O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua urganch – 2023


Download 1.17 Mb.
bet54/85
Sana04.11.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1748090
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85
Bog'liq
Majmua O\'TSQ

Klasterni tuzish qoidasi:
1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalarning sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.
2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.

INSERT JADVALI
Insert jadvali grafik organayzeri o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Insert jadvalini qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
-kichik guruhlar shakllantirilib, ular nomlanadi;
- har bir guruhlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mavzuga oid 2 ta fikr bildirish so‘raladi;
- o‘quvchilar navbatma-navbat mulohazalarni bayon etadilar;
- bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi;
- so‘ngra o‘qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni guruhlarga tarqatadi;
- guruhlar matn bilan tanishib chiqib, matn va o‘zlari bildirgan fikrlarning bir-biriga qay darajada muvofiq kelganligini aniqlaydilar (o‘xshashlik va farqlar maxsus belgilar yordamida qayd etiladi);
- guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini ifoda etadilar va maxsus belgilar soni umumlashtiriladi;
- guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi;
- liderlar sinf jamoasini guruh natijalari bilan tanishtiradilar;
-guruhlarning yondashuvlari umumlashtirilib, yakuniy xulosa chiqariladi.
Insert jadvali o‘quvchilar mantiqiy fikrlash, shaxsiy xatolar ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: mustaqil o‘qish vaqtida olgan ma’lumotlarni, eshitgan ma’ruzalarni tizimlashtirishni ta’minlaydi; olingan ma’lumotni tasdiqlash, aniqlash, chetga chiqish, kuzatish. Avval o‘zlashtirgan ma’lumotlarni bog‘lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling