Oʻzbek tilida emotsional ekspressiv leksika mundarija


Download 220.5 Kb.
bet5/7
Sana01.11.2023
Hajmi220.5 Kb.
#1738461
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OʻZBEK TILIDA EMOTSIONAL EKSPRESSIV LEKSIKA

Uyadosh sozlar. Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo‘lgan so‘zlar
uyadosh so`zlar deyiladi. Tilimizdagi barcha so‘zlar ongimizda ma’lum mazmuniy
uyalarga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so‘zlarning xotirada oson saqlanish va
nutqiy jarayonda ulardan oson foydalanish imkonini beradi. 
So‘z etimologiyasi. Dehqon so‘zi yer ochib, ekin o‘stiruvchi qishloq
odamlarini anglatadi. Lekin uning uzoq tarixi bor, o‘zi tojikcha so‘z bo`lib, deh - 
qishloq, qoon yoki xon - hokim degani. Qadimda mayda yer egalarini dehqon 
deyishgan. Keyinchalik bu so‘z ekadigan-tikadigan odam ma’nosida qo‘llana
boshladi. Arabcha vatan so‘zi tug‘ilgan joy ma’nosini bildirgan. Endi uning
mazmun doirasi katta bir mamlakat darajasiga yetdi. Basir so‘zi ko‘rish va bilish
tushunchalarini ifodalagan. Endilikda - kor (ko‘rmaslik) ma’nosida qo‘llanadi.
Ziyo - nur, agar zim-ziyo desak, qorong‘i degani bo‘ladi. Луғат составидаги баъзи сўзлар маълум бир тушунчани ифодалашдан ташқари, қўшимча эмоционал-экспрессив рангга ҳам эга эканлиги ҳақида илгари ҳам фикр юритилган эди.
Масалан: табассум-кулги, бўш-лапашанг, латта. Эмоционалликка бош-табассум, лапашанг.
Тушунча ифодалашдан ташқари, таъсирчанликка эришиш ва нутқнинг маълум стилини яратиш мақсадида қўлланадиган сўзлар экспрессив-стилистик лексика дейилади.
Экспрессивқстилистик жиҳатдан ҳозирги ўзбек тили луғат состави 2 та катта группага бўлинади:
а) оғзаки нутққа ва ёзма нутққа хос бўлган умумистеъмолдаги сўзлар;
б) стилистик жиҳатдан чегараланган лексика.
2. Оғзаки ва ёзма нутққа хос бўлган умумистеъмолдаги сўзлар. Кишилар учун ҳаётий зарур нарсаларни англатадиган стилистик ранги бўлмаган сўзлар умумистеъмолдаги сўзлар дейилади.
Улар стилистик жиҳатдан чегараланмагани учун уларни стилистик нейтрал бўлган лексика деб ҳам аталади.
Масалан: нон, уй, сув, одам, юз, кўз, ош, чой, туз, оқ, қора, юрмоқ, бормоқ, мен, сен, у, бу, шу, икки, олти...
Стилистик нейтрал лексика ҳар қандай жанрда ҳам ишлатилаверади.
Услубий чегараланган лексика.
Нутқнинг айрим-айрим турлари учунгина хизмат қиладиган сўзлар услубий чегараланган лексика дейилади. Бундай махсус сўзлар даставвал оғзаки нутққа ёки ёзма нутқда қўлланишларига кўра иккига ажралади.
Масалан: ҳазар қилмоқ, бирлашмоқ, ҳунар, ўрин, арзимаган сўзлари кўпроқ оғзаки нутқда қўлланилса, жирканмоқ, жипслашмоқ, касб, макон, жуъзий сўзлари ёзма нутқда қўлланади.
3. Оғзаки нутқнинг услубий чегараланган лексикаси.
Оғзаки нутқ учун характерли бўлган оддий муомаладаги сўзлар ўзларининг соддалиги, ҳаммага тушунарли бўлиши билан ёзма нутқдаги сўзлардан ажралиб туради.
Оғзаки нутқда стилистик рангли сўзлар кўп ишлатиладиган уларда соддалик, таъсирчанлик, баъзан эркинлик сезилиб туради.
Оғзаки нутққа оид сўзлар бадиий асарларда персонажлар нутқида берилади.
Масалан: Нима қилиб бу эзмачуриқни судраб юрибсизлар, бети қурсин.
Оғзаки нутққа хос сўзларга диалектал сўзлар, оддий муомаладаги сўзлар, эркаловчи сўзлар, дағал (вульгар) сўзлар, ҳақорат сўзлар киради.
Маслан: Қизалоқларим, қўлларинг нуқул барака экан.
Бой, қизталоқ, тоза ҳам давлат йиққан экан.
Оғзаки нутққа эга лексикада кучлим эмоционаллик ва образлилилк бой бўлган махсус эмоционал образли сўзлар ҳам бор. Бу турдаги сўзларга эмоция, ҳаяжон, руҳий кейинмаларни, турли товуш ва ҳаракатларни, ёруғлик кўринишларини ифодалайдиган образли тақлидий сўзлар киради. Бундай сўзлар кишида турли психологик ҳолатларни қўзғатади, воқеага, ҳодисага нисбатан бўлган салбий ёки ижобий муносабатни ифодалайди. Бундай хусусият:
а) ундовларга ва шулардан ясалган сўзларга хос: (оҳ, эҳ, эй, ие, иф, бе, оббо, дод, додламоқ, ухламоқ);
б) тақлидий сўзларга хос ва шулардан ясалган сўзларга хос: (билч-билч, ғарч-ғурч, ванг, торс-турс, қарс, лип, ғирилламоқ) .
4. Ёзма нутқнинг услубий чегараланган лексикаси.
Китоб, журнал, газета ва шунга ўхшаш (матбуот нашр)ларда қўлланадиган, умуман, ёзма асарлар учун характерли бўлган сўзларнинг нисбатан, турғун, барқарор экспрессив-стилистик оттенкаси бўлиши ёки бўлмаслиги мумкин. Чунончи, расмий ишга оид, тантанага, нотиқликка оид сўзларнинг поэтик лексика, халқ достонларига оид сўзларнинг, публицистикага оид сўзларнинг бирор даражадаги қўшимча ранги бўлади. Шу билан оғзаки нутққа хос сўзлардан ажралиб туради.
Масалан: сайламоқ, мажбурият, модда, фармон, жарима, изоҳ, исбот, мазкур, шахсан, чексиз, буюк, даргоҳ;
ижозат, бурч, бевосита, табрик, бошчилик, эришмоқ;
зангори, ажойиб, сокин, майин, чеҳра, жамол, ишқ;
диловар, оша, аждар, дев, зўравон;
эксплуататор, илғор, қолоқ, мусобақа, новатор, қардошлик, дўстлик, тинчлик ва бошқалар.
Аммо илмий-техник терминлар, тарихий сўзлар, профессионал сўзлар ва шу кабилар асосан, эмоционал оттенкасиз бўлади. Ҳатто аввал эмоционал оттенкаси бор бўлган сўз ҳам термин тусига киргач эмоционаллигини йўқотади. Бунинг ўрнига “китобийлик” оттенкаси пайдо бўлади. Масалан, кичик тилча, қоринча (анатомия соҳасида), муштча, юбка (автомашина деталлари), батрак (тожикча-форсча бадраг – “қайсар”, “тубан арқ” , кейинчалик маълум ижтимоий қатлам”) каби.
Ekspressiv leksika – ekspressiya ifodalash xususiyatlariga ega bo’lgan so’zlar majmuasi. Leksik ekspressiv vositalarga oʻz haqiqiy maʼnosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) boʻyoqqa ega boʻlgan soʻzlar, undov soʻzlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi (mas, "qiltiriq" soʻzi ozgʻinlikni salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi). Ekspressivlik (tilshunoslikda) — til birligining semantikstilistik belgilari majmui; til birligining aloqasoʻzlashuv jarayonida soʻzlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan shaxsga nisbatan subʼyektiv (ijobiy yoki salbiy) munosabatining ifoda vositasi boʻla olishini taʼminlaydi. Ekspressivlik tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik ekspressiv vositalar sifatida soʻz tarkibidagi undoshlardan birining qoʻshaloq holda yoki biror unlining choʻziq talaffuz etilishi, urgʻuning oʻrnini oʻzgartirish kabilarni koʻrsatish mumkin. Morfologik vositalar sifatida keng miqyosdagi erkalashkichraytish qoʻshimchalari (subʼyektiv baho ifodalovchi qoʻshimchalar)ni koʻrsatish mumkin (oyioyijon, ukaukaginam va boshqalar). Leksik ekspressiv vositalarga oʻz haqiqiy maʼnosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) boʻyoqqa ega boʻlgan soʻzlar, undov soʻzlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi (mas, "qiltiriq" soʻzi ozgʻinlikni salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi). Sintaktik sathda esa E. odatdagi soʻz tartibini oʻzgartirish, elliptik tuzilmalardan foydalanish, soʻz takrorlari orqali taʼminlanadi.
Нурмонов А., Шаҳобиддинова Ш., Искандарова Ш., Набиева Д. Ўзбек тилининг назарий
Ekspressivlik (tilshunoslikda) - til birligining semantik-stilistik belgilari majmui; til birligining aloqa soʼzlashuv jarayonida soʼzlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan shaxsga nisbatan subʼektiv (ijobiy yoki salbiy) munosabatining ifoda vositasi boʼla olishini taʼminlaydi. Ekspressivlik tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik ekspressiv vositalar sifatida soʼz tarkibidagi undoshlardan birining qoʼshaloq holda yoki biror unlining choʼziq talaffuz etilishi, urgʼuning oʼrnini oʼzgartirish kabilarni koʼrsatish mumkin. Morfologik vositalar sifatida keng miqyosdagi erkalash-kichraytish qoʼshimchalari (subʼektiv baho ifodalovchi qoʼshimchalar) ni koʼrsatish mumkin (oyi-oyijon, uka-ukaginam va boshqalar). Leksik ekspressiv vositalarga oʼz haqiqiy maʼnosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) boʼyoqqa ega boʼlgan soʼzlar, undov soʼzlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi (mas, «qiltiriq» soʼzi ozgʼinlikni salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi).1 Sintaktik sathda esa еkspressivlik odatdagi soʼz tartibini oʼzgartirish, elliptik tuzilmalardan foydalanish, soʼz takrorlari orqali taʼminlanadi. Аloqa soʼzlashuv jarayonida lisoniy ekspressiv vositalar bilan parallel ravishda, nutq ekspressivligini kuchaytirishga koʼmak beruvchi koʼplab paralingvistik (nolisoniy) vositalar (tovushning balandligi va tembri, nutq surʼati, mimika, imo-ishora) ham qoʼllanadi. Ekspressivlik bevosita inson histuygʼularini ifodalash bilan bogʼliq boʼlganligi uchun uni emotsionallik (hissiyot, emotsiyani ifodalovchi soʼzlar va ulardan foydalanish)dan ajratib tasavvur etish qiyin. Hatto baʼzi tilshunoslarning asarlarida Ekspressivlik va emotsionallik kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin qilinadi. Jahon lingvistikasining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri, dunyo tilshunoslik fani oldida turgan dolzarb masalalarni ijobiy hal etishga munosib ulushini qoʼshib kelayotgan oʼzbek tilshunosligi ham oʼtgan asr davomida rang-barang dunyoqarashlar, taʼlimotlar, nazariyalar taʼsirini boshidan kechirdi, umumlingvistik jarayonlar qamrovida qoldi. Oʼzbek nomli etnosotsial jamoa, yaʼni millatga taalluqli, uning boy tarixini oʼzida aks ettiruvchi, kundalik aloqa-muloqat ehtiyojini toʼla-toʼkis qondiruvchi, uni birlashtiruvchi, jipslashtiruvchi oʼzbek tilining tabiatini, shakllanish, taraqqiy topish bosqichlari kechagi va bugungi holati, ertangi istiqboli xususida aniq hamda ravshan tasavvurga ega oʼzbek tilshunosligi uchun hozirgi zamon jahon tilshunosligida yuz berayotgan oʼzgarishlar yot emas. Hech ikkilanmay taʼkidlash lozimki, oʼzbek tili tizimida nafaqat qardosh turkiy tillarga oid xususiy jihatlar, shuningdek dunyoning besh qitʼasida mavjud mustaqil tillarga doir umumiy qonuniyatlar ham qaror topgan. XX asr oxiriga kelib tilni belgilar tizimi tarzida tadqiq etish masalasi tadqiqotchilarni ortiqcha qiziqtirmay qoʼydi. Lingvistika yana psixologiya va sotsiologiya bilan yaqindan munosabatga kirishishga intila boshladi.2 Madaniyat, xalq tafakkuri, uning olamni idrok etishidagi oʼziga xos jihatlarning tilda aks etishini oʼrganish lingvokulturologiyaning asosiy maqsadidir.
Mazkur sohaning obekti til va madaniyat, predmeti esa oʼzida madaniy semantikani namoyon etuvchi til birliklari hisoblanadi. Binobarin, lingvokulturologiyada madaniy axborot tashuvchi til birliklari tadqiq etiladi. Bunday til birliklari lingvomadaniy birliklar termini ostida birlashadi. Ramz, mifologema, etalon, metafora, paremiologik birliklar, lakunalar, stereotiplar, nutqiy etiketlar eng asosiy lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Olamning lisoniy manzarasini, madaniyatning asosiy konseptlari majmui boʼlgan konseptosferani, lisoniy ongni tavsiflash hamda til egalarining milliy-madaniy mentalligini aks ettiruvchi lisoniy birliklarni, insoniyatning qadimiy tasavvurlariga muvofiq keluvchi madaniy arxetiplarni, nutqiy muloqotga xos boʼlgan milliy ijtimoiymadaniy stereotiplarni aniqlash lingvokulturologiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Tilning voqelanishda inson omili bilan bogʼliq ravishdagi nutqiy muloqot jarayonini tadqiq qilish lingvopragmatik va psixolingvistik yoʼnalishning oʼrganish manbaini tashkil etadi. Maʼlumki, nutqiy muloqot oʼnlab – milliy, etnografik, ijtimoiy, falsafiy-madaniy, axloqiy-estetik, tarixiy, maishiy va ruhiy omillarning lisoniy birliklar voqelanishi bilan qorishuvidan iborat dinamik sistemadir. Demak, insonning mental faoliyati bilan bogʼliq ravishdagi hodisalarni tadqiq qiluvchi madaniyat fanining muhim tarmoqlaridan biri sifatidagi pragmatik tilshunoslik inson subekti va obektivlik (lison)ni qorishiq yaxlitlik sifatida tadqiq qiladi. Zero, nutqda subektivlik va obektivlikni bir-biridan ajratgan holda tadqiq qilish mumkin emas, sistemaviylik yaxlitlik xossasi bilan xarakterlanadi. Demak, nutqiy faoliyat unga yondosh va insonga xos ruhiy, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, madaniy sistemalar bilan bogʼliqlikda tadqiq etilgandagina nutqiy muloqotning mohiyati ochiladi va individual hodisa sifatidagi nutqqa obektiv baho beriladi. Lisonning nutqiy voqelanishini unga hamrohlik qiluvchi nutqiy paradigmalar (fiziologik, ruhiy, professional, axloqiy, estetik, madaniy, nutq vaziyati nutq sharoiti, nutq uslubi) qurshovida tekshirish natijasida lisonni modifikatsiya qiluvchi vositalarning taʼsiri va roliga baho, nutqning ijtimoiy qiymatiga va taʼsirchanlik – bunyodkorlik ahamiyatiga ilmiy tavsif beriladi.3 Qisqasi, tilshunoslik empirik tahlilni bilishning boshqa gʼoyalari va amallari bilan boyitishga uzoq tayyorgarlik koʼrdi. Bunday tayyorgarlik, izlanishlar zoe ketmadi, oʼtgan asrning oxiri tilshunoslik taraqqiyotida oʼziga xos yangi bosqich, yangi rivojlanish davri boʼldi. Shu davrda empirizm, fenomenologiya, konstruktivizm kabi falsafiy gʼoyalarni oʼzida jamlagan metodologiyaga asoslangan lisoniy tahlil yoʼnalishlari yuzaga keldi. Nutqiy akt mazmuni lisoniy va nolisoniy xususiyatlar umumlashmasidan tashkil topishini barcha pragmalingvistlar eʼtirof etishadi. Ularning koʼpchiligi nutqiy aktga uch bosqichli faoliyat sifatida qarash tarafdorlaridir. Bu bosqichlarda uch xil harakat bajariladi. Yuqorida nomlari zikr etilgan mualliflar hurmat tamoyili pragmatik tahlilini nazariy jihatdan asoslab berishdan tashqari, ushbu tamoyilni faollashtiruvchi vositalar, ularni qoʼllash mexanizmlarini tizimlashtirgan holda tavsiflashga harakat qilib kelmoqdalar. Soʼzsiz, hurmat tamoyili qoidalarining muloqot jarayonida faollashuvi boshqa qator sotsiopragmatik hodisalar qurshovida kechadi. Turli tamoyil va qoidalarning «uchrashuvi» odatda, muloqot samarasigaijobiy taʼsir oʼtkazadi, ammo bunday «uchrashuv»lar baʼzan ziddiyatli kechishi ham mumkin. Binobarin, olijanoblik va kamtarlik qoidalari doimo ham oʼzaro hamroh boʼla olmaydi, zero, oʼta olijanoblik maqtanchoqlikka olib keladi. Maqtanchoqlik va kamtarlik bir-birini inkor etuvchi xususiyatlardir.
Xulosa qilib aytganda, muloqot vaziyati esa bevosita maʼlum ijtimoiy guruh, madaniyat uchun xos boʼlgan norma nuqtayi nazaridan baholanadi. Norma maʼlum sotsiumda qabul qilingan ijtimoiy xatti-harakatlar namunalarini belgilab beradi, umumiy qabul qilingan qoidalar asosida lisoniy vositalar tanlovini boshqaradi. Norma hurmat tamoyili amaliyoti uchun tayanch nuqtadir va kommunikativ maqsad ifodasi shaklni belgilab beradi.Til kishilar oʼrtasida eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy mohiyat kasb etadi. U boshqa ijtimoiy hodisalar bilan ham uzviy aloqador. Shu bois ham til xalqning dunyoqarashi, oʼtmishi, madaniyati, ruhiyati kabi masalalarni oʼrganuvchi falsafa, tarix, etnografiya, sotsiologiya, psixologiya, etika kabi bir qator fanlar bilan bogʼliq. Bu bogʼliqlik natijasida tilshunoslikda bir qator oraliq yoʼnalishlar – mentalingvistika, etnolingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, gender lingvistikasi, neyrolingvistika kabi yangi fan sohalari vujudga keldi. Bugungi kunda oʼzbek va jahon tilshunosligida bu yoʼnalishlar boʼyicha talaygina tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ingsogna xos his-tuygʼular yoqoridagi tilshunoslikning yangi shakillangan yoʼnalishlari doirasida tadqiq etilishi mumkin. Dastlab his va tuygʼu tushunchalarini mohiyatini tushunib olish juda dolzab masala.

Download 220.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling