O`zbek tilining asosiy imlo qoydalarini tasdiqlash haqida


QO`SHIB YOZISH (38-50-BANDLAR)


Download 97 Kb.
bet4/9
Sana05.01.2022
Hajmi97 Kb.
#210658
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Imlo-koidalari (2)

8
QO`SHIB YOZISH (38-50-BANDLAR)

38. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so`zlar yordamida yasalgan qo`shimcha ot va qo`shimcha sifatlar qo`shib yoziladi: qabulxona,tabriknoma ,taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug`doyrang, ummumxalq,sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.

39. -r,-ar,-mas qo`shimchasi bilan tugaydigan qo`shimcha ot va qo`shimcha sifatlar qo`shilib yoziladi: o`rinbosar, otboqar, cho`lquvar, ishyoqmas, qushqo`nmas kabi.
40. Takror taqlid so`zlarda qo`shimcha qo`shish bilan yasalgan ot va fe`llar qo`shilib yoziladi: pirpirak (pir+pir+ak), hayhayla (hay+hay+la), gijgijla (gij+gij+la) kabi.
41. Narsani boshqa biror narsaga nisbatlash, o`xshashatish yo`li bilan bildiruvchi qo`shimcha ot va qo`shimcha sifatlari qo`shilib yoziladi: karnaygul, qo`ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg`iyko`z kabi
42.Narsaning rangi, mazasi, o`zidagi biror belgilar asosida bildiruvchi qo`shimcha otlar qo`shilib keladi: olqarg`a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
43.Narsaning biror maqsad, ish uchun mo`ljallanganligini bildiruvchi qo`shma otlar qo`shilib yoziladi: kirsovun, qiymataxta,tokqaychi, oshrayhon, molqo`ra, nosqavoq, ko`zoynak kabi.
44.Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo`shma otlar qo`shib yoziladi: tog`olcha, cho`lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi
45.Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo`shma otlar qo`shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog`di, Urto`qmoq, Ochildasturxon kabi.
46.Qaratqichli birikmaning bir so`zga aylanishi bilan yuzaga keladigan qo`shimcha otlar qo`shilib yoziladi: mingboshi , so`zboshi, olmaqoqi kabi.
47.Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so`zi bilan ifodalangan joy nomlari qo`shib yoziladi: Yangiyo`l, To`rtko`l, Mirzaobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo`lgan joy nomlari ajratilib yoziladi: O`rta Osiyo, Ko`hna Urganch, O`rta Chirchiq kabi.
48. Rus tilidan aynan o`zlashtirgan yoki so`zma-so`z tarjima qilish yo`li bilan hosil qilingan qo`shimcha so`zlar qo`shilib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat, elektrotexnika, teleko`rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi,suvosti kabi.
49.Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo`shilgan qo`shimchalar qo`shilib yoziladi: SamDU,TashDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi:O`zXDP MK (O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi) kabi.

9

50. Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan ko`rsatiladi: yo`o`q, nimaa, himm, ufff kabi.



Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling