O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


Dastlabki ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumot


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1119819
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
Bog'liq
OTSQ qollanma

Dastlabki ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumot.
Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli mehnat. Olim
bo‘lishni havas qiluvchi yoshlar ko‘p bo‘ladi, shular orasida o‘z umrini ilm yo‘liga
bag‘ishlaganlari ham uchraydi. Olim bo‘lishni orzu qilgan kishida ma’lum imkoniyatlar va bu
imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lshni lozim.
1. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun birlamchi shart chuqur bilim sohibi bo‘lish. Bilim odatda
o‘qish-o‘rganish orqali egallanadi. Talaba o‘rta maktabda olgan bilimini oliy maktabda o‘zi
tanlagan fanlar bo‘yicha chuqurlashtiradi. Yosh tadqiqotchining bilim poydevorini oliy o‘quv


yurtida umumta’lim predmetlari bo‘yicha, maxsus kurslarda o‘zlashtirgan bilimlari tashkil qiladi.
Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi ana shu bilim poydevorini o‘z 
mustaqil
 
mehnati
 
 
, o‘qib-
o‘rganishi bilan boyitadi. Buning uchun o‘zi tanlagan soha, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy-
metodik adabiyotni chuhur o‘rganishi zarur. 
Bilim 
har
bir
yosh
 
tadqiqotchida
 
bor

, lekin bu bilimning miqyosi, chuqurlik darajasi har


xil bo‘ladi. Bakalavrlik bosqichi talabasining bilimidan magistrlik bosqichi talabasining 
bilimi
farq
qiladi
 
 
,  chunki magistrlik bosqichida o‘qitiladigan fanlar o‘z ilmiyligi bilan, hodisalarni
chuqur tahlil qilishga qaratilganiligi bilan ajralib turadi. 
Bu
bosqichda
 
endi
 
darslik
 
 
,  o‘quv
qo‘llanmalarida bayon qilingan ma’lumotlar yetarli bo‘lmay qoladi. Magistrant o‘zi tanlagan
soha, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy-metodik adabiyotni 
mustaqil
 
mutolaa
 
qilib
 
 
,  o‘z bilim
saviyasini kengaytirishi va chuqurlashtirishi zarur, ayniqsa magistrlik dissertatsiyasi sifatida
tanlangan mavzuning adabiyotini har tomonlama sinchiklab o‘rganishi shart. 
2. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur shartlardan biri —mehnatsevarlik. Ilm qunt
bilan uzluksiz mehnat qilishni talab qiladi. Ilmiy tadqiqot kishining ko‘p vaqtini egallab qo‘yadi,
boshqa ishlar bilan shug‘ullanishga vaqt oz qoladi. Ilm fidoyisigina bunga ko‘nikadi, havoyi
kishi ilm dargohidan tezda surilib chiqib ketadi. 
Muntazam ravishda astoydil qilingan mehnat albatta samarali yakunlanadi. 
Yosh tadqiqotchi o‘zida mehnat intizomini tarbiyalashi va mehnat intizomiga qat‘iy rioya qilishi
lozim. Ilmiy faoliyat bilan shu‘gullanish kundalik zaruriyatga aylanishi darkor. Asli haqiqiy
shoir she’r 
yozmasdan
 
tura
olmaganidek
 
 
, haqiqiy olim ham ilmiy ijod bilan shug‘ullanmasdan
tura olmaydi. 
Tadqiqotchi har kungi vaqtini reja bilan, o‘rinli sarflashga o‘rganishi lozim. 
Kun
 
tartibi
 
tuzib
 
 
,
har bir ishga zarur darajada vaqt ajratishi, bunda ilmiy ish bilan shug‘ullanish uchun har kuni
albatta maxsus vaqt sarflash kerak. Agar ana shunday kun tartibiga 
muntazam
 
amal
 
qilib
 
borilsa
 
 
,
qilingan mehnat samarali bo‘ladi 
Kirishning samaradorligi maqsadni va ma’lumotning qo‘llanilish ko‘lamini kitobxonga
tushuntiradi. Xulosa sarlavhada berilgan ixtiyoriy savolga javobni va asosiy punktlarning
yakunini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qish faoliyatida, odatda, 
kirish
 
ham
 
 
, xulosa ham, asosiy
qismdan so‘ng yoziladi. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling