O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet120/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

topshiriq. Berilgan atamalarni fan sohasiga qarab ajrating.

1) fonetika, 2) kasr, 3) mubolag„a, 4) omonim, 6) sinus, 7) poya,
8) kosinus, 9) butash, 10) payvand, 11) nasr, 12) foiz, 13) gulbarg, 14)qalamcha, 15) paronim, 16) ildiz, 17) proza, 18) urg„u, 19) epopiya, 20) modern, 21) tuproq
Tilshunoslikka oid atamalar: fonetika,.....
Adabiyotshunoslikka oid atamalar: epopiya,....
Biologiyaga oid atamalar: poya,...
Matematikaga oid atamalar: kasr,...

  1. topshiriq. Berilgan atamalarning qaysi birlari oddiy so‗zlashuvimizda ham ishlatilishini aniqlang va buning sababini tushuntiring.

Shu o„rinda o„quvchilar sof atamalarni kasb-hunar so„zlaridan farqlay olsalar yanayam yaxshi.
Shevaga xos so‗zlar‖ ustida ishlashda quyidagilarga e‟tibor qaratish muhim:

  1. avvalo, o„qituvchi (sinfda ham, sinf, maktabdan tashqarida ham sof adabiy tilda so„zlamog„i shart) adabiy talaffuz me‟yorlariga rioya etishi hamda buni o„quvchilardan ham talab qilmog„i zarur;

  2. o„qituvchi o„quvchilar nutqida uchraydigan sheva so„zlarini adabiy shakllarga almashtirib borish ustida muntazam ishlamog„i, bu borada maktabning boshqa fan o„qituvchilari bilan hamkorlik ham qilmog„i zarur;

  3. o„qituvchi o„quvchilar nutqida uchraydigan sheva so„zlarini kuzatishi va ularni muayyan va tipik turlarga ajratib olmog„i muhim;

252
4) sinfdan tashqari ishlarda ”Yosh notiqlar” to„garagini tashkil etish yoki badiiy o„qish, ”Kim ko„p va xo„p biladi?”, ”Men yod o„qiyman” kabi tanlovlarni sinfda, sinflararo o„tkazib turish, ishtirokchilarni nutqining ravonligi va mazmundorligiga qarab rag„batlantirib borish.
Bularning barchasi o„quvchilar nutqini adabiy me‟yorlarga moslashtirib borish borada yaxshi samara beradi.
Olinma so„zlar ustida ishlash ham o„quvchilarning lug„at boyligini oshirishda muhim o„rin egallaydi. Bu mavzuni o„rganishda integrativ ta‟limdan foydalanish yaxshi natija beradi. Masalan, o„zbеk, rus, ingliz tillari baravar foydalanadigan so„zlar ro„yxatini tuzish topshirig„i ustida ishlash mumkin: kafe, kakao, kompyuter, apelsin, limon, banan kabilar shular jumlasidandir.
1-topshiriq. O‗zbek tiliga rus tilidan hamda rus tiliga o‗zbek tilidan o‗zlashgan so‗zlar ro‗yxatini tuzing.





Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling