O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. - O‘zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda boyib boradi. Tilning lug‘at tarkibi 2 manba asosida boyiydi.
- O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so‘z yasash orqali yangi so‘zlar hosil qilinadi: sirifdosh. Limonzor. Vazirlik.
- Ijarachi, tinchliksevar. MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalaruan adabiy tilga so’z olish ham kiradi: aya. Bolish. Uvildiriq (ikra) kabi.
- Boshqa tillardan so’z olish (tashqa manba). 0‘zbek tiliga boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish turli davrlarda turlicha boMgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Yevropa tillaridan so‘z o’zlashtirish faollashgan. 0‘zlashgan so‘zlar ham o‘zbek tili leksikasida anchagina miqdomi tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so‘z yasashdan ko‘ra boshqa tillardan so‘z o’zlashtirish hisobiga boyishi yyetakchilik qilmoqda.
- O`zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.
- Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O`zbek tili lug`at tarkibining birinchi yo`l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo`llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so`zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo`shimcha yordamida yangi so`z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so`zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o`xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O`zbek tili lug`at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo`q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani
- tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo`lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg`ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so`z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o`zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.
- «O`zbek tilining eskirgan so`zlar o`quv izohli lug`ati» – o`zbek adabiy tilining me’yoriy lug`atidan biri. Lug`at X.Norxo`jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |