O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua urganch – 2023


Download 1.17 Mb.
bet50/85
Sana04.11.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1748090
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85
Bog'liq
Majmua O\'TSQ

Xulosalashning bosqichlari. Siz xulosalashda mavzuga doir eng muhim ma’lumotlarni berishingiz yoki mavzuga to‘liqroq to‘xtalib o‘tishingiz mumkin. Odatda, xulosada asosiy fikrlarni qo‘shimcha qismdan (keltirilgan misollar va ularning isbotlaridan) xoli tarzda yozishga e’tibor qaratiladi. Perefrazalash va xulosalash odatda birga ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi ma’lumotni mutanosib hajmga keltirish bo‘lsa, perefrazalash esa muhim ma’lumotlarni boshqacha shaklda berib o‘tishdan iborat. Misol uchun, quyidagi gaplarga e’tibor bering:18-asrda, Fransiya va Germaniyadan oldin, Britaniyada sodir bo‘lgan industrial inqilob to‘g‘risida ko‘plab munozaralar davom etib kelmoqda.Ushbu gapni quyidagicha perefrazalash mumkin:Industrial inqilobning nima sababdan boshqa joyda emas, balki aynan Britaniyada sodir bo‘lgani hozirgi kunga qadar tortishuvli savollardan biri bo‘lib kelmoqda
Odatda ta’sirchan perefraza:
Odatda ta’sirchan perefraza:
asl manbadan o‘z shakliga ko‘ra farqlanadi
asl manbadagi so‘zlarning sinonimlaridan iborat bo‘ladi
asosiy ma’noni saqlagan bo‘ladi
asl manbadagi ba’zi bir qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi (misol uchun “Industrial inqilob”, “18-asr”)
Perefrazalash va uning yo‘llari (usullari):
a) so‘zlarning sinonimlarini qo‘llash orqali:
Aytadi > keltirib o‘tadi; 18-asr > 1700-yillar; tejamoq > kam xarajat qilmoq

b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali:


b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali:
Izoh (ot) > izohlamoq (fe’l); foyda keltiradigan, foydali (sifat) > foyda (ot)
c) so‘zlar ketma-ketligini o‘zgartirish orqali:
Britaniya industrial inqilobining asosiy sabablari talabni tahlil qilish orqali o‘z yechimini topishi mumkin.
Talabni tahlil qilish orqali Britaniyadagi industrial inqilobning sabablarini topish mumkin.
Amaliyot mashqlarida 3ta usul ham bir vaqtning o‘zida ishlatiladi. Barcha so‘zlar o‘z sinonimlariga ega emasligini hisobga olgan holda, ularning hammasini perefrazalash maqsadga muvofiq emas.
Essening saviyali bo‘lishi olib borilgan tadqiqotlar va ko‘plab esselarning mavzuga doir bildirgan fikrlarini o‘rganib chiqishni talab etadi. Shu sababdan o‘z esseingizda qaysi adabiyotlardan foydalanganingizni keltirib o‘tishingiz maqsadga muvofiqdir. Bu mavzu sizga quyidagilar haqida ma’lumot beradi:
Sitatani matn ichida keltirish
Havolaning asosiy shakllari
Sitatalardan foydalanish
Foydalanilgan adabiyotlarning umumiy ro‘yxatini keltirib o‘tish

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling