O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarni о‘qitishda foydalaniladigan didaktik о ‘yinli darslarning turlari


Download 343.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.02.2023
Hajmi343.8 Kb.
#1216200
  1   2   3
Bog'liq
yordamchi



O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarni о‘qitishda foydalaniladigan 
didaktik о ‘yinli darslarning turlari 
 
Ismatov Abduqodir Isabayevich, 
Usmonov Aslam Qarshiboyevich

 
Annotatsiya: Maqolada yordamchi so‘zlarni о‘qitishda foydalaniladigan 
didaktik о‘yinli darslarning turlari haqida fikr yuritilgan va ba’zi didaktik 
o‘yinlardan namunalar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: didaktik o‘yinli darslar, yordamchi so‘zlar, bog‘lovchi, uslub. 
Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars 
shaklida qo‘llaniladi. 
O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarni o‘qitishda talabalarning bilim olish jarayoni 
o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Talabalarning bilim olish faoliyati, o‘yin 
faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi. 
Inson hayotida o‘yin faoliyati quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
• o‘yin har doim shaxsning ma'lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishini orttiradi; 
• o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi kommunikativ-muloqot
madaniyatini egallashga yordam beradi; 
• shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi bilimini va o‘zligini namoyon etishga imkon 
yaratadi; 
• hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga 
mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalari tarkib topadi.
• o‘yin jarayonida ijtimoiy me'yorlarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga 
barham berish imkoniyati yaratiladi; 
• shaxsning ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin tayyorlaydi; 
• insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma‘naviy-
madaniy qadriyatlarni o‘rganishga e‘tibor qaratiladi; 

(A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari. 
aslamusmonov9@gmail.com
+998933087171)


• o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda 
tutiladi. 
O‘yin faoliyati o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: 
 
O‘yin ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlashi natijasida erkin 
rivojlantiruvchi faoliyat, ya'ni talabalarning o‘z faoliyatini tahlil va nazorat qilishi, 
maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda o‘z faoliyatidan ko‘ngli to‘lishi, o‘z 
bilimi va kuchiga ishonch vujudga keladi; 
 
Ijodiy muhit tarkib topadi. O‘yin ishtirokchilari muammolarni hal etishda 
tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo‘ladilar; 
 
O‘yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga 
keladi. Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo bo‘ladi. His-hayajonga yo‘g‘rilgan 
bilim, ko‘nikmalar inson xotirasida bir umr muhrlanib qoladi; 
 
O‘yin davomida belgilangan qonun-qoidalarga amal qilinadi. O‘yin 
ishtirokchilarida ijtimoiy me‘yorlarga mos ongli intizom vujudga kelishiga zamin 
tayyorlaydi;
 
O‘yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va 
talabalarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etish, mo‘ljalni to‘g‘ri olishga 
o‘rgatadi. 
Didaktik o‘yinli darslarning muvaffaqiyati, avvalo, talabalarning mazkur 
o‘yinlarga puxta va qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishlariga, o‘qituvchining mazkur 
faoliyatni tashkil etish va mohirlik bilan boshqarishiga bog‘liq. 
Didaktik o‘yinli darslarni talabalarning bilim olish va o‘yin faoliyatining 
uyg‘unligiga ko‘ra sujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, 
konferensiyalar, o‘yin mashqlarga ajratish mumkin. 
O‘yinlar vositasida talabalarga yangi bilimlar berish, ko‘nikma hosil qilish, 
kichik guruhlar a’zolarining ijodiy qobiliyatlarini rag`batlantirish mumkin. 
O‘yinlarni darsning kirish yoki yakunlovchi qismida o‘tkazish mumkin. O‘yinlarni 
maqsadiga ko‘ra 7 turga ajratish mumkin. [1.7]

Download 343.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling