O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanidan testlar


Download 53.05 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi53.05 Kb.
#1159906
  1   2   3   4
Bog'liq
O`zbek tilining sohada qo`llanishi


O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI FANIDAN TESTLAR
1. Quyidagi parchada nechta so‘zdagi ko‘pnuqta o‘rniga adabiy til me’yorlariga ko‘ra tushum kelishigi qo‘shimchasini qo‘yish mumkin? Yaxshi tarbiya ko‘rgan odam… xislatlari… biri shuki, bunday odam o‘z faoliyatida boshqalar… bir qadam oldinga o‘tsa, darrov orqaga qaraydi, sheriklari… yordam qo‘li… uzatadi, safi… kengaytirib, yangi g‘alaba… ko‘zlaydi.
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta
2. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladi?
A) abzal, ortiq B) rostgo‘y, mehnatsevar C) ko‘nmoq, rozi bo‘lmoq D) chiroy, suluv
3. Yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini ifodalagan ular olmoshi qatnashgan javobni aniqlang.
A) Sakkizinchi sinf o‘quvchilari faol. Ular har bir tadbirda o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi. B) Ularning har ikkisi bugungi musobaqada ilk marotaba qatnashmoqda. C) Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000 ga yaqin. D) Sobir tog‘amni yaxshi ko‘raman. Ammo ular biznikiga bir yilda bir keladilar.
4. Ushbu gapda yoymoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan? O‘smirlarimiz xalqaro turnirlarda g‘alaba qozonmoqdalar. O‘zbekning dovrug‘ini olamga yoymoqdalar.
A) mashhur qilmoq, ovoza qilmoq B) taxlangan, o‘ralgan narsalarni ochmoq C) tevarak-atrofga taralmoq, anqimoq D) kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketmoq
5. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A) Imoratning o‘pirilib tushgan joylari siniq pishiq g‘isht bilan tiklangan, ustlari suvalgan edi. B) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf va shonini saqlaydi. C) Bu jamoada tashabbus uyg‘onishidan, ta’lim-tarbiya sifati yaxshilanishidan ko‘rinib turibdi. D) Qayerda intizom va hamjihatlik bo‘lsa, o‘sha yerda ish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi.
6. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga “u” unlisi yoziladi? 1) muq…m; 2) sup…rmoq; 3) tov…q; 4) sur…shtirmoq; 5) tug‘…lmoq; 6) yut…q.
A) 1,2,4,6 B) 2,3,5 C) 1,2,3,6 D) 2,3,6
7. Quyidagi so‘zlardan nechtasi NOTO‘G‘RI yozilgan? Yaxshiev, pyesa, poezd, sub’ekt, jamiyat.
A) 2 tasi B) 3 tasi C) 1 tasi D) 4 tasi
8. Qaysi gapda asos va qo‘shimchalar imlosi bilan bog‘liq XATO kuzatiladi?
A) Ko‘chmas mol-mulk haqida tuzulgan bitimni bekor qilish kerak. B) Manzilga yetgach, sen bilan alohida gaplashaman. C) Oradan qancha zamonlar o‘tdi, uning nomini faxr bilan tilga olyapmiz. D) Jamoatchilik ishtiroki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’minlanadi.
9. Quyidagi juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda qaysilari qo‘shib yoziladi? 1) havo // rang; 2) liq // to‘la; 3) mol // boqar; 4) tog‘ // olcha; 5) O‘rta // Osiyo; 6) tarjimayi // hol.
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4, 6 D) 3, 4, 6
10. Quyidagi juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda qaysilar qo‘shib yoziladi? 1) har // kuni; 2) ko‘z // oynak; 3) To‘rt // ko‘l; 4) bir // oz; 5) suv // osti; 6) o‘n // ming.
A) 1,2,3,5 B) 2,3,4,6 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5
11. Qaysi so‘z bo‘g‘inga NOTO‘G‘RI ajratilgan?
A) mo-no-gra-fi-ya B) di-a-gram-ma C) si-lind-rik D) kon-gress
12. Chiziqcha bilan yozish qoidasiga amal qilib yozilgan so‘zlarni aniqlang.
A) yildan-yilga, bayram-oldi B) vitse-prezident, och-sariq C) erta-yu kech, qadam-baqadam D) ko‘chama-ko‘cha, ko‘pdan-ko‘p
13. Qaysi javobda bosh harflar imlosi bilan bog‘liq xato KUZATILMAYDI?
A) Toshkent Davlat yuridik universiteti B) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi C) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi D) Davlat Tilini rivojlantirish Departamenti
14. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) taassurot, taqazo B) taasurot, badiiy C) taalluqli, taqozo D) talluqli, badiy
15. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang.
A) monitoring, dialog, milliard B) natarius, dealog, muovin C) notarius, mudofa, monitoring D) mudofaa, milliard, hayol
16. Quyidagi parchada necha o‘rinda vergul tushirib qoldirilgan? Darhaqiqat O‘zbekistonning qayeriga borsangiz Darxon Kenagas Jaloyir Bahrin Nayman kabi joy nomlariga duch kelishingiz mumkin.
A) 4 B) 6 C) 7 D) 5
17. Qaysi javobdagi gapda // belgisi o‘rnida tire QO‘YIB BO‘LMAYDI?
A) Uylar, devorlar, daraxtlar // hammasi qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi. B) A’lo o‘qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz. C) Otamning akalari ham // haydovchi. D) O‘rinsiz g‘azab // o‘zingga azob.
18. Qaysi javobdagi birlikda qo‘shtirnoq to‘g‘ri ishlatilgan?
A) “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni” B) “Navoiy” nomidagi teatr C) “Izboskan” tumani D) “Spark” avtomobili
19. Lotin yozuvida Цц undoshi qaysi hollarda “s” bilan ifodalanadi?
A) soʻz boshida, soʻz oxirida, old qo‘shimchadan keyin, undoshdan keyin B) faqat soʻz boshida kelganda C) unlidan keyin D) yuqoridagi barcha holatlarda
20. “Tilxat” so‘zining tarjimasini toping.
A) записка B) доверенность C) акт D) расписка
21. Qaysi hujjat turi KUN TARTIBI, QAROR kabi qismlardan iborat?
A) bayonnoma B) dalolatnoma C) e’lon D) buyruq
22. Dаrаk gаp bеrilgаn jаvоbni tоping?
A) Nimаdаn хаfа bo‘ldingiz? B) Tеrim sur’аtini kuchаytirаylik. C) Qo‘li bаlаnd bo‘lsin! D) Pахtа tеrimi bоshlаndi.
23. Hajm belgisiga ko‘ra matn qanday turlarga bo‘linadi?
A) mikromatn va makromatn B) monologik va dialogik matn C) buyruq mazmunli va xabar mazmunli matnlar D) tasviriy va hikoya mazmunli matnlar
24. So‘zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon qilishimiz...
A) nutq tovushi B) nutq C) harf D) gap
25. Adabiy nutq uslublari nechta ?
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta
26. So‘zlar tarkibida “q” tovushi “x” tarzida talaffuz etiladigan qatorni toping.
A) chiroq, qaymoq B) taqsimot, taqsir C) maqbara, to‘liq D) qisqa, to‘qmoq
27. Quyidagilarning qaysi birida tutuq belgisi to‘g‘ri qo‘llanilgan va u orqali undoshning unlidan ajratib aytilishi qaysi so‘zlarda uchraydi?
А) san’at, fe’l, ar’kon В) ma’vo, sa’va, ma’sul С) qit’a, jur’at, in’om D) a’lo, ta’na, ba’zan
28. Qaysi javobda imloviy xato yozilgan fe’l turkumiga oid so‘z qatnashgan?
A) Yigitni otasi kosmonavt edi. U bu bilan faxrlanardi. B) Yolg‘on bo‘lsa, boq-chi ko‘zimga? C) O‘quvchilar yo‘l bo‘ylarida ko‘chat ekishayapti. D) U juda bepisanlik bilan gapirardi.
29. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri imlo qoidalariga muvofiq to‘g‘ri yozilgan?
A) sharoyit, ateryad, qizg‘onmoq
B) sharoit, otryad, qizg‘anmoq
C) sharoit, ateryad, qizg‘anmoq
D) sharoit, otryad, qizg‘onmoq
30. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri imlo qoidalariga muvofiq to‘g‘ri yozilgan?
A) arzugulik sabab, salafan B) arzigilik sabab, selofan C) arizugulik sabab, sallafan D) arzigulik sabab, sellofan
31. Qaysi biri yozilishiga ko‘ra to‘g‘ri?
A) fudbol B) futbol C) futbo‘l D) pidbol
32. Barcha so‘zlar tarkibida qo‘sh unlilar yozilishi kerak bo‘lgan qatorni toping.
A) manfatdor, tassurot
B) mutakabbir, karser, aviator
C) mutassib, kamshukrlik, kapral
D) mutola, avtouy, baniinson
33. Qaysi so‘zlar imlosida z undoshi s tarzida talaffuz qilinadi? 1) iztirob; 2) zamin; 3) qizil; 4) xoroz; 5) jonboz; 6) tuzsiz; 7) bozchi.
A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 7 C) 1, 6, 7 D) 1, 5, 7
34. Yangi o‘zbek imlosiga ko‘ra chiziqcha bilan yozish qoidasi qaysi qatorda buzilgan?
A) El-yurt ravnaqi uchun xizmat qilish sening burchingdir. B) Dori-darmonga muhtoj emasmisan? C) Do‘st-u dushman orasida. D) Kecha do‘stlar bilan bo‘lib o‘tgan davramiz qizigandan-qizidi.
35. Qanday nutqni boy deyish mumkin?
A) So‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘llay bilish B) Tilning ifoda vositalaridan foydalanish C) Nutqning hamma vaqt aniq, ravshan bo‘lishi D) Barcha javoblar to‘g‘ri
36. Belgining ortiq darajasini bildiruvchi so‘zlar qaysi qatorda imlo qoidalariga muvofiq holda to‘g‘ri yozilgan?
A) ochiqdan-ochiq, qizigandan-qizidi, o‘zidan-o‘zi B) tim-qora, yam-yashil, to‘q kulrang C) bira to‘la, birvarakayiga, jiqqa ho‘l D) ko‘pdan ko‘p, tekindan tekin, yangidan yangi
37. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilingan qatorni toping.
A) di-agramma, monog-rafiya, silin-drik
B) dia-gramma, mono-grafiya, silind-rik
C) dia-gramma, mono-grafiya, silin-drik
D) diag-ramma, mono-grafiya, silind-rik
38. Imlo qoidalariga muvofiq holda to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) kulrang, xiyla, mashala B) ushoq, hiyla, intiqom C) maslagdosh, afv, masul D) mobodo, uxlamoq, ashob
39. Bolali uy …, bolasiz uy … . Ushbu maqolni to‘ldiruvchi so‘zni belgilang.
A) bozor, mozor B) ozor, mozor C) besar, tinch D) maraka, ma’raka
40. Quyidagi gapda imlo qoidalariga amal qilinmagan holda yozilgan so‘zlar soni nechta? O‘zbekiston va Turkmanston elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvni imzoladi.
A) bitta B) ikkita C) xatolik mavjud emas D) uchta
41. Xatosiz yozilgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) muvafaqqiyat, afv B) muvaffaqiyat, afv C) muvaffaqqiyat, avf D) muvaffaqiyat, avf
42. Imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) orzum, shifobahsh, molxona B) tokqaychi, kir sovun, AQSH C) is’hoq, maxsus, hisobot D) xar hil, ADU, tog‘olcha
43. Qaysi qatordagi so‘zlar yozilishida bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilinmagan?
A) ma-sh’al, a-ba-diy, pesh-ayvon B) si-ngil, de-ngiz, mai-shat C) aba-diy, mono-grafi-ya, paxta-kor D) va’-da, ma’-rifat, in’-om
44. “Договор” so‘zining o‘zbekcha muqobilini toping.
A) sulh, shartnoma B) kelishuv, bitishuv C) akt, dalolatnoma D) taqdimnoma, tavsifnoma
45. Qaysi hujjat turlari yozilish shakliga ko‘ra o‘xshash?
A) buyruq, bayonnoma, farmoyish B) dalolatnoma, da’vo arizasi, shartnoma C) tavsifnoma, tavsiyanoma D) ariza, tushuntirish xati, bildirishnoma
46. Quyidagi so‘zlarning sinonimlarini toping: osmon, do‘st, aqlli, murakkab.
A) yer, dushman, axmoq, oson B) samo, o‘rtoq, bilimdon, qiyin C) koinot, oshna, ongli, oson D) ko‘k, og‘ayni, olim, mushkul
47. His-hаyajоn gаp bеrilgаn jаvоbni tоping.
A) Eh, qаndаy chirоyli, so‘lim jоylаr-а! B) Mаshinаlаr tinimsiz ishlаsin. C) Dоmlаngiz ilm-u hisоbni bilurmikаn? D) Аdаbiy kеchаni Bаhоdir оchdi.
48. Ishonchni bildirgan modal so‘z qaysi gapda berilgan?
A) Menimcha, qahramonlikdagina emas, har bir xatti-harakatda, hatto eng oddiy, mayda ishda ham bir mantiq, ma’no, mazmun, maqsad bo‘lishi kerak. B) Esiz, taqdir ekan qaydan bilibmiz. C) Afsuski, men uning otini bilolmay qoldim. D) Shubhasiz, biz g‘olib bo‘lamiz.
49. Notoʻgʻri yozilgan soʻzlar qatorini toping.
A) joxil, jabxa, gox, axl B) daf, lof, kafil, did C) johil, jabha, fol D) goh, ahl, fil, lof
50. Quyidagi koʻchirma gapli qoʻshma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari toʻgʻri koʻrsatilgan javobni toping. Biz tinchlik daraxtini endi doʻllardan boʻronlardan asrashimiz kerak deydu Muhammad Ali.
A) : “ ”, – . B) “ ”, – .
C) “ ” . D) “ ”, – .
51. Ma’lum bir shaxs tomonidan oz shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuvdir. …….bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq … ayrim qismlarning bolishi shart. Ushbu ma’lumotlar qaysi rasmiy hujjat haqida?
A) tavsifnoma B) tarjimayi hol C) ariza D) tavsifnoma

52. Kasbiy atamalar berilgan javobni toping.


A) hujayra, ildiz, musbat B) tashbeh, kesim, qit’a C) katet, azimut, kometa D) chala, yonbosh, halol
53. Jamiyatning barcha a’zolari yozishi mumkin bo‘lgan hujjat turlarini belgilang.
A) ma’lumotnoma, ariza, e’lon
B) tushuntirish xati, tilxat, hisobot
C) ishonchnoma, tilxat, ariza
D) bildirishnoma, e’lon, tavsiyanoma
54. Qaysi javobda antonim so‘zlar berilgan?
A) ota-ona B) do‘st-dushman C) oy-quyosh D) kitob-daftar
55. Qaysi uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, emotsional - ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi me’yor sanaladi?
А) badiiy uslub В) ommabop uslub С) ilmiy uslub D) rasmiy uslub
56. O‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi qanday jarayon hisoblanadi?
A) kommunikatsiya B) nizo C) muloqot D) tilxat

57. Tavsifnoma nima?


A) ma’muriyat yoki shaxs tomonidan beriladigan, шaxsning xususiyatlari qayd etiladigan rasmiy hujjat
B) shaxsning mehnat va ijtimoiy faolyati, o‘ziga xos xislat va fazilatini aks ettiruvchi hujjat
C) muassasa tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beruvshi rasmiy hujjat
D) turli mukofotlarga taqdim etish maqsadida yoziladigan hujjat
58. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?

A) 1989-yil 21-oktabr


B) 2001-yil 10-may
C) 1991-yil 31-avgust
D) 1984-yil 25-may

59. Adabiy tilning tovushlar tizimini tilshunoslikning qaysi bo‘limi o‘rganadi?


A) morfologiya B) orfoepiya C) sintaksis D) fonetika

60. Shevaga oid so‘zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) ona, tosh, qosh B) yashil, qizil, ko‘k C) davr, payt, zamon D) eshiy, minnima, chuship

61. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang?


A) teatr, radiator, tabiat
B) shariyat, milliyon, arxayik
C) fayiz, oyila, ukrayin
D) milliyard, piyanino, shoyir

62. Yuklama-qo‘shimchalarning qaysilari so‘zlarga qo‘shib yoziladi?


A) -u (-yu), -ey (-yey), -e, -ku, -chi
B) -a (-ya), -da
D) -oq, -ov
C) B va D javoblar

63. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini belgilang.


A) nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo
B) ko‘pdan-ko‘p, tekindan-tekin, ochiqdan-ochiq
C) rang barang, dam badam, uyma uy
D) kilovattsoat, unterofitser, kechayu-kunduz

64. Atamalar faqat bir ma’noda qo‘llanilib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko‘rsatishga xizmat qiladigan uslubni aniqlang.


A) badiiy uslib B) rasmiy uslub C) ilmiy uslub D) ommabop uslub
65. Quyidagi jumla qaysi uslubga xos?

Download 53.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling