O’zbek tilida Ruscha o‘zlashmalarning to‘g‘ri yozuvi va talaffuzi muammolari yechimi Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti o‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi 1- bosqich talabasi Tursupulatova Gulinur Anotatsiya
Download 26.78 Kb.
|
1 2
Bog'liqO (2).docx1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar: Reduksiya,Rossiya – Rassiya , obed, ujin,zavtrak. O‘zbek tilida ruscha o‘zlashmalarning to‘g‘ri yozuvi va talaffuzi muammolari yechimiga doir
O’zbek tilida Ruscha o‘zlashmalarning to‘g‘ri yozuvi va talaffuzi muammolari yechimi Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti o‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi 1- bosqich talabasi Tursupulatova Gulinur Anotatsiya: Ushbu maqolada o ‘zbek tilida ruscha o‘zlashmalarning to‘g‘ri yozuvi va talaffuzi muammalari yechimiga doir masalalar haqida so‘z yuritildi Kalit so‘zlar: Reduksiya,Rossiya – Rassiya , obed, ujin,zavtrak. O‘zbek tilida ruscha o‘zlashmalarning to‘g‘ri yozuvi va talaffuzi muammolari yechimiga doir Til-ijtimoiy hodisa va zamon bilan hamnafas taraqqiy topib boradi. Yangilanish jarayonlari, eng avvalo, tilning lug‘at tarkibida aks etadi. Zotan, fan va texnologiyaning rivojlanishi har bir tilga yangi-yangi tushunchalarni olib kiradi, negaki, texnika taraqqiyoti natijasida yaratilgan kashfiyotlar qaysi mamlakatga kirib bormasin, shu tilda o‘z nomini ham ommalashtiradi. Shunga ko‘ra, o‘zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyot davriga nazar tashlansa, qadim turkiy tildagi ko‘plab so‘zlar va bobolarimiz nomlari boshqa tillarga o‘zlashgani kabi o‘zga xalqlar tillaridan, xususan, fors, arab, rus tillaridan ham bir qancha so‘z va so‘z shakllarining lug‘atimizdan muqim joy olgani tabiiy. O‘zlashma so‘zlar so‘zni o‘zlashtirgan tilning qonun-qoidalariga moslashib, shu tilga singib ketganidagina ular haqiqiy o‘zlashmalarga, shu tilning o‘z so‘zlariday bo‘lib ketadi. Aks holda, ular to‘liq o‘zlashmagan hisoblanib, o‘zbek tilining lug‘atida «begona»ligi, «o‘zga»ligi sezilib turadi. O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi o‘zlashma so‘zlar so‘zlashuv tili orqali ham, adabiy til orqali ham o‘zlashgan bo‘lishi mumkin. Tilning tarixiy taraqqiyoti natijasida so‘zlarning muayyan qismi o‘z o‘rnini boshqa yangi so‘zlarga bo‘shatib beradi, ya’ni arxaik yoki tarixiy so‘zga aylanadi. Tildagi bu holatning, ya’ni o‘zlashma so‘zlar kirib kelishining ijobiy va salbiy tomonlari ham bor, albatta. Ijobiy jihati til lug‘at tarkibining boyishi bo‘lsa, salbiy jihati asl turkiy so‘zlarning iste’moldan chiqib ketishidir. Ko‘rinadiki, xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy aloqalar tilga turlicha ta’sir qilar ekan. Azal-azaldan o‘zbek xalqining jonkuyar namoyondalari til, jumladan, ona tili masalasiga alohida e’tibor bilan qaraganlar. Alisher Navoiyning turkiy tilning ifoda imkoniyatlari boyligini ko‘rsatib berish maqsadida olib borgan sa’y-harakatlari, xususan, «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarini yaratgani yorqin dalildir. Agar XV asrda Alisher Navoiy turkiy tilning ifoda imkoniyatlari benihoya kengligini o‘z ijodi orqali ko‘rsatib bera olgan bo‘lsa, bu tilning qonuniy muhofazasi faqat XX asrning oxirida, ya’ni yurtimiz o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritishi arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan yana bir bor yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Yodga olish joizki, istiqlolga qadar sobiq Ittifoqning biryoqlama siyosati davrida o‘zbek tilining lug‘at tarkibi ruscha so‘zlar uchun lang ochib qo‘yilgan edi. Biz bunday so‘zlarni ona tilimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, butun fonetik (nutq tovushi), orfografik (to‘g‘ri yozuv) va orfoepik (to‘g‘ri talaffuz) xususiyatlari bilan birga qabul qilishga majbur edik. Eng afsuslanarlisi, ming-ming yillik tamaddunga ega tub joy aholini, o‘sha davr iborasi bilan aytganda, «savodli qilish» maqsadida o‘zbekcha so‘zlar va istilohlarning yoppasiga internatsional (baynalminal) so‘zlar bilan almashtirish urf bo‘ldi. Bunga esa ijobiy masala, taraqqiyot omili deb ham qaraldi. Aslida, mustabid tuzumning mazkur siyosati zamirida ona tilimiz milliy tabiatini yo‘qotish, xalqimizning o‘zligidan mahrum etishdek mudhish g‘araz bor edi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Yana bir jihat bu davrda xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar ham, asosan, rus tili orqali o‘zlashgani bois barchasida shu tilning fonetik, orfografik, orfoepik va grammatik xususiyatlari sun’iy ravishda saqlab qolindi. Oqibatda, o‘zbek tilining lug‘at tarkibiga turli sohalarga oid bir qancha so‘zlar rus tilida qanday ko‘rinish (shakl)ga ega bo‘lsa, shundayligicha o‘zlashtirilgan: konferensiya, forum, s’ezd, traktor, mashina, samolyot, doktor, vrach, gazeta, jurnal, rayon, oblast, respublika, ministr,militsiya, sekretar,noyabr, oktyabr, traditsiya,poema, tragediya, pechat, sirkul va hokazo. 1989 yil 21 oktyabrda, hali yurtimiz va xalqimiz mustaqil bo‘lmagan bir sharoitda, “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi ulkan tarixiy siyosiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Shundan buyon o‘tgan davr mobaynida juda ko‘p so‘z va istilohlar tilimizning o‘ziga xos tabiatidan kelib chiqib yangilanmoqda, sho‘rolar tuzumi davrida “eskirgan” deya unutilgan devon, mahkama, vazir, vazirlik, kotib, muhandis, muhr, dastur, viloyat, tuman kabi ko‘plab so‘zlar qaytadan tiklandi va keng qo‘llanmoqda. Biroq bu boradagi amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar hali talaygina. Jumladan, ko‘p hollarda rus tili orqali tilimizga kirib kelgan so‘zlarning orfografiyasi va orfoepiyasida bir qancha muammolar ko‘zga tashlanib qolmoqda. O‘zlashma so‘zlarning ijobiy tomonlarini inkor etmagan holda, shuni takror ta’kidlash lozimki, til qonuniyatlariga ko‘ra, bir tildan boshqa tilga o‘tayotgan so‘z o‘zlashtirayotgan tilning qonun-qoidalariga, jumladan, imlo va talaffuz qoidalariga to‘liq moslashib ketsagina o‘zlashgan so‘z hisoblanadi. Ammo sobiq mustabid tuzumning til siyosatiga ko‘ra, rus tili orqali o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlar g‘ayriilmiy tarzda bo‘lsa-da, shu tilning qonun-qoidalariga asosan yozilar va orfoepik me’yorlari asosida talaffuz qilinar edi. Bugun oldimizda hech qanday g‘ayriilmiy cheklovu majburiyatlar yo‘q. Shunga qaramay, ayrim baynalminal so‘z va atamalarni ona tilimiz tabiatiga hamohang yozish va talaffuz qilish masalasida og‘riqli, salbiy holatlar hanuz uchrab qolayotgani afsuslanarlidir. Bu holat tilshunoslikda reduksiya (kuchsiz talaffuz natijasida tovushning miqdor va sifat belgisi jihatidan o‘zgarishi) deb ataladigan hodisa mavjud bo‘lgan so‘zlarda ko‘proq uchraydi. Reduksiya hodisasi asosan urg‘usiz bo‘g‘indagi unlilarga xos bo‘lib, masalan, rus tili fonetikasiga ko‘ra, moloko (sut) so‘zining oxirgi “ko” bo‘g‘inidagi o unlisiga urg‘u tushgani sababli birinchi va ikkinchi bo‘g‘inlardagi unli tovushlar reduksiyaga uchraydi va malako tarzida talaffuz etiladi. Shuningdek, Rossiya, Moskva, fonar, demokratiya, konstitutsiya, oktyabr, noyabr, ona, vorona kabi so‘zlarning imlosi shu shaklda yozilgani holda, rus tili orfoepiyasi qoidalariga ko‘ra, talaffuzda Rossiya-Rassiya, Moskva-Maskva, fonar-fanar, demokratiya-dimokratiya, kontitutsiya-kanstitutsiya, oktyabr-aktyabr, noyabr-nayabr, ona-ana, vorona-varona tarzida talaffuz etiladi. Rus tilining tabiatiga xos bo‘lgan so‘zlarning yozuvi va talaffuzidagi ushbu tafovutlar o‘zbek tili tabiatiga mutlaqo yot. Masalan, adabiy tilimizdagi ota, ona, bola, opa, aka, uka, olma, oydin, oqshom kabi qon-qonimizga singib ketgan ko‘pdan-ko‘p so‘zlar qanday yozilsa, shunday talaffuz etiladi. Bizningcha, har qanday o‘zga tildan o‘zlashgan so‘z faqat o‘zbek tili fonetikasi va grammatik qoidalariga asosan og‘zaki va yozma nutqqa singishi lozim. Shunda u xalqimizning qadimiy va boy ma’naviyatiga hamohang bo‘ladi. Qolaversa, milliy hamiyatiga putur yetmaydi. Shu o‘rinda inglizlarning Moscow yozib, Moscow deb o‘z til qonun-qoidalariga ko‘ra talaffuz etishlarini yoki Russia so‘zini Rashe tarzida ifodalashini keltirib o‘tish joiz. Taassufki, bugun televidenie va radioda ham ayrim jurnalistlarimiz nutqida rus tilidan o‘zlashgan baynalminal so‘zlarni o‘zbek tili qoidalariga zid ravishda istifoda etishdek salbiy holatlar ko‘plab uchramoqda. Ular bu xatoni bilib-bilmagan holda, ba’zida “madaniyatlilik” belgisi deb tushunayotganliklari g‘oyat achinarli. Ana endi bir o‘ylab ko‘raylik. Bu ko‘rsatuvni yoki eshittirishni tomosha qilayotgan yoki tinglayotgan muxlislar, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar geografiya yoki tarix darsligida o‘qigan Yaponiya davlatini tele yoki radiojurnalist talaffuzida ifodalanganidek, Yiponiya tarzida aytishi yoki yuqoridagidek, fonarni fanar, demokratiyani dimakratiya, konstitutsiyani kanstitutsiya, konferensiyani kanfirensiya, oktyabrni aktyabr, noyabrni nayabr tarzida ifodalashga intilishi, eng yomoni, shunday yozish kerak ekan-da, degan tushunchaga borib qolishlari ham hech gap emas. Binobarin, OAV xodimlari barcha yangilik va axborotdan eng birinchi boxabar bo‘ladigan, barchaga to‘g‘ri yetkazadigan mutaxassislar hisoblanadi. Talaffuz borasidagi yana ba’zi mulohazalarni ham bildirib o‘tamiz. Masalan, yaponlarning o‘zlari Toyota avtomashinasini aynan shu tarzda talaffuz qiladilar va yozadilar, ya’ni Toyota. Bizningcha ham, u o‘zbek tilida rus tilidagidek Tayyota deb emas, o‘zbek tili talaffuz qoidalari asosida ifodalanishi lozim. Xuddi shunday Indoneziya poytaxti Jaqartani (indoneziyaliklar shunday atashadi) ruschaga yaqin qilib Jakarta (ma’lumki, ruslarda “q” tovushi mavjud emas) deb emas, o‘zbekcha Jaqarta deb aytishimiz va yozishimiz maqsadga muvofiq. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ba’zi hollarda ona tilimizda mos keluvchi muqobili bo‘la turib, nonushta, tushlik, kechlik kabi nutqda ko‘p qo‘llaniladigan kundalik so‘zlarning o‘rniga kattalar, hatto yosh bolalarimiz zavtrk (zavtrak), abit (obed), ujn (ujin) kabi so‘zlarni nutqda ishlatib, ularni til qoidalariga zid ravishda qo‘llashni odatga aylantirayotganiga ham yuqoridagi kabi noto‘g‘ri shakllangan tushunchalar sabab, desak xato qilmaymiz. Xolbuki, «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da keltirilganidek: Download 26.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling