O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


ONA TILI TA‟LIMIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR


Download 1.17 Mb.
bet92/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

ONA TILI TA‟LIMIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR



REJA:
        1. Bixevioristik yondashuv. 2.Integrativ yondashuv.

3. Kompetensiyaviy yondashuv.


Mavzuga oid tayanch tuhunchalar



Ta‘lim yondashuvlari, bixevoristik yondashuv, integratsiya, kompetensiyaviy yondashuv

Bilimli shaxsning miyasi ma‟lum miqdordagi bilimlar bilan to„ldirilishi zarur, ta‟lim beruvchi esa shu idishni to„ldiruvchi vazifasini o„taydi. Ijodiy tafakkur sohibining ongini ko„zlari yumuq buloqqa qiyoslash mumkin. Ta‟lim beruvchining vazifasi buloqning ko„zini ochishdan iborat.

T.Ziyodova

Bugungi kunda ona tili ta‟limida uch xil yondashuv (bixevioristik yondashuv, integrativ yondashuv hamda kompetensiyaviy yondashuv)dan foydalanilmoqda. Mazkur yondashuvlar mohiyatan bir-birini to„ldirib boradi va o„qituvchi dars davomida ulardan vaziyat talab qilgan holatni inobatga olib foydalanmog„i zarur.



Bixevioristik yondashuvning kelib chiqishi aslida bixeviorizm inglizcha behaviour, ya‟ni (ma‟nosi “xulq-atvor”) XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH ingliz psixologiyasida paydo bo„lgan oqimning nomi bilan bog„liq.
Bu yo„nalishning asoschilari Dj. Uotson, E.Torndayk va b. Uotson 1913-yilda nashr ettirgan “Psixologiya bixeviorist nuqtayi nazaridan” maqolasida psixologiya predmetini qayta ko„rib chiqish zarurligini ko„rsatib, psixologiya ongni emas, balki xulq-atvorni
191
o„rganish kerakligi haqida fikr bildiradi. Shundan keyin, ya‟ni 1913- yildan boshlab psixologiya fani rivojlanishida yangi davr boshlandi. Uotson psixologiyani obyektiv fanga aylantirish zarurligini aytadi va ongni o„rganmasdan, faqat xulq-atvorni o„rganish zarur, deb hisoblaydi.
Bixeviorizmning negizida psixologik tadqiqot predmeti sifatida psixika va ongni inkor etish yotadi. Bixevioristik ta‟limot tarafdorlari xulq-atvorgina tadqiqot predmeti bo„la oladi, psixologiyada xulq-atvor va muhitning o„zaro nisbati qonuniyatlari tadqiq etilishi zarur deb hisoblashadi. Bixevioristlarning fikricha, odam qanday psixikaga egaligidan qat‟i nazar, u qo„zg„atuvchilarga javob beradigan o„ziga xos mashinadir. Ya‟ni inson xulq-atvori tashqi ta‟sir hamda tashqi ta‟sir bilan reaksiyaga kirishuv asosida shakllanadi va rivojlanadi.
Psixologiyadagi bu yo„nalish Yevropa mamlakatlarida XX asr boshlariga kelib ta‟lim sohasiga ko„chdi va taxminan chorak asrdan ko„proq vaqt bixevioristik yondashuvdan to„la foydalanildi. (Yevropa mamlakatlari keyinchalik bixevioristik yondashuvdan faqat boshlang„ich ta‟limdagina qisman foydalanadigan bo„lishdi.)
Bizda esa jadidlar qatag„onidan keyin ta‟lim tizimi to„liq bixevioristik yondashuvga tayanadigan bo„ldi. Bixevioristik ta‟limot asosida “mashqlar qonuni” yotadi. Ona tili ta‟limida uzoq yillar hukumronlik qilgan an‟anaviy (retseptiv) ta‟lim shu yondashuvga asoslandi. Bixevioristik yondashuv inson xulq-atvorining shakllanishi hamda rivojlanishini faqat va faqat “o„rgatish”ga bog„liq, deb hisoblaydi. Bunday holatda ong, ijodiy tafakkur va inson ruhiyatining ijtimoiylik tabiati inobatga olinmaydi. (Aslida, inson va uning taraqqiyoti borasida ongni inkor etish hamisha mohiyatga birtomonlama yondashvdir.)
Demak, bixevioristik yondashuv mohiyatiga ko„ra, ona tili mashg„ulotlarida o„quvchi hamisha passiv o„rganuvchiga aylanishi kerak va ta‟lim oluvchilarning ijtimoiy holati, ruhiyati, iqtidori, tarbiyasi qanday bo„lishidan qat‟i nazar, ularga bir xilda o„rgatilsa, mashq qildirisa, albatta, ko„zlangan maqsadga erishiladi. O„zbek pedagogikasi 1940-yillardan boshlab toki mustaqillik davriga qadar bixevioristik (an‟anaviy, retseptiv) yondashuvdan foydalandi, ammo bu yondashuv hamisha ham kutilgan natijani beravermasligi uzoq yillik tajribalar, kuzatishlar natijasida ayon bo„ldi.
192
Bixevioristik yondashuv, ko„p hollarda, zamonaviy ta‟lim namoyandalari (masalan, Lirner, Skatkin) tomonidan tanqid qilingan. Zero, “Bilimning ko„pligi aqlni oshirmaydi,”deb yozganida Demokrit haq edi.
Bixevioristik yondashuvning natijasi jamiyatga bilimdon, ijrochi shaxsni yetishtirib beradi. Xo„sh, bilimdon, ijrochi shaxs kim? Bilimdon ijrochi shaxs go„yoki qo„lida qirqta eshikni ochishga mo„ljallangan qirq dona kaliti bor kishiga o„xshaydi. Bu o„z yo„lida soz. Ammo qirq dona kalit egasi bo„lgan bilimdon ijrochi shaxs qirq birinchi eshikka duch kelsa, ilojsiz qolishi tabiiy hol.
Bixevioristik yondashuvdan ta‟limning boshlang„ich bosqichida ko„proq foydalaniladi. Mazkur yondashuv o„quvchiga o„qituvchi tomonidan tayyor bilimlarni singdirishni, ya‟ni o„qitishni nazarda tutadi. (Zero, bugungi ta‟lim maqsadi o„quvchini o„qitishni emas, uning o„qishini va uqishini ta‟minlashni nazarda tutadi.)

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling