O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua urganch – 2023


Download 1.17 Mb.
bet49/85
Sana04.11.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1748090
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85
Bog'liq
Majmua O\'TSQ

Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish.
Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari: kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar, perefraza (havola, iqtibos, sitata, abzats)

Kirishning samaradorligi maqsadni va ma’lumotning qo‘llanilish ko‘lamini kitobxonga tushuntiradi. Xulosa sarlavhada berilgan ixtiyoriy savolga javobni va asosiy punktlarning yakunini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qish faoliyatida, odatda, kirish ham, xulosa ham, asosiy qismdan so‘ng yoziladi.


Kirish va asosiy qism.
Kirish, odatda, vazifaning umumiy hajmining 10%ini tashkil qiladi. Shu sababli, 2000 ta so‘zdan iborat esselarda kirish 200 ta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim. Kirishga aniq bir na’muna mavjud emas, chunki ko‘p narsa siz olib borayotgan va davom etayotgan ishning turiga bog‘liq. Lekin quyidagilar uning umumiy xususiyati:

(a) Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi.


  • (a) Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi.

  • (b) Kerak bo‘ladigan axborot.

  • (c) Bu mavzu haqidagi boshqa mualliflarning ishlaridan namuna.

  • (d) Ishning maqsad va vazifalari.

  • (e) Sizning tadqiqot uslubingiz.

  • (f) Siz tomoningizdan belgilanadigan biror-bir chegaralar.

  • (g) Ishingizning rejasi.

  • Juda ham umumiy va noaniq kirish gaplarini qo‘llashning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda, yangiliklar bilan ta’minlovchilar o‘rtasida katta raqobat mavjud (Noto‘g‘ri)
Hozirda, gazetalar internet va televideniye kabi yangilik ta’minotchilari bilan kuchli raqobatga yuz tutmoqdalar (To‘g‘ri)
Xulosalar. Xulosalash va perefrazalash (ma’noni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash). Odatda esseda xulosalash va perefrazalash birgalikda ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi ma’lumotlar hajmini yetarli darajagacha qisqartirish va uzundan uzoq ma’lumotlarni qisqa hajmga keltirishdan iborat bo‘lsa, perefrazalashning maqsadi esa umumiy ma’noni saqlagan holda ma’lumotni asl manbadagidan farqli qilib, o‘zgartirib yozishdan iboratdir. Bularning ikkalasi ham ko‘chirmachilikning oldini olish uchun qo‘llaniladi

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling