O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi


Download 16.87 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi16.87 Kb.
#1028709
Bog'liq
O\'zbek tili MT


O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Test
1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qaysi shevalar asos qilib olingan?
A) Andijon-Shahrixon B) Xorazm-Urganch
C) Toshkent-Guliston D) Farg‘ona-Toshkent

2. Eski o‘zbek adabiy tili qaysi asrlarda shakllangan edi?


A) X-XI asrlarda B) XI-XII asrlarda C) XIII asrda D) XIV asrda

3. Adabiy tilning qanday shakli bor?


A) xalq shevalari va adabiy til B) og‘zaki adabiy til va yozma adabiy til
C) so‘zlashuv uslubi, kitobiy uslub D) so‘zlashuv, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar

4. Shevalar adabiy tildan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?


A) fonetik B) leksik C) fonetik va leksik D) fonetik, leksik, grammatik

5. O‘zbek tili qaysi til oilasining qaysi guruhiga mansub?


A) turkiy tillar oilasining oltoy guruhiga
B) hind-yevropa oilasining turkiy guruhiga
C) oltoy oilasining turkiy guruhiga
D) eron oilasining hind-yevropa guruhiga

Atamalar

  • Iqtisodiy resurslar–tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui.

  • Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi barqaror takrorlanib turadigan muhim ichki sabab-oqibat aloqalari, ularning o‘zaro bog‘liqligi.

  • Iqtisodiy kategoriya – barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.

  • Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar.

  • Mulkdan foydalanish – mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.

  • Pul – hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar.

  • Auksion – alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.

  • Bank–iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.

  • Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi.

  • Iqtisodiy islohotlar –iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.

  • Monopoliya – monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.

  • Narx–real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasi.

  • Aksiya–bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.

  • Tadbirkorlik faoliyati–shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat.

Download 16.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling