammo nutqiy faoliyatni modellashtirishdagi ularning real o‘zaro ta’siri tadqiqotlari endi boshlanmoqda. Aytib o‘tilgan muammoni konkret o‘rganishning shartlari, bir tomondan, intellektual va emotsional jarayonlar orasidagi o‘ziga xosfarqlarni anglab yetish bo‘lsa, boshqa tomondan – intellektual emotsionalning o‘zaro nisbati nafaqat bilish jarayonining turli bosqichlarida har xil bo‘lishi, balki vaziyatlarning har xil turlarida hamfarqlanishi mumkin. Albatta, til va his-tuygʼular oʼrtasidagi bogʼliqlikni oʼrganish tillararo farqlar va hissiyotlardagi oʼxshashliklarni tushunish uchun yetnografiya va madaniyatlararo taqqoslashlardan foydalanadigan tilshunoslik, antropologiya, sotsiologiya, madaniyatlararo psixologiya va boshqa ijtimoiy fanlarga asoslanadi. 19 va 20asrlarning klassik tadqiqotlar madaniyatlararo farqlar va hissiyot tushunchalaridagi oʼxshashliklarni koʼrsatib bera oldi. Xuddi shunday, tillar oʼrtasidagi sifat jihatidan
taqqoslash leksikalardagi hissiyot tushunchalarining semantik maʼnosidagi oʼzgaruvchanlikni ham, asosiy umumiyliklarni ham yoritib beradi.
Xulosa oʼrnida shuni taʼkidlash kerakki, til nafaqat boshqalarning yuzidagi histuygʼularni idrok etishni oʼzgartiribgina qolmay, balki inson oʼz tanasidagi hissiy tuygʼularni qanday boshdan kechirishini va tartibga solishini ham boshqaruvchi omil sanaladi.



Download 220.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling