Eshimova Nodira Reja: - 1.Sifat-so‘z turkumi va uning tavsifi
- 2.Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari
- 3.Shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifatlar
Kirish - Ma’lumki, keyingi yillarda O‘zbekistonda va hattoki, jahon miqiyosida ham ro‘y bergan va ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlari, ayniqsa, o‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi qonunning e’lon qilinishi o‘zbek tili va adabiyotiga munosabati, uning tubdan o‘zgartirdi. So‘z turkumlari ustida ishlash va uning metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra uni turli gruppalarga ajratilishi — so‘z turkumlari to‘g‘risidagi ilm hisoblanadi.
Sifat-so‘z turkumi va uning tavsifi - Sifat so‘z turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga egadir. Oʻzbek tilida yasama sifatlar, asosan, sifat yasovchi suffikslar yordamida hosil qilinadi: aqlli (aql+li), hosildor (hosil+dor), serqirra (serqirra) va ciroyli (chiroy-li) shunga kõra sifatning morfologik belgisi — daraja kategoriyasiga egaligi asosiysidir. K.Qosimova Ona tili o ‘qitish metodikasi
Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari - Sifatlar tuzilishiga k o‘ra quyidagi turlarga b o‘linadi:
- 1. Sodda sifatlar bir o‘zakdan iborat bo‘ladi: aqlli, yaxshi.
- 2. Qo‘shma sifatlar - rahmdil, ertapishar, havo rang. Bunday sifatlar:
- 1) ikki tub so‘zdan tashkil topib, ot (kulcha yuz bola), ot sifat, sifat ot (sovuqqon), ravish ot ko‘rinishlarida bo‘ladi: ommabop, xom semiz (yigit), kamgap; 2) biri tub, ikkinchisi yasama so‘zdan iborat bo‘ladi: sovuqqon, ishyoqmas, erksevar, tilbilmas.3.Birikmali sifatlar: uzun tolali (paxta),yoshi ulug‘(inson),gapga usta(odam), oqishdan kelgan (yigit)4juft sifatlar-o‘ydim-chuqur,och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq.5.Takroriy sifatlar - baland-baland, uzun-uzun, yo‘l-yo‘l (ko‘ylak).2-sinf sifatni o‘rganish mavzusi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko‘zda tutadi.
Shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifatlar - Shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar orqali predmetning turli shakl-ko‘rinishlari, ichki va tashqi forma-lari ifodalanadi: dumaloq, yassi,uzunchoq, qiyshiq, to‘garak, do‘ng va boshqalar.Shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifatlar bilan holat bildiruvchi sifatlar ba’zan mos kelishi mumkin: semiz, ozg‘in, pachoq, bukir kabi. U oriqqina bo‘lsa ham qo‘li,boldirlari tiqmachoq, uzunchoqroq yanoqlari ham yapaloqroq, «8» raqamiga o‘xshab ketadigan lablari ham yetuk qizlarga xos bo‘liq tirsillama (A. Muxtor).
Xulosa - "Sifat" mavzusini o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi katta malakaga, mahoratga va tajribaga ega bo‘lmog‘i lozim. Uning har bir darsi bir sahnaviy asarga o‘xshashi, bu orqali o‘quvchilar qalbiga sezilarli ta’sir o‘tkaza olishi kerak. Toki, o‘quvchi dars tugasa ham, shu o‘qituchining darsini intiqib kutadigan bo‘lsin.Umuman, boshlang‘ich sinflarda "Sifat" mavzusini o‘rgatish jarayonida shu darslikdagi “Sifat” mavzusi bilan yaqindan tanishtirish jarayonida mazkur mavzuga bo‘lgan ularning qiziqishlarini orttirishga erishilishi lozim bo‘ladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Do'stlaringiz bilan baham: |