O‘zbek tilida leksemani grammatik shakllantiruvchi vosita va uning turlari Grammatik va leksik ma’no munosabati
Download 23.29 Kb.
|
15. O‘zbek tilida leksemani grammatik shakllantiruvchi vosita va uning turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- GM turlari. UGM, OGM, XGM haqida.
O‘zbek tilida leksemani grammatik shakllantiruvchi vosita va uning turlari Grammatik va leksik ma’no munosabati. Bolalar qiziqarli kitobni o‘qiydilar gapini olaylik. Aytilganidek, mustaqil so‘z o‘zida bir vaqtda leksika va grammatikani birlashtiradi. (Bolalar) so‘zida ikki xil ma’no anglashilib turadi: a) lug‘aviy ma’no («odam jinsiga mansub bo‘lgan, yosh jihatdan voyaga yetmagan shaxs yoki voyaga yetgan kishining farzandi, avlodi»); b) turdosh ot, ko‘plik son, bosh kelishik, ega vazifasida. Bu so‘z leksik va grammatik ma’noni o‘zida mujassamlashtirgan. Shuning uchun so‘zlar grammatik va leksik birlik sifatida so‘z turkumlariga guruhlanadi. Bunda guruhlash, avvalo, leksik asosda, ya’ni ularning lug‘aviy ma’nosiga asoslangan holda amalga oshiriladi, guruhlashning yuqori bosqichida u grammatik xarakter kasb etadi. Masalan, [o‘qituvchi], [doktor], [ishchi], [injener]otlari bir butun holda «kasb oti» lug‘aviy guruhini tashkil etadi va birlashish leksik asosda. Chunki bu so‘zlar boshqa guruh otlaridan farqli o‘ziga xos, qandaydir ayricha grammatik xususiyatga ega emas. Lekin bu otlarning boshqa tur otlari bilan birlashib hosil qilgan katta guruhi, deylik, turdosh otlar atoqli otlardan farqli grammatik xususiyatga ega. Masalan, turdosh ot birlik va ko‘plikda qo‘llanadi, atoqli ot esa asosan birlikda qo‘llanadi. Shuning uchun otning atoqli va turdosh otga ajratilishi grammatik ahamiyatga ega. Deylik, narsa-buyum otlari va o‘simlik oti orasida grammatik farqlar bo‘lmaganligi sababli bu bo‘linish leksik tabiatli. Chunki bu ikki guruhga kiruvchi so‘zlar turlanish, son, tuslanish va boshqa grammatik omilga bir xil munosabatda. So‘z grammatik birlik sifatida morfologik ma’no tizimiga ega. Shunga ko‘ra, grammatik ma’noni quyidagi turga bo‘lish mumkin: a)ma’lum bir turkumga kiruvchi so‘zning ular qaysi morfologik shaklda bo‘lishidan qat’i nazar, barchasi uchun birday tegishli bo‘lgan grammatik ma’no (masalan, otlarda predmetlik, sifatlarda belgilik, fe’llarda jarayonlilik); b)bir turkumdagi biror guruhning qanday grammatik shaklda bo‘lishidan qat’i nazar barcha so‘zlariga xos bo‘lgan grammatik ma’no (masalan, ozaytirma daraja sifatning faqat rang bildiruvchi turlariga xos); d) biror turkumdagi ma’lum bir so‘zning ma’lum bir shakldagi turigagina xos bo‘lgan grammatik ma’no (masalan, o‘zlik olmoshiga kelishik qo‘shimchasi faqat egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shiladi, olmoshning boshqa turlarida bunday hol kuzatilmaydi, yoki [-yap]qo‘shimchali aniq hozirgi zamon shakli III shaxsda [-di]shakli bilangina voqelana oladi). GM turlari. UGM, OGM, XGM haqida. Grammatik shaklning fahmiy his qilinadigan alohida ma’nosi xususiy grammatik ma’no (qisq. XGM) deyiladi. Masalan, egalik qo‘shimchalari umuman «keyingi so‘zni oldingi so‘zga bog‘lash» mohiyatiga ega. Bu umumiy grammatik ma’no (qisq.UGM) bo‘lib, u nutqiy birlik bo‘lgan Halimning kitobi birikuvida «(kitob) so‘zini (Halim) so‘ziga bog‘lash», daftarning varag‘i birikuvida esa «(varaq) so‘zini (daftar) so‘ziga bog‘lash» tarzida xususiylashgan. Bu – XGM. UGM lisoniy tabiatli bo‘lib, lisoniy birliklarga xos barcha belgiga, XGM esa nutqiy ma’no bo‘lganligi uchun nutqiy birliklarga xos belgiga ega. UGM umumiy, mavhum, zaruriy, barqaror, invariant, uzual, ijtimoiy bo‘lsa, XGM bu belgilarning aksi bo‘lgan xususiylik, aniq, tasodifiy, beqaror, okkazional, individual kabi belgiga ega. UGM va XGM xususiyatini idrok etish uchun barcha borliq hodisalarida umumiy yashash qonuniyati bo‘lgan umumiylik va xususiylik tushunchalari munosabatini yaxshi bilish lozim. Nutqiy birlikda turli lisoniy umumiyliklarning belgilari mujassamlanganligi, qorishganligi kabi, XGMlar ham o‘zi mansub UGM zarralari bilan birgalikda boshqa lisoniy birliklarning zarralarini ham o‘zida birlashtirgan. Masalan, egalik qo‘shimchasining «(kitob) so‘zini (Halim) so‘ziga bog‘lash» XGMsida «keyingi so‘zni oldingi so‘zga bog‘lash» UGMsi ko‘rinishi bilan birgalikda «qarashlilik» ma’nosi, shuningdek, [Halim]va [kitob]leksemalarining (umumiyliklari) zarralari qorishgan holda yuzaga chiqqan. Download 23.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling