O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


Ilmiy maqola rezyumesi dolzarbligi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1119819
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
OTSQ qollanma

 Ilmiy maqola rezyumesi dolzarbligi.
Ilmiy maqola rezyumesi nega kerak? Sababi, ilm sohasida butun dunyo bo‘ylab,
yurtimizda ham juda ko‘p ilmiy maqola yozadigan ilm egalari mavjud. Yuqorida
ta’kidlanganidek, ilmiy maqola takrorlanmasligi kerak. Bir-biridan bexabar ikki inson bir
mavzuda yozib qo‘ysalar muammoga duch kelinadi. U maqola kimga tegishli ekanini
bilmaymiz. Shu sababli, ilmiy maqola ilmiy rahbarlar tomonidan tasdiqlangandan so‘ng,
ommaviy axborot vositalariga ilmiy maqola rezyumesi bilan birgalikda beriladi. Ilmiy maqolalar
yoki yangi ixtirolar rezyumesiz qabul qilinmaydi. Kim birinchi tasdiqdan o‘tganini rezyumesi
bilan isbotlaydi va u ilmiy maqola egasi hisoblanadi. Ilmiy maqolani nafaqat o‘qituvchilar balki,
oliy o‘quv yurt talabalari professor o‘qituvchilari yordamida ilmiy maqola yaratishi mumkin.
Uning uchun oldin yozilgan ilmiy maqolalar bilan tanishib chiqish va chuqur o‘rganishi lozim. 
Topshiriq
«Tadbirkorlikka keng yo‘l», «Kichik korxonalar hayotidan», «Bozor infrastrukturasi»,
«Makroiqtisodiyot nima?» kabi (sohaga oid) mavzulardan birida 
ilmiy-ommabop matn tuzing
,
matnning o‘ziga xos tomonlarini izohlang.
Topshiriq
Uch guruhga bo‘lining: 1-guruh texnika, 2-guruh 
matematika
, 3-guruh tilshunoslik faniga oid 
atamalarni yozib izohlasinlar. 
Topshiriq
Kasbiy sohangizga oid maqola yozing. Qo‘llanilgan sohaviy so‘zlar va atamalarni izohlang.
1-mashq.
Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Men bu badiiy kitoblar... do‘stim... oldim. 2. Dugonam... hovlisi oldi... 
vositachilik
, xo‘jalik 
mollari va oziq-ovqat do‘koni bor. 3. Biz dushanba kuni avtobus... Toshkent... jo‘naymiz. 4. U 
o‘rtog‘i bilan kutubxona... chiqdi. 5. Siz hovlingiz... qanday mevali va manzarali daraxtlar 
ekkansiz? 6. Biz dars... so‘ng stadion... futbol ko‘rgani boramiz. 7. Siz bu matn... lug‘at 
yordami... tarjima qildingizmi? 8. Siz qanday asarlar... yoqtirasiz? 9. Nafisa bo‘sh vaqti... ota-
onasi... yordam beradi. 10. Shahrimiz... dunyo... barcha mamlakatlari... ko‘plab sayyohlar 
kelishadi. 11. Tomoshabinlar taniqli san’atkor... olqishladilar. 12. Yaxshi tarbiya ko‘rgan 
odam… xislatlari… biri shuki, bunday odam o‘z faoliyati… boshqalar… bir qadam oldin… 
o‘tsa, sheriklari… yordam qo‘li… uzatadi, safi… kengaytirib, yangi g‘alaba… ko‘zlaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling