O'zbek tilining imlo lug'ati
Download 378.23 Kb.
|
O\'zbek tilining imlo lug\'ati-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- -chan, -chang
ю, я harflaridan va ь, ъ belgilaridan o'z-o'zidan voz
kechildi, ammo bunday harf va belgi qatnashadigan so'zni lotin alifbosiga o'tgach qanday yozish kerakligi imlo qoidalarida ta'kidlanmadi. Bunday so'zlarning to'g'ri yozilishi, awalo, imlo lug'atida o'z aksini topa- di va alifboni o'rgatish maqsadida yaratilgan o'quv qo'llanmasida bayon qilinadi. Shuni hisobga olib, ushbu lug'at oxirida qisqacha ilova berildi. Hozirgi kun talabidan kelib chiqib, ixcham imlo lug'ati tuzish ma'qul topildi va ayni vaqtda bu ixcham- lik lug'atning saviyasiga salbiy ta'sir qilmasligi ham nazarda tutildi. Lug'atga, awalo, hozirgi adabiy o'zbek tilida ish- latiladigan va yozilishida xatoga yo'l qo'yish mumkin bo'lgan tub so'zlar kiritildi. Ma'lumki, o'zbek tili lug'at tarkibida yasama so'zlar juda ko'p. Bunday so'zlarning, aniqrog'i, ulardagi so'z yasovchi qismning imlosi bir xil bo'ladi. Shuning uchun imlo lug'atida yasama so'zlarning barchasini berishni zarur hisoblamadik. 4
kin bo'lgan yasama so'zlar bor, albatta. Lug'atga ana shunday yasama so'zlargina kiritildi. Masalan, -Ii, -Ilk qo'shimchalari bilan yasalgan va yasalayotgan so'zlar juda ko'p. Shunday so'zlardan faqat yozilishini ko'rsatish talab etHadiganlarigina lug'atda berildi: otali (otasi bor), otalik (otalik qilmoq), otaliq (otaliqqa olmoq) kabi, Shuningdek, -chan, -chang qo'shimchalari bilan yasalgan sifatlarni yozishda xato, qiyinchilik tug'iladi, shu sababli bu qo'shimchalar bilan yasalgan so'zlar lug'atga kiritildi: uyatchan, mahsichang kabi. Hoziigi adabiy o'zbek tilida o'ttizga yaqin ko'makchi fe'l bor. Ular yordamida yangi so'z yasalmaydi, balki fe'llarning ming-minglab murakkab shakllari hosil qilinadi. Imlo qoidasida ko'makchi fe'lni yetakchi fe'ldan ajratib yozish aniq ta'kidlangan: yoza boshladi, aytib qo'y, olib berib, qo'ya qol kabi. Bunday fe'l shakllari lug'atga kiritilmadi. Xullas, bu lug'atda hozirgi adabiy o'zbek tilidagi so'zlarning bir qismigina qamrab olindi. Lug'atda hozirgi adabiy o'zbek tilida ikki xil shaklda ishlatiladigan so'zlar igna va nina, nina va igna tarzida o'z o'rnida yonma-yon berildi. Ba'zi so'zlarning ikki xil tarkibda — to'liq va qisqa tarkibda ishlatilishi qavslar yordamida ko'rsatildi, masalan: doim(o), shoyad(ki), gado(y) kabi. „O'zbek tilining imlo lug'ati"ga so'zlik ikki jildli „O'zbek tilining izohli lug'ati", nashr qilingan imlo lug'atlari va davriy matbuotdan to'plangan so'zlar asosida tuzildi. Mazkur lug'at O'zbekiston Respublikasi FA Tilshu- noslik instituti ilmiy kengashida muhokama qilinib, nashiga tavsiya etilgan. 5
ё, ю, я, ц, щ, ы harflari va ь, ъ belgilarining lotin alifbosida qanday yozilishi izohlandi. Lug'at haqidagi fikr-mulohazalaringizni ,,0'qituvchi" nashriyotiga yuborishingizni so'raymiz. Manzil: Toshkent, 700129. Navoiy ko'chasi, 30- uy. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling