KEChLIK kechki ovqat. Ular masjiddan shomni o‘qib kirgach, ichkaridan Oybodoq kechlik olib chiqdi. Abdulla Qodiriy, O‘tgan kunlar» [O‘TIL, II, 362] kabi izohlarni o‘qib, tilimizning boyligi va mazmundorligiga yana bir bor iqror bo‘lish mumkin.
Tilshunoslikda tilning sistema ekanligi XIX asrdayoq ilmiy isbotlangan. Sistemalilik qonuniyatiga ko‘ra, mavjud har qanday sistema ichida unga yot bo‘lgan boshqa bir sistema faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Chunki sistema – o‘z qonuniyatiga ega uzluksiz jarayon. Shu nuqtai nazardan, tilning o‘z sistemasi tabiatiga ko‘ra, o‘zbek tiliga boshqa tillardan o‘zlashgan so‘z ona tilimizning qonuniyatlariga moslashishi shart. Buni shu kunga qadar ona tilimizga o‘zlashgan arab, fors tillaridagi so‘zlarning turkiy (o‘zbek) til qoidalariga moslashib ketganligida ham ko‘rish mumkin. Masalan, non, maktab, qalam, tabib, daftar, kitob kabi bir qator so‘zlar o‘zbek tili imlosi va talaffuz qoidalariga to‘liq bo‘ysungan. Ruscha o‘zlashmalar ham mustaqillik davrida o‘zbek tilining tabiatiga mos ravishda ushbu qonun-qoidalariga qat’iy muvofiq shakl-shamoilga keltirilishi lozim edi.
Globallashuv asri deb nom olgan XXI asrda, hayot sur’atlari benihoya tezlashgan davrda vaqtni tejashning ham katta ahamiyat kasb etishi hech kimga sir emas. Rus tilidan o‘zlashgan baynalminal so‘zlarning o‘zbek tilidagi muqobili masalasida mulohazatalab o‘rinlar ijtimoiy-foydali mehnat bilan band har bir kishini o‘yga toldiradi. Biz shu kabi bir qarashda jo‘n, ammo nozik muammoga har kun duch kelib, masalaning to‘g‘ri yechimi yuzasidan fursat yetib kelganligiga roppa-rosa 32 yil (!) to‘lganligiga qaramasdan, vaqtni boy berayotganimiz bu muammoning hamon dolzarbligicha qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Jamolxonov.H.A.Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘quv qo‘llanmasi T:Talqin: 2005
2.UZ.m.wikipedia. org sayti.
3.Delicesucre.ru sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |