Oʻzbek tilida emotsional ekspressiv leksika mundarija


ii bob. Oʻzbek tilida emotsional ekspressiv leksika


Download 220.5 Kb.
bet4/7
Sana01.11.2023
Hajmi220.5 Kb.
#1738461
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OʻZBEK TILIDA EMOTSIONAL EKSPRESSIV LEKSIKA

ii bob. Oʻzbek tilida emotsional ekspressiv leksika
2.1. Ekspressiv leksika
Ekspressivlik (tilshunoslikda) — til birligining semantikstilistik belgilari majmui; til birligining aloqasoʻzlashuv jarayonida soʻzlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan shaxsga nisbatan subyektiv (ijobiy yoki salbiy) munosabatining ifoda vositasi boʻla olishini taʼminlaydi. E. tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik ekspressiv vositalar sifatida soʻz tarkibidagi undoshlardan birining qoʻshaloq holda yoki biror unlining choʻziq talaffuz etilishi, urgʻuning oʻrnini oʻzgartirish kabilarni koʻrsatish mumkin. Morfologik vositalar sifatida keng miqyosdagi erkalashkichraytish qoʻshimchalari (subyektiv baho ifodalovchi qoʻshimchalar)ni koʻrsatish mumkin (oyioyijon, ukaukaginam va boshqalar). Leksik ekspressiv vositalarga oʻz haqiqiy maʼnosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) boʻyoqqa ega boʻlgan soʻzlar, undov soʻzlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi (mas, "qiltiriq" soʻzi ozgʻinlikni salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi). Sintaktik sathda esa E. odatdagi soʻz tartibini oʻzgartirish, elliptik tuzilmalardan foydalanish, soʻz takrorlari orqali taʼminlanadi. Aloqasoʻzlashuv jarayonida lisoniy ekspressiv vositalar bilan parallel ravishda, nutq ekspressivligini kuchaytirishga koʻmak beruvchi koʻplab paralingvistik (nolisoniy) vositalar (tovushning balandligi va tembri, nutq surʼati, mimika, imoishora) ham qoʻllanadi. E. bevosita inson histuygʻularini ifodalash bilan bogʻliq boʻlganligi uchun uni emotsionallik (hissiyot, emotsiyani ifodalovchi soʻzlar va ulardan foydalanish)dan ajratib tasavvur etish qiyin. Hatto baʼzi tilshunoslarning asarlarida E. va emotsionallik kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin qilinadi.
Ekspressiv leksika
Emotsional-ekspressivlik his-tuyg‘u, munosabat ifodalash demakdir. O‘zbek
tilidagi ba’zi so‘zlar so‘zlovchining munosabatini ham ifodalaydi, ba’zilarida
munosabat sezilmaydi. Shu jihatdan so‘zlar ikki xil bo‘ladi: emotsional-ekspressiv
bo‘yoqsiz so‘zlar; 2) emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlar. Bo‘yoqsiz so‘zlarda
faqat tushuncha, ma’no ifodalanadi. So‘zlovchining munosabati sezilmaydi.
Bunday so‘zlar boyoqsiz yoki neytral, uslubiy betaraf sozlar deb yuritiladi.
Bo‘yoqdor so`zlarda so‘zlovchining munosabati ham ifodalanadi. Munosabatning
xarakteriga ko‘ra bo‘yoqdor so‘zlar ikki xil bo‘ladi: a) ijobiy bo‘yoqdor so‘zlar:
chehra, jamol. b) salbiy bo‘yoqdor so‘zlar: badbashara, badburush, naynov, 
qiltiriq, kampirdahan.
So‘z ko‘chma ma‘nosining shakl va ma’no munosabatini ifodalovchi turlari -
sinonimlar, omonimlar, polisemiya, metafora, epitet, metonimiya, sinekdoxa va
boshqalar uslubiy vosita bo‘lib, turli qo‘shimcha ma’no, mazmunni ifodalashga
xizmat qiladi.
Sifatlash ham tilning boy tasviriy vositalaridan biri bo‘lib, narsa, voqea,
hodisalarni yorqin ifodalashga xizmat qiladi.

Download 220.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling