O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar baxsga chaqiriladi. 3.3
Download 1,77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi, 10 minut
Reja: “Abushqa”, “Kelurnoma”. “Sanglox”, “Muntaxab ul - lug’at”. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Abushqa, Sangloh, turkcha-arabcha lug’at, arabcha-o’zbekcha-tojikcha lug’at, Maboinul lug’at, ohangdoshlik qonuniyati, Muntaxab ul lug’at. 1– asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi: Lug’atchilik tarixi bilan tanishtirish. Lug’atlarning adabiy tilni normalashtirish va boyitishdagi o’rnini izohlash. “Abushqa” va “Kelurnoma”larda izohlangan ba’zi so’zlar sharhini berish. Talabalarda so’zga bo’lgan e’tiborni kuchaytirish. Identiv o’quv maqsadlari: 1.1.O’zbek tilshunosligining lug’atchilik tarixi bilan talabalarni tanishtiradi. 1.2. Lug’atlarning adabiy tilni normalashtiruvchi va boyituvchi manbaligini izohlaydi. 1.3.“Abushqa” va “Kelurnoma” dan ba’zi so’zlar sharhini beradi. 1.4. Talabada so’zga munosabat uyg’otadi. 1 – asosiy savolning bayoni: O’zbek leksikografiyasi va tarixini uch davrga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiqdir. 1-davr. XI - XV asrlargacha bo’lib, bunga Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asari hamda shu davrda yaratilgan turkcha – arabcha lug’atlarni kiritish mumkin. 2-davr. XV asrdan XIX asrning yarmigacha bo’lgan davrda yaratilgan lug’atlar. 3-davr. XIX asrning 2 yarmidan 1917 yilgi revolyutsiyagacha bo’lgan davrda yaratilgan lug’atlar. Eski o’zbek tili davrini nazarda tutadigan bo’lsak, avvalo, Alisher Navoiyning “Muhokamatul lug’atayn” nomli asarini e’tiborga olish kerak. Bu davrda xususan Navoiy asarlariga qiziqish va uning asarlariga bag’ishlangan lug’atlar tuzish anchagina kuchaydi. Jumladan, “Hamsa”, “Sab’ai sayyor”, “Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy”da tushunarsiz bo’lgan arab-fors so’zlariga izoh berilgan. 7863 raqamli (O’z FA Sharqshunoslik va qo’lyozmalar instituti fondida saqlanadi) qo’lyozma lug’atlar mavjud. Yoki tarixda ko’pincha “Abushqa” nomi bilan ataladigan lug’at. Bu lug’atda 2000 ga yaqin so’z bo’lib, ular Navoiyning 28 ga yaqin badiiy, ilmiy, tarixiy asarlaridan olingan. Uning muallifi haqida turlicha qarashlar mavjud: A.Samoylovich, A.M. Shcherbak,A.K. Borovkovlar uning muallifi noma’lum deb yozadilar. Biroq U.Tursunov, B.O’rinboevlar uning avtori Aloyi binni Muhibiy (1560) deb ko’rsatadi. Biroq qo’lyozmalar institutining 427 G’1 raqamli qo’lyozma nusxasida asarning nomi haqida va avtori haqida gap yo’q. Aloyi binni Muhibiy qo’li bilan ko’chirildi degan jumla bor. (X. Fattohov). Demak: 1) Lug’at “Abushqa” so’zi bilan boshlangan (Abushqa degani er ma’nosidadir). Shuning uchun “Abushqa” lug’at nomi bo’lmay lug’atning birinchi so’zidir. 2) lug’at muallifi noma’lum. Aliyi binni Muhibiy lug’at ko’chiruvchisi. Muhammad Rizoga tegishli bo’lgan “Arabcha-o’zbekcha-tojikcha lug’at” (“Muntaxabul lug’at”) da Navoiy asarlaridagi arabcha, forscha va o’zbekcha so’zlar izohlangan. XVIII asrda yaratilgan Muhammad Yakub Chingiyning “O’zbekcha-tojikcha-forscha” lug’at xisoblangan “Kelurnoma”si ham ancha mukammal. Lug’at 15 bobdan iborat. U o’z navbatida 332 fasl ( razdel)ga bo’linadi. Shundan 14 bobi fe’llarga bag’ishlangan bo’lib, arab alfaviti tartibida berilgan. 400 dan ortiq turkiy tillarga xos bo’lgan fe’llar izohlangan. Fe’lning infinitiv formalari, shuningdek hozirgi kelasi zamon, kelasi zamon formalari ko’rsatilgan har bir forma fors-tojik tiliga tarjima qilingan. Masalan: uyqulamoq – xabidan, uyquladi – xabid, uyqulaptur – xabida astd, uyqular – xaxad xabid, uyqulabo’do’ – xabidabud, uyqulaydur – mixabad, uyqulamadi – naxabid, uyqulamaptur – naxabida ast, uyqulamas – naxaxad xabid, uyqulamabo’do’ – naxabidabud, uyqulamaydur – namixabad, uyqula – baxat, uyqulama – maxab, uyqular – biz mixabimma, uyqulamasbiz – namixabimma. Oxirgi bob 9 qismga bo’lingan bo’lib, barcha so’zlar asosiy va yordamchi so’zlarga tegishlidir. osmon va unga aloqador narsalar; er va unda uchraydigan narsalar; ot nomlari va boshqa hayvonlar; qushlar turlari; inson tanasiga aloqador nomlar; qarindoshlik terminlari; qurol nomlari; son nomlari; olmosh, ravish, bog’lovchi va suffikslar. Ro’yxatda jami 1300 so’z mavjud. Masalan, ulug’ ota – (dedushka), ota – (otets), aba – dyadya; abag’a – (takje dyadya), ulug’ aba – (starshiy dyadya), kichik aba – (mladshiy dyadya) va boshqalar. Lug’atda juda ko’p sinonim, omonim, antonim so’zlar berilgan: avuch, halaqon, aya-lodon, yat (chujoy), yat-(lejat), tongla-(utrom), kech-(vecherom) va b. Bu lug’atning hozir tanqidiy teksti tayyorlanib, nashr etildi. (A. Ibragimova tayyorladi). Nazorat topshiriqlari: O’zbek tilshunosligi lug’atchilik tarixini sharhlang. Lug’atlarning adabiy tilini normallashtiruvchi va boyituvchi manbaligini izohlang (kategoriya-bilish) «Abushqa» va «Kelurnoma»dan ba’zi so’zlarning ma’nosini sharhlang. (kategoriya-idrok) Shu so’zlarni o’rganish asosida so’zga munosabatingizni belglang. (kategoriya-analiz) 2-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi: Mehdixonning «Sanglox» lug’ati bilan tanishish. Eski o’zbek tilining grammatik ocherki hisoblanuvchi «Maboinul lug’at»dagi g’oyalarni sharhlang. «Muntaxabul lug’at» bilan tanishish. Bu lug’atlar asosida so’zga munosabatni belgilash. Identiv o’quv maqsadlari: Mehdixonning «Sanglox» lug’ati bilan tanishtiradi. «Maboinul lug’at»dagi g’oyalarni sharhlaydi. «Munitaxabul lug’at» bilan tanishtiradi. Ushbu lug’atlarn asosida so’zga bo’lgan munosabatni belgilaydi. 2-asosiy savolning bayoni: O’zbek adabiy tilini o’rganishda Mirza Muhammad Mexdixonning “Sangloh” lug’ati katta ahamiyat kasb etadi. Bu lug’at ichida eski o’zbek tilining grammatik ocherki hisoblanuvchi “Maboyinul lug’at” berilgan. Qaysiki, bu lug’atlar E.A.Umarov, Q.Muhiddinovlarning maxsus o’rganish ob’ekti bo’ldi. “Maboyinul lug’at”ning kirishida A.Navoiy asarlari ro’yxati ko’rsatiladi. Birinchi bo’limda sifatdosh, harakat nomi, fe’l zamonlari, mayli, uning bo’lishsiz formalari yuzasidan fikr yuritiladi. Grammatik formalarning shakllanish jarayoni yuzasidan ikkinchi bo’limda to’xtaladi. Olmoshlar haqida uchinchi, yuklamalar, morfemalar bo’yicha to’rtinchi, yordamchi formalar haqida beshinchi bo’limda fikr yuritiladi. Olim orfografiya masalalariga ham maxsus e’tibor berib, u oltinchi bo’limda o’z ifodasini topgan. Shuniningdek, Navoiy asarlarida ishlatilgan forscha elementlarga ham e’tibor berilib, u asarning so’nggida ilova tarzida xavola etiladi. Eski o’zbek tilining fonetikasiga doir qimmatli fikrlarni ham Mehdixonning bu grammatikasidan topsa bo’ladi. Chunki, assimilyatsiya hodisasi, tovushlardagi jaranglilik va jarangsizlik, unlilar uyg’unlashishi va boshqalar haqida (Mehdixon izoh beradi). Ma’lumki, turkiy tillarda unlilar uyg’unligi masalasida asosan o’zakning harakteriga qarab, affiks xususiyati belgilanadi. Biroq uning aksi ham bo’lishini, ya’ni affikslarning ham o’zakka ta’sir qilish masalasini Mehdixon birinchilardan bo’lib aniqladi. Shuningdek olim ayrim dialektal formalarning adabiy normadan farq qilishini ham ko’rsatganki, bu ham adabiy normani belgilashda, uning tarakqiyotida dialektlarning ishtirokini aniqlashda qimmatli faktlar beradi. Chunonchi, ketmak, ko’rmak, kelmak tipli so’zlarning Xorazmliklar va turkmanlar tilida gitman, gelman, gorman formasida talaffuz qilinishi haqida gapiradiki,bu eski o’zbek tilining, qolaversa, umumturkologiyaning ayrim fonetik qonuniyatlarini ochishga ham yordam beruvchi faktlardir. Ya’ni k - g, e - i, e - e mak - man va boshqalar. Mazkur grammatikadan kategoriyalarning qo’llanish darajasini belgilovchi qimmatli materiallar hamda etimologiyaga doir fikrlar topish mumkin. Masalan: aydin (oy tun), ishtan (ich-ton). Fatx Alixon Kojariyning (XIX asr) lug’atida 8000 dan ziyodroq so’z izohlanib, uning asosiy qismi Navoiy asarlaridandir. Lug’at to’rt qismli: so’z boshi, chig’atoycha-forscha lug’at, “Sangloh” lug’atida berilmagan o’n ikki so’z izoxi (Mehdixon “Sangloh”lug’atida o’n ikki so’zning ma’nosi noaniq degan edi.) Navoyi asarlarida forscha so’zlar lug’ati . To’g’ri, bu davrda yaratilgan lug’atlar va grammatikalar talabga to’liq javob bera olmaydi. Chunki, ular tildagi mavjud so’zlarning bir qisminigina qamrab olgan. Vaholanki, lug’atga o’sha davrda mavjud bo’lgan so’zning barchasi kirishi shart. Shuningdek har bir so’zning qo’llanilishini ham ko’rsatib berishi kerak. Barcha lug’atlar bu talabga ham to’liq javob bera olmaydi, albatta. Ammo bu asarlar o’z davri adabiy tilining normasini belgilashda muhim rol o’ynashdan tashqari, keyingi lug’atlarning mukammallligini ta’minlashda ham ishtiroki, roli sezilarli darajada. Xususan, keyingi paytda yaratilgan lug’atlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu sohadagi yutug’imiz izohsiz ham aniq. XVIII asrning mashhur lug’atshunosi Xorazmlik Muhammad Rizo Xokisorning «Muntaxabul - lug’at” (tanlangan so’zlar) asari lug’atchilik ishida katta qadam hisoblanadi. Ikkala leksikografik asarning hamma lug’at maqolalarida ham, biror tarjima qilinayotgan so’zga (bosh so’zga) izoh (ma’nolar sistemasi)dan so’ng ma’no tasdiqlovchi qism sifatida o’zbek, fors, tojik klassiklari asarlaridan misollar keltirilgan. Muhammad Rizo Xokisor lug’atining lug’at maqolalari rang-barangdir. Bu maqolada biror so’zning tarjimasi qisqagina qilib ifodalangan bo’lsa (m: saj’ – qofiya ila aytilgan so’zdir), ba’zida butun bir izoh tushuntirishi to’laligicha keltiriladi. Demak, Xokisorning maqsadi qanday yo’l bilan bo’lsa-da, o’z o’quvchilariga o’sha so’zni aniq tushuntirishdir. M: Asos – asl va bunyod – imorat, masalan, me’morlarki har binoni qilurlar, ostiga toshu g’isht birla istehkom berurlar, toki purmador va poydor bo’lg’ay. Sammur – jojivaredurki aning po’stidin po’stin qilurlar. Josus – ahvol va ahborni taraddud va jo’stiju (qildirish) qilg’u. Chunonchi, bu ma’niga Amir Navoiy “Farhod va Shirin”da Shopurning Shirindan Farhod sari noma eltaturgani bayonida buyururlarki, bayt: Xabar Xisravg’akim etti Rasule , Rasule, yo’qki josusi Fuzule. Xokisor o’zining lug’at maqolalarida turli sohalarga oid bo’lgan o’z qarashlarini izhor qilgan. Demak, lug’at maqolalari u yoki bu ma’noda qadimdan mavjud bo’lib, davrlar o’tishi bilan mukammallasha borgan. Shu bilan birga lug’at maqolasi ma’lum bir davrningina emas, balki butun bir tarixiy jarayonning mahsuli ekanligini ko’rsatadi. Download 1,77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling