O‘zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan test 10-variant


Download 26.3 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi26.3 Kb.
#1638642
Bog'liq
10 variant


O‘ZBEK TILINING SOHADA QO’LLANILISHI FANIDAN TEST
10-variant

1. Qaysi qatordagi so‘zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi?


A) shu‘la, ba‘zan B) qat‘iy, jur‘at C) Is‘hoq, as‘hob D) mo‘jiza, mo‘tadil
2. Lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidasiga ko‘ra Is’hoq so‘zida ishlatiladigan tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi?
A) unli tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalaydi
B) unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi
C) oldin va keyin kelgan tovushlar alohida tovushlar ekanligini ifodalaydi
D) so‘z urg‘usini ifodalaydi
3. Berilgan qaysi so‘zda tutuq belgisi noto‘g‘ri qo‘yilgan?
A) ma’sul B) ma’sum C) ma’mur D) ma’qul
4. 1) kav... sh; 2) kib... r; 3) kir... m; 4) lut... f; 5) moy... l
Imlo qoidasiga ko‘ra nuqtalar o‘rnida i unlisi qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni belgilang.
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 3, 5 D) 1, 4
5. Berilgan so‘zlarning qaysilarida nuqtalar o‘rnida u unlisi yoziladi?
1) junj... kish; 2) juld... r; 3) zo’g‘... m; 4) ibratom...z;
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 4
6. Ayrim paytlarda ko‘nglim onamni qo‘msaydi-da, qanotim qayrilganini sezib, nafasim bo‘g‘zimga tiqiladi. Ushbu gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar soni nechta?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
7. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A) Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, Nuroniy jamg‘armasi
B) Buxoro viloyati hokimligi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Quvasoy sement zavodi C) Oliy xo‘jalik sudi, Toshkent agrar
universiteti, «Lazzat» oshxonasi D) Vazirlar Mahkamasi, «Sharq gullari» firmasi
8. Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. Gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar soni nechta?
A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta
9. Imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan so‘zni toping.
A) ma’yus B) ma’zur C) ma’sum D) ma’sud
10. 1) yig‘lamoq; 2) taranmoq; 3) chorlamoq; 4) anglamoq; 5) chanqamoq; 6) qaynoqroq
Berilgan so‘zlarning qaysi biri fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 4, 6 C) 3, 4, 6 D) 4, 5, 6
11. 1) taroqqa 2) buloqqa 3) so‘roqqa 4) ilikka 5) kurakka 6) terakka
Jo‘nalish kelishigidagi ushbu so‘zlarning qaysi birida so‘zning ham o‘zak, ham qo‘shimcha qismida tovush o‘zgarishi yuz bergan?
A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) 1, 3 D) barchasida faqat qo‘shimchada o‘zgarish yuz bergan
12. Qaysi qatordagi so‘zlarda qo‘sh undosh qo‘llanishi kerak?
A) has ... os, qo‘sh ... a B) ud ... aburon, tasad ... uq
C) hij ... alamoq, uv ... at D) mut ... asil, jiz ... illamoq
13. Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi so‘z to‘g‘ri yozilgan?
A) uzur B) mumiyo C) mayil D) makir
14. So‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z tarkibida qanday fonetik o‘zgarish yuz berishi mumkin?
A) tovush tushishi B) tovush almashishi
C) tovush orttirilishi va almashishi
D) tovush almashishi va tushishi
15. Talaffuzda tovush orttirilishi yuz bergan so‘zlar qatorini toping.
A) tabiat, doim, ilm B) unga, achchiq, issiq
C) qadr, do‘st, g‘isht D) go‘sht, yozdir, iliq
16. Imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan so‘zni toping.
A) hasharot B) zalvorli C) qaynana D) qat’i nazar
17. Bo‘g‘in ko‘chirish haqida aytilgan qaysi qoida noto‘g‘ri?
A) Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chiriladi.
B) o‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi.
C) v. b. (va boshqalar), sh. k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.
D) O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi.
18. Quyida berilgan juft so‘zning qaysi biri imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan?
A) yaroq-aslaha B) yaroq-aslaxa
C) yarog‘-aslaha D) yarog‘-aslaxa
19. 1) ekmoq; 2) ko‘rmoq; 3) chiqmoq; 4) osmoq
Ushbu fe’llardan payt ravishdoshi yasalganda ularning qaysi biri morfologik (yozuv) qoida asosida yoziladi?
A) 2, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3 D) 1
20. 1) ekmoq; 2) ko‘rmoq; 3) chiqmoq; 4) osmoq
Ushbu fe’llardan payt ravishdoshi yasalganda ularning qaysi biri fonetik (yozuv) qoida asosida yoziladi?
A) 2, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3 D) 1
21. Qaysi qatorda juft sifatlar yangi imlo qoidasiga ko‘ra noto‘g‘ri yozilgan?
A) yakkam-dukkam B) kattayu kichik
C) yakka-yu yagona D) sarg‘ish-qo‘ng‘ir
22. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri ajratib yoziladi?
A) kelintushdi, tokqaychi B) so‘zboshi, achchiqtosh
C) qirg‘iyko‘z, oybolta D) dardibedavo, timqora
23. Quyidagi talaffuz xususiyatlarining qaysilari yozuvda ham aks etadi?
1) k undoshi bilan tugagan otlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda k undoshining g ga o‘zgarishi; 2) q undoshi bilan tugagan otlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda q undoshining g‘ ga o‘zgarishi; 3) g‘ undoshi bilan tugagan otlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda g‘ undoshining q undoshiga o‘zgarishi; 4) a unlisi bilan tugagan fe’llarga shaxs oti yasovchi -vchi qo‘shimchasi qo‘shilganda a unlisining o ga o‘zgarishi
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2
24. Berilgan so‘zlarning qaysi biri to‘g‘ri yozilgan?
1) taqiqlamoq; 2) tahqiqlamoq; 3) ta’qiqlamoq
A) 1, 2 B) 3 C) 1 D) 2, 3
25. 1) idrok; 2) terak; 3) ishtirok; 4) chok; 5) bolalik.
Berilgan ushbu so‘zlarning qaysi biriga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qismda fonetik o‘zgarish bo‘ladi?
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 5 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 5
26. Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig‘lab uyga keldi. Berilgan gapda necha so‘z fonetik qoida asosida yozilgan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
27. Qoyalar bag‘ridan o‘ynab oqib tushayotgan shalola unga zavq bag‘ishlardi. Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar miqdorini aniqlang.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
28. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri xato yozilgan?
A) parvoyim B) obro‘yim C) avzoyim D) orzuyim
29. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni aniqlang.
A) sazavor, mulaqot B) sazovar, muloqat
C) sazovor, muloqot D) sazovor, muloqat
30. Berilgan so‘zlardan qaysi birining ikkinchi bo‘g‘inida u yoziladi?
A) mushf..q, muh..m B) muq..m, muh..t
C) mushk..l, mug..z D) mutr..b, musl..m
Download 26.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling