O`zbek tilining asosiy imlo qoydalarini tasdiqlash haqida
Download 97 Kb.
|
Imlo-koidalari (2)
3 O`ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqidagi” 339-sonli qarori 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan. HARFLAR IMLOSI (1-32-band) UNLILAR IMLOSI (1-7-BAND) 1.A a harfi: bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so`zlarning oldingi bo`g`inda, vaqt,vahm kabi so`zlarda “o” aytilsa ham “a” yoziladi. 2. O o harfi: boks,tonna,noyabr,tort kabi so`zlarda o’ aytilsa ham o yoziladi. Boshqa tillardan kirgan kollej, okulist, omonim kabi so’zlarda a aytilsa ham o yoziladi. 3.Ii harfi:bilan,bilim,til,tilak,har xil,qism kabi so’zlarda qisqa aytiladi va i yoziladi. Badiiy,ommaviy,Lutfiy kabi so’zlarda i cho’ziq aytiladi,lekin iy yoziladi 4.Uu harfi: qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg`ovul, chirmovuq,tovuq,sovuq kabi so`zlarda i aytiladi,lekin u yoziladi. 5.O`o` harfi : o`t, o`q, o`zbek, o`simlik, do`ppi; bo`tako`z, semizo`t, gulko`rpa, noo`rin kabi so`zlarda orqa qator o`rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi. 6.E e harfli: erkin, esla, evara, erkin, eksport; kel, zehn;kecha, behi; telefon, teatr; poezd, atelye; e`lon,ne`mat, she`r kabi so`zlarda old qator o`rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi. 7.Yonma-yon keladigan unlilar imlosi: 1)unlilar orasiga ba`zan y undishi qo`shib aytilsa ham, yozilmaydi: material, milliard, radiator, tabiat, shariat,biologiya, million, stadion, radio,alkoloid, ellipsoid, doim,shoir, oila teatr, okean, laureat 2) ae,oe unlilari so`z ichida kelganda ikinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi. Boshqa hollarda yonma-yon keladigan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi:manfaat, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat,vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling