O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar
Shartli qisqartmalar ro‘yxati
Download 114 Kb.
|
O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- --------------------- A ------------------------ ABAD [a] 1 ot Mangulik, poyonsiz kelajak. | To abad
Shartli qisqartmalar ro‘yxati
a – arabcha ad. – adabiyotga oid atama anat. – anatomiyaga oid atama astr. – astronomiyaga oid atama arxit. – arxitekturaga oid atama ayn. – aynan biol. – biologiyaga oid atama bnk. – binokorlikka oid atama bot. – botanikaga oid atama bog‘. – bog‘dorchilikka oid atama dehq. – dehqonchilikka oid atama din. – diniy so‘z esk. – eskirgan so‘z etn. – etnografiyaga oid atama fals. – falsafaga oid atama fiz. – fizikaga oid atama fiziol. – fiziologiyaga oid atama folk. – folklorga oid so‘z fr – fransuzcha f-t – fors-tojikcha geogr. – geografiyaga oid atama geol. – geologiyaga oid atama geom. – geometriyaga oid atama goll – gollandcha harb. – harbiy atama hind – hindcha his. – hisob-kitobga oid so‘z ijob. – ijobiy munosabatni ifodalaydi ingl – inglizcha iqt. – iqtisodga oid atama isp – ispancha ital – italyancha kam qo‘ll. – kam qo‘llanadi kim. – kimyoga oid atama kirish s. – kirish so‘z kt. – kitobiy so‘z ko‘m. – ko‘makchi ko‘ch. – ko‘chma ma‘nodagi so‘z lot – lotincha man. – mantiqqa oid atama mat. – matematikaga oid atama maxs. – maxsus atama mex. – mexanikaga oid atama mif. – mifologiyaga oid atama modal s.- modal so‘z mol.- moliyaga oid atama mus. – musiqiy atama mo‘g‘– mo‘g‘ulcha nafr. – nafratni ifodalaydi nem – nemischa opt. – optikaga oid atama ped. – pedagogikaga oid atama pol – polyakcha psixol. – psixologiyaga oid atama r – ruscha rvsh – ravish salb. – salbiy munosabatni ifodalaydi sft – sifat siyos. – siyosiy atama snq son – sanoq son sport. – sportga oid atama s.t. – so‘zlashuv tilida so‘r. olmsh – so‘roq olmoshi tar. – tarixga oid atama, tarixiy so‘z tex. – texnikaga oid atama tib. – tibbiyotga oid atama tilsh. – tilshunoslikka oid atama und s.- undov so‘z va h.k. – va hokazo xit – xitoycha yun – yunoncha yur. – yuridik atama zool. – zoologiyaga oid atama shahm. – shahmatga oid so‘z shev. – shevaga xos so‘z she’r. – she’riy so‘z sh.k. – shu kabi chex – chex tilidan 2. O‘zbek tilinig o‘zlashma so‘zlar lug‘atidan foydalanish. --------------------- A ------------------------ ABAD [a] 1 ot Mangulik, poyonsiz kelajak. | To abad – umrbod, hamisha, doimo. 2 rvsh Mangu, abadiy. ABADIY [a] Vaqt bilan chegaralanmagan, doimiy; mangu. ABAJUR [fr] Lampa qalpog‘i. ABAS [a] esk. kt. Foydasiz, behuda. ABBAT [lot] 1 Katolik erkaklar monastirining boshlig‘i. 2 Fransiyada: katoliklar ruhoniysi. ABGOR [f-t afgor] Yomon ahvolga tushib qolgan; nochor, xarob. ABJAD [a] Qadimiy arab alifbosi sirasini esda saqlash uchun o‘ylab chiqarilgan sakkizta so‘zdan birinchisining va shu sakkiz so‘z majmuining nomi. ABLAH [a] 1 Qabih, yaramas, razil. 2 Be’mani, nodon. ABONEMENT [fr] Biror narsadan ma’lum bir muddat ichida foydalanish uchun berilgan hujjat. ABONENT [nem] Abonementdan foydalanuvchi, abonement egasi; obunachi. ABR [f-t] esk. kt. Bulut. ABSOLUTIZM [lot] Monarxiyaning bir ko‘rinishi, hokimiyat boshqaruvi bir shaxs qo‘lida bo‘lgan davlat tuzumi. ABZAL [f-t afzor] Ot-ulov uchun egar-jabduq. ABZAS [nem] 1 Xat boshi, satr boshi. 2 Ikkita xat boshi orasidagi matn. ADAB [a] Axloqiy tarbiya va uning me‘yorlari. ADABIY [a] 1 Badiiy adabiyotga oid. 2 Yozuvchilarga oid. 3 Adabiyot talablariga javob bera oladigan, madaniy hayotda omma tomonidan qabul etilgan. ADABIYOT [a] 1 Ma’lum xalqqa tegishli bo‘lgan badiiy, ilmiy va falsafiy asarlar majmui. 2 San’atning so‘zlar yordamida badiiy obrazlar yaratuvchi sohasi va shu sohaga oid asarlar majmui. 3 Muayyan bir fan yoki sohaga oid asarlar. ADAD [a] 1 Donalab sanash mumkin bo‘lgan narsalarning miqdori. 2 Kitob, jurnal va sh.k.larning bosilib chiqqan nusxalari soni. ADAPTÁTSIYA [lot] Jonli mavjudotlar sezgi organlarining turli sharoitga moslashuvi. ADIB [a] Yozma asarlar yaratuvchi shaxs, yozuvchi. ADIL [a] 1 Tik, to‘ppa-to‘g‘ri. 2 Adolatli, odil. ADL [a] Adolat, haqiqat, to‘g‘rilik. ADLIYA [a] Sud organlari faoliyati. ADMIRAL [a amir al-bahr] Harbiy dengiz flotining oliy qo‘mondonlik tarkibiga beriladigan unvon va shu unvonga ega bo‘lgan kishi. ADO [a] 1 Voqea-hodisa yoki harakatning oxiri. 2 Ishva, jilva, karashma. ADOLAT [a] Haqqoniylik, odillik, xolisona ish ko‘rish. ADOLATPARVAR [a+f-t] Adolat tarafdori, haqiqat uchun kurashuvchi, haqiqatgo‘y. ADOVAT [a] 1 Nizo, dushmanlik munosabati 2 Xusumat, kek. ADRAS [f-t] Ipak va paxta tolasidan tayyorlanadigan milliy gazlama. ADVOKAT [lot] 1 Ma’lum shaxsning huquqlarini himoya qiluvchi, huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beruvchi mutaxassis, yurist. 2 Sudda ayblanuvchini oqlovchi. ADVOKATÚRA [lot] 1 Advokatlik ishi, faoliyati. 2 Shu soha xodimlari. ADYOL [r odeyalo] Jun yoki shu kabi qalin matolardan qilinadigan bir qavatli ko‘rpa. AERODINÁMIKA [r] Havo va gazlarning harakatini o‘rganadigan fan. AERODROM [r] Uchish apparatlari uchun zaruriy inshootlari bo‘lgan keng maydon. AEROFLOT [r] Havo floti, uchish apparatlari majmui. AEROPLAN [yun+fr] ayn. Samolyot. AEROPORT [r] Transport aviatsiyasining muntazam qatnovini ta’minlab turuvchi inshoot va muassasa. ÁFFIKS [lot] tilsh. O‘zaklarga qo‘shilib yangi so‘z yoki so‘zshakllarni yasash, turlash uchun hizmat qiladigan element; qo‘shimcha. AFFRIKAT [r affrikata] tilsh. Ikki yoki undan ortiq elementdan iborat qorishiq tovush. AFÍSHA [fr] Spektakl, konsert, va sh.k.lar haqida ko‘rinarli joylarga yopishtiriladigan e’lon. AFORIZM [yun] Chuqur ma’noli, qisqa, ixcham ibora, hikmatli so‘z. AFSONA [f-t] 1 Avloddan avlodga, og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan fantastik, ba’zan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat, doston. 2 ko‘ch. Asossiz gap, yolg‘on- yashiq, uydirma. 3 ko‘ch. Aql bovar qilmaydigan, aqlga sig‘maydigan, mislsiz narsa, ish. AFSUN [f-t] ayn. Jodu. AFSUNGAR [f-t] ayn. Jodugar. AFSUS [f-t] 1 O‘kinish, achinish tuyg‘usi, pushaymon. 2 kirish s. Attang, esiz. AFTODA [f-t] esk. 1 Notavon, nochor, abgor. 2 G‘am-anduh bilan yoki dard chekib ozib-to‘zib ketgan, ahvoli tang. AFV [a] Kechirim, uzr. AFYUN [a] 1 Ko‘knorining dumbul boshog‘idan olib quritilgan shira. 2 ko‘ch. Kishi ongini zaharlaydigan narsa. AFZAL [a] Yaxshi, a’lo, ortiq. AGAR [f-t] Shart bog‘lovchisi. AGENT [lot] 1 Tashkilot, muassasa va sh.k.larning manfaati uchun xizmat qiladigan shaxs. 2 Biror davlat razvedkasining maxfiy xodimi; voqeanavis, josus. AGENTÚRA [r] Maxfiy ma’lumotlar to‘plash va qo‘poruvchilik ishlari olib borish maqsadida uyushtirilgan josuslik xizmati. AGRAR [r agrarniy] Qishloq xo‘jaligi, xususan, yer-suvdan foydalanishga oid. AGRESSIV [r agressivniy] Agressiya siyosatini qo‘llovchi, tajovuzkor. AGRÉSSIYA [lot] O‘zga davlat yerlarini kuch bilan bosib olish, boshqa davlat mustaqilligiga tajovuz qilish, uni iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaram qilish, bosqinchilik. AGROKIMYO [yun+a] O‘simliklarni o‘g‘itlash, oziqlantirish va kimyoviy yo‘l bilan zararkunandalardan saqlash to‘g‘risidagi fan. AGRONÓMIYA [yun] Qishloq xo‘jaligi va dehqonchilikka doir nazariy va amaliy bilimlar majmui. AGROTÉXNIKA [yun] Qishloq xo‘jaligiga oid ishlar majmui va ularni bajarish tizimi. AHAMIYAT [a] Kishilik hayotida,voqelikda tutgan o‘rin, qiymat; e’tibor. AHBOB [a] esk. kt. Do‘stlar, qadrdonlar. AHD [a] 1 Qat’iy so‘z, qaror, va’da, lafz. 2 Shartnoma, kelishuv, bitim. AHD-PAYMON [a+f-t] O‘zaro qat’iy kelishuv, va’da. AHIL [a] Bir yoqadan bosh chiqargan, bir jon-bir tan, totuv, inoq. AHL [a] 1Bir soha, kasb yoki doira odamlari. 2 Biror joyda istiqomat qiluvchi, yashovchi kishilar; aholi. 3 Qatnashchi. AHMOQ [a] Aqliy jihatdan cheklangan, tentak. AHOLI [a] Ma’lum joyda istiqomat qiluvchi odamlar majmui. AJABTOVUR [a+f-t] Qiziqarli, binoyiday. AJAM [a] 1 Arablardan boshqa xalqlar. 2 Shoshmaqom kuylaridan birining nomi. AJDAR [f-t] 1 Afsonaviy ulkan maxluq. 2 Janubiy Osiyo hududida tarqalgan uchar kaltakesak. AJDARGUL [f-t] ayn. Itog‘iz. AJDOD [a] Ota-bobolar. AJINA [a] 1 iloh. Alvasti, jin. 2 Kichkina ko‘rimsiz odam. AJNABIY [a] 1 Chet ellarga oid, xorijiy. 2 Chet ellik kishi. AJOYIB [a] 1 Hayratga soladigan darajada qiziq. 2 Qiziqarli. AJOYIBOT [a] G‘ayrioddiy voqea-hodisalar. AKADÉMIK [r] ot Fanlar akademiyasining a’zosi; Akademiya a’zoligiga saylangan olimning unvoni. AKADEMÍK [r akademicheskiy] sft 1 Akademiyaga oid. 2 | O‘quv yurtlarida: akademik yil – o‘quv yili, akademik soat – dars soati (45 yoki 80 daqiqa). AKADÉMIYA [yun] Ilm-fan yoki san’atni rivojlantirish maqsadida tuziladigan oliy ilmiy muassasa. AKÁTSIYA [yun] Dukkaklilar oilasiga mansub xushbo‘y gulli daraxt yoki buta. AKBAR [a] esk. kt. Katta, ulkan, buyuk. AKKORDEON [fr] Yelkaga osib chalinadigan klaviaturali musiqa asbobi. AKKROBÁTIKA [yun] Sport gimnastikasi va sirk san’atining murakkab turi. AKKUMULÁTOR [lot] Elektr yoki issiqlik energiyasini to‘playdigan asbob. AKOBIR [a] esk. kt. Yuqori martabali kishi. AKS I [a] 1 ot Narsaning silliq sathda ko‘ringan tasviri. 2 sft Qarama-qarshi, teskari. 3 Tutgan yerini kesadigan, gapga ko‘nmaydigan, o‘jar. AKSA [a] Dimog‘ qichishi natijasida o‘z-o‘zidan o‘pkadan keskin tovush bilan havo chiqishi. AKSAR [a] 1 Ko‘p qism, ko‘pchilik. 2 Ko‘pincha, ko‘p hollarda. AKSENT [lot] tilsh. 1 So‘z urg‘usi. 2 O‘zga tilda so‘zlaganda seziladigan talaffuz xususiyatlari. ÁKSIYA [fr] Aksiyadorlik jamiyati, jamg‘armasiga o‘z ulushini qo‘shgan hissadorlarga shu jamiyat ishida qatnashish va uning daromadlaridan foydalanish huquqini beradigan qimmatbaho qog‘oz. AKT [lot] 1 Muhim voqea, hodisa, harakat. 2 Biror ishni tasdiqlovchi hujjat. AKTYOR [fr+r] Teatrda yoki kinoda rol bajaruvchi. AKÚLA [r] Dengiz hayvoni, katta yirtqich baliq. AKÚSTIKA [yun] 1 Fizikaning tovushlarni o‘rganadigan bo‘limi. 2 Biror binoda tovushlarning eshitilish xususiyatlari va imkoniyatlari. AKVAREL [fr] Suvda eritib ishlatiladigan bo‘yoq. ALAF [a] Yovvoyi o‘t. ALAM I [a]1 Jismoniy azob, og‘riq. 2 Ruhiy qiynalish, dard-hasrat, iztirob. 3 Qasos, o‘ch. 4 Qahr, g‘azab, nafrat. ALAM II [a] 1 esk. Bayroq, tug‘. 2 din. Ziyoratgoh joylardagi daraxtlarga biror niyat qilib bog‘lanadigan latta. ALAMZADA [a+f-t] Alamidan to‘yib, birovdan o‘ch olishga qasd qilgan. ALBÁTTA [a] modal s. 1 Fikrning qat’iyligini, bajarilishi aniqligini anglatadi. 2 kirish s. Shubhasiz, turgan gap. ALGÉBRA [a al jabr] Matematikaning bir bo‘limi. ALEBASTR [yun] Kukun shaklidagi pishirilgan oq gips. ALIFBO [a] Biror til yozuvining ma’lum tartibda joylashgan harflar to‘plami. ALLEGÓRIYA [yun] Mavhum tushunchalarni aniq obraz vositasi bilan ifodalash, majoz. ALLO [ingl hello] Telefon orqali so‘zlashganda «salom», «eshityapman», «eshityapsizmi» ma‘nolarida qo‘llanadigan so‘z. ALLOMA [a] kt. Ilm-fanning bir necha sohasini mukammal egallagan inson. ALMANAX [lot+a] Zamondosh mualliflarning asarlari to‘plami. ALÓE [yun] 1 Uzun bargli tropik va subtropik o‘simlik; sabur. 2 Shu o‘simlik shirasidan tayyorlanadigan dori. ALOMAT [a] 1 ot Shartli ravishda qo‘yilgan belgi, ishora. 2 ot Biror voqea, hodisa, vaziyat va shu k.lardan darak beruvchi belgi, nishona. 3 ot Ramz. 4 sft Ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan, ajoyib. 5 Kishini hayratga soladigan, ajablanarli. ALOQA [a] 1Kishilar, narsalar, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat. 2 Tegishlilik, oidlik. 3 Masofadan turib bog‘lanish vositasi. ALPINIZM [lot] Tog‘ cho‘qqilariga chiqish sporti. ALUMÍNIY [lot] Kimyoviy unsur, kumush rangli yengil, qayishqoq metall. ALVIDO [a] und. s. Abadiy xayrlashuv, so‘ngso‘z. ALVON I [a] Sidirg‘a qizil ip gazlama. ALVON II [a] 1 Qizil. 2 Xilma-xil, turli-tuman. AMAL [a] 1 Kundalik ish, faoliyat. 2 Mansab, lavozim. 3 Chora, iloj. 4 mat. Matematik hisob. AMALDOR [a+f-t] Yuqori mansab egasi. AMALIYOT [a] 1 Kundalik tajriba. 2 Ilmiy-nazariy xulosa, qoida va sh.k.larni hayotga tatbiq qilish, amalda qo‘llash; tajriba. AMBULATÓRIYA [lot] Qatnab davolanuvchilarga va uyda yotgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi shifoxona. AMFÍBIYA [yun] 1 zool. Suvda hamda quruqlikda yashash xususiyatiga ega umurtqali jonivor. 2 bot. Ham suvda, ham quruqlikda yashay oladigan o‘simlik. AMFITEATR [yun] 1 Qadimgi Yunonistonda va Italiyada: tomoshalar ko‘rsatishga mo‘ljallangan, o‘rindiqlari zinapoya shaklida qurilgan ochiq bino. 2 Teatrlarda zalning zinapoya shaklida joylashgan o‘rindiqlari. AMIN I [a] faqat kesim vazifasida: Qat’iy ishongan. AMIN II [a] tar. 1 O‘rta Osiyo xonliklarida daha boshlig‘i yoki qishloq oqsoqoli. 2 Bozorlarda soliq undiruvchi. AMIR [a] tar. Buxoroda va ayrim musulmon mamlakatlarida: xonlik unvoni va shu unvon egasi. AMIRI [a+f-t] 1 Po‘chog‘i ko‘kish rangli, uzunchoq qovun navi. 2 Uzum navi. AMLOK [a] 1 Katta yer-mulk. 2 Umuman mulk, mol-dunyo. 3 tar. Buxoro xonligida: yer-mulkdan o‘lpon olish uchun ajratilgan ma’muriy hudud. AMLOKDOR [a+f-t] tar. 1 Katta yer egasi, zamindor. 2 O‘lpon soluvchi mansabdor. 3 Buxoro xonligida: tuman hokimi. AMMIAK [yun] Azot va vodorod birikmasidan iborat o‘tkir hidli rangsiz gaz. AMMÓNIY [lot] kim. Azot va vodoroddan iborat atomlar guruhi. AMORF [r amorfniy] 1 Kristall shakliga ega bo‘lmagan, kristallanmagan. 2 Ma’lum shaklga ega bo‘lmagan, uyushmagan. AMORTIZÁTOR [fr+r] Urilish zarbini yumshatib turuvchi moslama. ÁMPER [fr] Elektr tokining o‘lchov birligi. AMPERMETR [fr+yun]Tok kuchini o‘lchaydigan asbob. AMPLITÚDA [lot] fiz. Tebranuvchi jismning tebranish kengligi. ÁMPULA [lot] Naychasimon shisha idish. AMR I [a] 1 Buyruq, farmoyish. 2 Izn, ixtiyor. AMR II [a] esk. kt. ayn. Ish. AMYÓBA [yun] Bir hujayrali eng sodda jonivor. ANABIOZ [yun] biol. Ba’zi bir tirik organizmlarda hayot jarayonining vaqtinchalik sekinlashuvi yoki to‘xtab qolishi. ANALITIK [yun] Tahliliy usulga asoslangan. ANÁRXIYA [yun] 1 siyos. Har qanday davlat hokimiyatini, barcha qonun-qoidalarni va axloq-odob me’yorlarini inkor etish, hokimiyatsizlik. 2 ko‘ch. Beboshlik, tartibsizlik. ANARXIZM [yun] Mayda burjua reaksion ijtimoiy-siyosiy oqimi. ANATÓMIYA [yun] Tirik organizmlarning tuzilishi to‘g‘risidagi fan. ANBAR [a] Mumsimon xushbo‘y modda. ANBIYO [a] din. Nabiylar, payg‘ambarlar. ANDALIB [a] esk. kt. ayn. Bulbul. ANDAZA [f-t] 1 Kiyim, poyafzal va shu k. narsalarni bichish uchun tayyorlangan shakl. 2 ko‘ch. Tayyor qolip, namuna. ANDISHA [f-t] 1 Yuz-xotir, ehtiyotkorlik. 2 Umuman fikr, mulohaza. ANGÍNA [lot] Tomoqdagi bodomsimon bezlarning yallig‘lanishidan iborat kasallik. ANGISHVONA [f-t] Tikish qilishda asosan nomsiz barmoqqa kiydiriladigan metall qalpoqcha. ANILIN [a] kim. Zaharli rangsiz suyuqlik. ANJUMAN [f-t] 1 Yig‘in, majlis. 2 Bir davrda faoliyat ko‘rsatgan atoqli shaxslar guruhi. ÁNKER [goll] 1 Soat mexanizmining bir maromda yurib turishini ta’minlaydigan qismi. 2 Mashina, uskuna, inshoot va sh. k.larning qismlarini biriktirishda ishlatiladigan detal. ANKÉTA [fr] Tegishli ma’lumot olish, to‘plash uchun belgilangan so‘roq varaqasi. ANNOTÁTSIYA [lot] Kitob, maqola va sh. k.larning mazmuni, ahamiyati haqidagi qisqacha ma’lumot. ANOD [yun] Musbat zaryadlangan elektrod; aksi katod. ANOMÁLIYA [yun] Me’yordan chetlashish, umumiy qonuniyatga xiloflik. ANONIM [r anonimniy] Muallifi noma’lum. ANONS [fr] Konsertlar va boshqa tomoshalar haqida oldindan qilingan e’lon. ANOR [f-t] 1 Qizil gulli buta. 2 Shu butaning mevasi. ANQO [a] mif. Qof tog‘ida yashaydigan afsonaviy katta qush (yo‘qlik ramzi). ANSAMBL [fr] 1 O‘zaro mos va uyg‘un qismlarining birikuvidan hosil bo‘lgan butunlik. 2 Butun jamoa bo‘lib tomosha ko‘rsatadigan artistlar guruhi. ANTÉNNA [lot] Elektromagnit to‘lqinlarni tarqatuvchi yoki qabul qiluvchi moslama. ÁNTIK [r antichniy] Qadimgi Yunoniston yoki Rim ijtimoiy tuzumi, madaniy hayotiga oid bo‘lgan. ANTÓNIM [yun] tilsh. Ma’nosi biror so‘z ma’nosiga zid bo‘lgan so‘z. ANTROPOLÓGIYA [yun] Odamning biologik tabiatini o‘rganadigan fan. AN’ANA [a] Avloddan avlodga, ota-bobolardan bolalarga o‘tib kelgan urf-odatlar, axloqiy me’yorlar, qarashlar, rasm-rusumlar. AÓRTA [yun] anat. O‘pkadan boshqa hamma organlarni qon bilan ta’minlab turuvchi eng katta tomir. APELSIN [goll] 1 Janub tomonlarda o‘sadigan doim yashil sitrus daraxt. 2 Shu daraxtning sarg‘ish shirin mevasi. APÓSTROF [yun] Tutuq belgisi. APPARAT [lot] 1 Muayyan bir ishni bajarish uchun xizmat qiladigan asbob, moslama. 2 fiziol. Ma’lum vazifani bajaruvchi organlar majmui. 3 Boshqarma yoki xo‘jalikning biror sohasiga xizmat qiladigan muassasalar majmui. APPENDITSIT [lot] Ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi. APPLIKÁTSIYA [lot] 1 Biror narsaga rang-barang gazlama yoki qog‘oz parchalari yopishtirib yoki tikib naqsh solish usuli. 2 Shu usul bilan solingan surat. APTÉKA [yun] Dori-darmon tayyorlanadigan, shuningdek, dorilar hamda tibbiyotga oid mollar sotiladigan muassasa. AQIDA [a] kt. 1 Ko‘r- ko‘rona ishonishga, e’tiqodga asoslangan dalilsiz va isbotsiz qoida. 2 Ishonch bilan aytilgan yoki qattiq ishonilgan fikr, mulohaza. AQIDAPARAST [a+f-t] salb. Aqidalarga ko‘r-ko‘rona ishonuvchi kishi. AQIQA [a] esk. Oilada chaqaloq tug‘ilganligi munosabati bilan beriladigan ziyofat. AQL [a] 1 Odamning bilish, fikr yuritish qobiliyati. 2 Zakovat darajasi; fahm- idrok, zehn, donishmandlik, yetuklik. 3 Es- hush, miya. 4 Mulohaza, maslahat. AQRAB [a] 1 Mezon bilan Qavs o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida sakkizinchi oy nomi. AR [lot] Yer o‘lchov birligi, yuz kvadrat metrga teng keladigan joy. ARAFA [a] 1 din. Hayit yoki bayramdan oldingi kun. 2 ko‘ch. Biror voqeadan oldingi vaqt. ARAVA [a] Ikki, uch yoki to‘rt g‘ildirakli oddiy transport vositasi. ARÁXIS [yun] ayn. Yer yong‘oq. ARBOB [a] 1 Fan, madaniyat sohasida yoki davlat ishida faoliyat ko‘rsatib tanilgan shaxs. 2 tar. Buxoro xonligida: mahalla boshlig‘i, ellikboshi yoki qishloq oqsoqoli. ÁRFA [nem] Torlari barmoqlar bilan chertib chalinadigan uchburchak shakldagi changsimon musiqa asbobi. ARIFMÉTIKA [yun] Matematikaning sodda xossalarni o‘rganadigan bo‘limi. ÁRIYA [ital] Musiqa asboblari jo‘rligida bir kishi aytadigan vokal asar, qo‘shiq. ARJUMAND [f-t] esk. kt. Aziz, qadrli; qimmatli. ARK [f-t] tar. Poytaxtdagi qasr; xon yoki amir saroyining mustahkamlangan qismi va shuningdek saroyning o‘zi . ÁRKTIKA [yun] Yer sharining shimoliy qutb hududi. ARMATÚRA [lot] tex. 1 Apparat, mashina va sh.k.larning asosiy qismiga kirmaydigan yordamchi qismlari majmui. 2 Iinshootlarni mustahkamlash uchun ularning oralariga qo‘yilgan metall qismlar majmui. ÁRMIYA [lot] 1 Davlatning barcha qurolli kuchlari majmui. 2 Quruqlikdagi qurolli kuchlar. 3 Urushda bir yoki bir necha qo‘shin turlarining qo‘shilmasi. ARMON [f-t] Amalga oshmagan ish yoki orzu tufayli ko‘ngilda qolgan o‘kinch. ARMUG‘ON [f-t] kt. Sovg‘a, tortiq, tuhfa. ARSENAL [a] Qurol-aslaha ombori, qo‘rxona. ARTÉRIYA [yun] anat. Yurakdan tananing hamma organlariga qon tarqatuvchi tomir. ARTEZIAN [fr] Parmalab kovlangan va suvi o‘zi otilib chiqadigan quduq. ARTIKL [lot] Otlarning aniq yoki noaniqligini bildiruvchi grammatik ko‘rsatkich. ARTÍKUL [lot] Mahsulot turi. ARTIST [fr] 1 San’at asarlarini tomoshabinlar uchun ijro etuvchi. 2 ko‘ch. s.t. Biror sohada yuksak mahoratga ega bo‘lgan, havosini, hadisini olgan odam. ARUZ [a] ad. She’r tuzilishida uzun va qisqa bo‘g‘inlarning ma’lum tartibda almashib kelishiga asoslangan va Sharq mumtoz she’riyatida keng qo‘llanilgan vazn sistemasi. ARVOH [a] 1 din. Odam bilan xudo o‘rtasida vositachi bo‘ladigan abadiy ruh. Marhumning g‘ayrimoddiy xayoliy sharpasi. ARXEOLÓGIYA [yun] Qadimiy madaniy yodgorliklar asosida xalqlarning tarixiy o‘tmishi va madaniyatini o‘rganuvchi fan. ARXIPELAG [yun] Bir-biriga yaqin turgan dengiz orollari guruhi, orollar tizmasi. ARXITEKTÚRA [yun] Bino va inshootlarni loyihalash, qurish va bezatish san’ati; me’morchilik. ARXIV [lot] 1 Eski hujjatlar, yozma yodgorliklarni saqlash, sistemalashtirish bilan shug‘ullanadigan maxsus muassasa. 2 Muassasaning eski xujjatlar saqlanadigan bo‘limi. ARXIYEPÍSKOP [yun] Yepiskopdan quyi unvon va shu unvonga ega bo‘lgan ruhoniy. ARZ [a] Og‘zaki bayon etilgan shikoyat yoki iltimos. ARZANDA [f-t] 1 Orzu qilib yetishgan o‘g‘il yoki qiz. 2 Hammadan ortiq ko‘rilgan kishi, erka. ARZON [f-t] Bahosi, narxi past. ARSH [a] din. Xudoning taxti. ASAD [a] 1 astr. Saraton bilan Sunbula o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida beshinchi oy nomi. ASBEST [yun] O‘tga chidamli, kislota ta’sir qilmaydigan, issiqlik va elektr tokini o‘tkazmaydigan tolali mineral. ASBOB [a] 1 Biror ishni bajarish uchun maxsus qurol; ish quroli. 2 Biror maqsad uchun belgilangan moslama, buyum. 3 Musiqa asarini ijro etish uchun cholg‘u; soz. ASFALT [yun] 1 Yo‘l qurilishida ishlatiladigan qoramtir smolasimon modda. 2 Yo‘lga yotqizilgan shunday modda qatlami. ASIL [a] 1 A’lo sifatli, eng yaxshi; toza, sof. 2 Qimmatbaho. 3 ko‘ch. Yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan; olijanob; haqiqiy; pok. ASILZODA [a+f-t] Yuqori tabaqali zotlarga mansub shaxs; oqsuyak, zodagon. ASIR [a] 1 Dushman qo‘liga tushib, ozodlikdan mahrum etilgan kishi. 2 ko‘ch. Biror kimsa yoki narsaga berilib ketgan kishi; maftun; qul. ASKAR [a] 1 Harbiy xizmatchi. 2 Davlatning qurolli kuchlari majmui yoki ularning bir qismi; qo‘shin. ASKIYA [a azkiyo] So‘z o‘yiniga, qochiriqlarga asoslangan kulgu musobaqasi. ASL [a] 1 Haqiqiy hol; tub, negiz. 2 Dastlabgi hol. 3 Haqiqiy nusxa. 4 Kelib chiqish zoti. 5 sft Chin, chinakam. ASNO [a] kt. 1 Biror hodisa yoki harakat sodir bo‘layotgan payt, fursat. 2 Qisqa muddatli ikki voqea oralig‘i. ASO [a] kt. Hassa, suyanchiq. ASORAT I [a] Asirlik, tutqunlik. ASORAT II [a] Ta’sir, iz, belgi. ASOS [a] 1 Narsaning barcha qismlarini tutib turuvchi qismi, tayanchig‘i. 2 Narsa yoki hodisalarning negizi, poydevor. 3 (ko‘plikda) Bosh qoidalar, tamoyillar. 4 Dalil, isbot. 5 kim. Kislotalar bilan o‘zaro birikib tuz hosil qiladigan birikma. ASOSAN [a] rvsh 1 Umumiy tarzda, umuman olganda. 2 Binoan, ko‘ra. ASP [f-t] 1 Ot. 2 shahm. Ot shaklidagi sipoh. ASPEKT [lot] kt. Nuqtai nazar, qarash. ASPIRANTÚRA [lot] Oliy o‘quv yurtlari yoki ilmiy tekshirish institutlarida fan nomzodi darajasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi. ASR I [a] 1 Yuz yil. 2 Davr, zamon. ASR II [a] Quyosh botishidan bir soatcha oldingi payt va shu paytda o‘qiladigan namoz. ASROR [a] kt. Sirlar. ASSALOMU ALAYKUM [a] ayn. Sizga tinchlik-omonlik tilayman; hol so‘rash, qutlash. ASSAMBLÉYA [fr] Xalqaro tashkilot a’zolarining yoki bir necha davlat vakillarining yalpi majlisi. ASSIMILÁTSIYA [lot] 1 biol. Tirik organizmlar tomonidan qabul qilingan moddalarning o‘zlashishi, singishi. 2 Bir xalqning boshqa xalq urf-odatlari, madaniyati va tilini o‘zlashtirishi natijasida unga aralashib, birlashib ketishi. 3 tilsh. Nutqda so‘z tarkibidagi ikki tovushning bir-biriga ta’siri natijasida o‘zaro muvofiqlashuvi. ASSISTENT [lot] 1 Biror ishni, masalan, xirurgik operatsiyani bajarishda asosiy ijrochiga yordam beruvchi shaxs. 2 Oliy o‘quv yurtlarida kichik o‘qituvchilik lavozimi. ASSOTSIÁTSIYA [lot] 1 Shaxslar yoki muassasalarning ma’lum ish olib borish uchun tuzilgan ixtiyoriy birlashmasi. 2 psixol. Miya-asab faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy tasavvurlar, fikrlar, tuyg‘ular orasidagi bog‘lanish va shunga asoslangan idrok. Download 114 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling