O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


Download 1.77 Mb.
bet41/88
Sana15.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1481960
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

Nazorat topshiriqlari :

  1. Asarning yozilishi haqida tushuncha bering. (kategoriya - bilish).

  2. Asarni yozishdan olimning maqsadini izohlang. (kategoriya-idrok).

  3. Shoir tilning qaysi sathlarini chog’ishtiradi. (kategoriya-analiz).

  4. Shoir chiqargan xulosalarga munosabat bildiring. (kategoriya-analiz).



5– asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:
Shoirning ba’zi she’rlarini tahlil qilish asosida so’zning botiniy va zohiriy ma’nolariga e’tibor berish. So’z tanlash, uning ma’nolariga befarq qaramaslik holatini ilg’ashga harakat qilish. Nafosatga intilish asosida ma’naviy saviyani boyitishga e’tibor berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
5.1. “Qora ko’zum…” tahlili misolida so’zdagi botiniy va zohiriy ma’nolarga e’tiborini qaratadi.
5.2. “Axtarin ashk ettiyu sovuq nafasni oh subh…” taxlili asosida so’z jilosini qayd etadi.
5.3. So’z va ma’no munosabatiga e’tibor beradi.
5 – asosiy savolning bayoni :
A.Navoiy she’riyati, dahoning har bir she’ri katta bir san’at asari. Zero, shoir she’rda so’z qadri, o’rnini o’ta mukammal ta’riflagan. Nafaqat ta’riflagan, dahoning o’zi uning namunasini ko’rsatgan. Shu bois ushbu o’rinda biz shoirning ikki g’azalini Erkin Voxidov va Sulton Olim sharhida tavsiya etishni ma’qul ko’rdik.
“Qaro ko’zum…”
Navoiy bilan bizni besh asrdan ziyod vaqt ajratib turibdi. Biroq uning g’azallari hamon kishi vujudini larzaga soladi, yuksak tuyg’ular olamiga etaklaydi. Chunki Navoiy kabi daholar o’z davrininggina emas, barcha davr, zamonlar shoiri sanaladi.
Qaro ko’zum , kelu mardumlig’ emdi fan qilg’il,
Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.
Shoir “qaro ko’zum” deb sevgili yorga murojaat etib, kelu mardumlig’, ya’ni odamgarchilik fanini ko’rsat, ko’zum qarosida mardum kibi, ya’ni gavhar kibi vatan qilg’il, makon qilg’il, deydi. Birgina baytda necha ma’no tovlanishlari – ham “mardum” so’zining ikki ma’nosiodam, ko’z gavhari, ham “qaro ko’zum”ga muqobil “ko’zum qarosi” ifodasi – naqadar teranlik, nafosat, mukammallik bor. Oshiq yorni faqat ko’rib turishni emas, ko’z qorachig’iga jo qilmoqni istaydi.
Sevgili yor oshiq ko’zining qorachig’ida vatan qilsa bu unga quvonch, katta bayram, oshiq ko’ngli bog’ ravzaga aylanadi va binobarin, mashuqa yuzining guli bu ravzada makon topadi.
Yuzing guliga ko’ngil ravzasin yasa gulshan,
Qading niholiga jon gulshanin chaman qilg’il.
ya’ni ko’zlarimda gavhar bo’lib joylashganing boisidan bog’ bo’lgan ko’nglim yuzing guliga gulshan-u, bu saodatdan gulshanga aylangan jonim qaddin niholiga chaman bo’lsin.
Takovaringga bag’ir qonidan xino bog’la,
Itingga g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il.
Shoirning yurak qoni yor otining oyoqlariga xino bo’lish uchun, jon rishtasi – jon ipi. Itining bo’yniga rasan, ya’ni tasma bo’lish uchun fido. Chunki, oshiq shoir bag’ridagi yoshning har tomchisi ishq bilan yo’g’rilgan, tani vafo uchun shu qadar fidoki, vafodorlik ramzi bo’lgan yor itining bo’ynida qolishga tayyor.
Baytlar sharxi:
Axtarin ashk ettiyu sovuq nafasni oh subh,
Bo’ldi go’yo shomi xajrim holidin ogoh subh.
Avvalo notanish so’zlarga izoh beramiz: axtar-yulduz, ashk-ko’z yoshi, subh-tong. Matla’da Hazrat Navoiy ajoyib shoirona tasvir yaratgan: tong (subh) jonlantirilib, unga odam xususiyati singdirilgan. Tong g’ira-shirasida yulduzlar ko’z yoshiday omonat miltillaydi, tongning salqin shamoli esa, dardmand oshiqning ohiday sovuq. Ya’ni tong oshiq ahvoliga achinadi, g’amgin bo’ladi va ko’z yosh to’kib, sovuq oh tortadi. Lirik qahramon o’z holati bilan otayotgan tongni qiyoslab, tong mening ayriliq shomidagi azoblarimdan xabardor bo’lib, salqin shabada ufurub, oh chekdi, deydi. Ertalabki salqin shabada dard zo’ridan ohu nola qilgan odamning nafasiga o’xshatilgan, sovuq oh esa bu o’rinda afsus va achinish, ojizlik nishonasi. Baytning nasriy mazmuni: “Tong go’yo mening hijron tunidagi ahvolimdan xabar topganday, yulduzlarni ko’zyoshi qilib, sovuq shamoli bilan oh urib etib keldi.” Bu – baytning “dunyoviy”, oshiqona sharhi. Baytning botiniy, orifona ma’nosini tushunib olishimiz kerak. Chunonchi tong (subh) – “vahdat nurining taralishi”, ilohiyot tajallisi; u olami g’aybdan nuzul etib, taayyunot (ayon narsalar dunyo g’oyalari) zulumotini oshiq ko’ngli sahifalaridan sidirib tashlaydi. Oh–ishq g’ulg’ulasining til bilan ifodalab bo’lmaydigan avj lahzasi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling