O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi 5120101- filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi


Kurs ishida qo`llangan metodologiya va usullar


Download 31.66 Kb.
bet3/10
Sana24.01.2023
Hajmi31.66 Kb.
#1116699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi. Abdumalikova Dilnoz

Kurs ishida qo`llangan metodologiya va usullar. Tadqiqotning metodologik asosi tibbiyotga oid kitoblardan kerakli ma'lumotlarni olib badiiy va ilmiy tahlil qilish, mavzuni yoritishda kuzatish, qiyoslash kabi tahlil usullaridan foydalanildi.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ishning xulosalari va materiallarikasalliklarni o'ganishda o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishda muhim manba bo‘la oladi.
Kurs ishining tuzilishi va umumiy hajmi. Ish umumiy tavsifdan, 2 asosiy bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 17 sahifani tashkil qiladi.


I BOB. ICHKI KASALLIKLARNING FANDAGI O'RNI
I.1. KASALLIKLARNING O'RGANILISH DARAJASI
Ichki kasalliklar - ichki aʼzolar kasalliklari. Yurak-tomir sistemasi, nafas, hazm aʼzolari, qon, moddalar almashinuvi, jigar, buyrak va b. aʼzolar kasalliklari I.k.ga kiradi. Ularning mohiyati, paydo boʻlish sabablari, belgilari, qanday oʻtishi, oldini olish va davolash usullarini terapiya oʻrganadi.
1.2. KASALLIK BO'YICHA TADQIQOT OLIB BORGAN OLIMLAR

Nosir Ismoilovich Ismoilov (1901 — 1974) — terapevt, O‘zbekiston FAning muxbir a’zosi (1947), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1948), tibbiyot fanlari doktori (1947), pro­fessor (1948). 1942-yildan ToshTI ichki kasalliklar propedevtikasi kafedra mudiri. Addison-Birmer kasalligi, chillashir, pellagrada ko‘mikda qon yaratilishi, me’da-ichak, yurak-tomir va qon kasal­liklari ustida ilmiy ishlar olib borgan.


Karim Yo‘ldoshevich Yo‘ldoshev (1933—1999) — kardiolog, O‘zbekiston FAning akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1983), tibbiyot fanlari doktori (1971), pro­fessor (1972). Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti «Kardiologiya va funksional diagnostika» kafedrasi mudiri (1973-yildan), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari (1973—1982), O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1988-yildan), O‘zbekiston FA rayosati a’zosi (1996-yildan) va tibbiyot fanlari bo‘limi raisi (1996—1998). K.Y. Yo‘ldoshev ichki a’zolar klinik fiziologiyasi va patologiyasi, kardiologiya, gastro- enterologiya, pulmonologiya, farmakoterapiya va salomatlikni tiklash muammolari ustida tadqiqot olib borgan. K.Y. Yo‘ldoshev rahbarligida yurak-qon tomirlar, nerv, ovqat hazm qilish sistemalari, nafas a’zolari, tayanch-harakat apparati kasallangan bemorlar sog‘lig‘ini tiklash maqsadida organizmdagi a’zolar va sistemalar funksiyasining ma’romiga fizik omillar ta’siri o‘rganildi. U sharq tabobati markazini tashkil etib, uning faoliyatiga rahbarlik qildi. Rossiya tibbiyot FAning muxbir a’zosi (1991).
Niyoz Sulaymonovich Kelginboyev (1914—1978) — terapevt, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1965), tibbiyot fanlari doktori (1963), professor (1967). Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti «Terapiya» kafedrasida intern-shifokor (1936— 1939), ToshTI «Patofiziologiya» kafedrasida assistent (1939), harbiy qismlarga shifokor (1940—1945), ToshTI «Gospital terapiya» kafedrasida assistent (1945—1950), dotsent (1950—1958), O‘lka tibbiyoti ilmiy tadqiqot institutida farmakoterapiya laboratoriyasi (1959—1967), 1967-yildan bo‘lim mudiri. Ilmiy ishlari farma- kologiyaga oid. Kimyogar, botanik va farmakologlar bilan ham- korlikda strofantinni topib, klinikaga joriy etgan. Yurak kasalliklarini glikozidlar bilan davolash ustida tadqiqot olib borgan.
Rauf Abdullayevich Abdullayev (1922) — terapevt, O‘zbe- kistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari doktori (1958), professor (1960), SamTI «Gospital terapiya» kafedrasi assistenti (1943—1945) va shu inst.it.ut. rektori (1945—1951), 1952-yildan Toshkent shifokorlar malakasini oshirish institutining terapiya kafedrasida assistent, dotsent, kafedra mudiri (1961—1992), 1992-yildan 2-terapiya kafedrasida professor-maslahatchi. Ilmiy ishlari, asosan, yurak-tomir va jigar kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolash masalalariga bag‘ish- langan.
Rajab Qoplonovich Islombekov (1925) — endokrinolog olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1964), tib­biyot fanlari doktori (1961), professor (1964). «Normal ana- tomiya» (1948—1952), «Xirurgiya» kafedralari (1952—1957) assis­tenti, O‘lka tibbiyoti ilmiy tadqiqot instituti endokrinologiya bo‘limi mudiri (1958—1967), shu institut direktori (1967—1971), Moskva endokrinologiya instituti professori (1975). R.Q. Islom­bekov Y.T. To‘raqulov bilan hamkorlikda dunyoda birinchi bo‘lib buqoq kasalligini aniqlash va davolashning yangi usulini ishlab chiqdi. Bu kashfiyot uchun ular nufuzli mukofotga sazovor bo‘lishgan.

Download 31.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling