O‘zbek tilining sohada qo`llanilishi fanining maqsad va vazifalari. Dаvlаt tili mаqоmi haqida


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV


Download 44.47 Kb.
bet5/8
Sana02.05.2023
Hajmi44.47 Kb.
#1420727
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-dekabr,
167-I-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Davlat tili haqida
(yangi tahriri)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 21-dekabrdagi 168-I-sonli qarorining 2-bandiga muvofiq mazkur Qonunning 9 va 10-moddalari 2005-yilning 1-sentabridan e’tiboran kuchga kiradi.
1-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
2-modda.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-modda.
O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi.
Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar.
4-modda.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi.
5-modda.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa — ularning tillarida faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini tashkil etish ta’minlanadi.
6-modda.
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi.

Download 44.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling