O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarni о‘qitishda foydalaniladigan didaktik о ‘yinli darslarning turlari
Download 343.8 Kb. Pdf ko'rish
|
yordamchi
O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarni о‘qitishda foydalaniladigan didaktik о ‘yinli darslarning turlari Ismatov Abduqodir Isabayevich, Usmonov Aslam Qarshiboyevich Annotatsiya: Maqolada yordamchi so‘zlarni о‘qitishda foydalaniladigan didaktik о‘yinli darslarning turlari haqida fikr yuritilgan va ba’zi didaktik o‘yinlardan namunalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: didaktik o‘yinli darslar, yordamchi so‘zlar, bog‘lovchi, uslub. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarni o‘qitishda talabalarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Talabalarning bilim olish faoliyati, o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi. Inson hayotida o‘yin faoliyati quyidagi funksiyalarni bajaradi: • o‘yin har doim shaxsning ma'lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishini orttiradi; • o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi kommunikativ-muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi; • shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi bilimini va o‘zligini namoyon etishga imkon yaratadi; • hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalari tarkib topadi. • o‘yin jarayonida ijtimoiy me'yorlarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; • shaxsning ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin tayyorlaydi; • insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma‘naviy- madaniy qadriyatlarni o‘rganishga e‘tibor qaratiladi; (A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari. aslamusmonov9@gmail.com +998933087171) • o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi. O‘yin faoliyati o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: O‘yin ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlashi natijasida erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya'ni talabalarning o‘z faoliyatini tahlil va nazorat qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda o‘z faoliyatidan ko‘ngli to‘lishi, o‘z bilimi va kuchiga ishonch vujudga keladi; Ijodiy muhit tarkib topadi. O‘yin ishtirokchilari muammolarni hal etishda tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo‘ladilar; O‘yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga keladi. Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo bo‘ladi. His-hayajonga yo‘g‘rilgan bilim, ko‘nikmalar inson xotirasida bir umr muhrlanib qoladi; O‘yin davomida belgilangan qonun-qoidalarga amal qilinadi. O‘yin ishtirokchilarida ijtimoiy me‘yorlarga mos ongli intizom vujudga kelishiga zamin tayyorlaydi; O‘yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va talabalarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etish, mo‘ljalni to‘g‘ri olishga o‘rgatadi. Didaktik o‘yinli darslarning muvaffaqiyati, avvalo, talabalarning mazkur o‘yinlarga puxta va qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishlariga, o‘qituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish va mohirlik bilan boshqarishiga bog‘liq. Didaktik o‘yinli darslarni talabalarning bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga ko‘ra sujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, o‘yin mashqlarga ajratish mumkin. O‘yinlar vositasida talabalarga yangi bilimlar berish, ko‘nikma hosil qilish, kichik guruhlar a’zolarining ijodiy qobiliyatlarini rag`batlantirish mumkin. O‘yinlarni darsning kirish yoki yakunlovchi qismida o‘tkazish mumkin. O‘yinlarni maqsadiga ko‘ra 7 turga ajratish mumkin. [1.7] Download 343.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling