O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Pardayeva O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
Test savollari
1. –dar,-dor, -der, -tar,-ter,-tor,-lar,-tor,-ter,-ler. -furush,-simon,-parvar,-xur affikslari va ser-, kam-, be-, bar-, bo-, no-, xush- prefikslari o’zbek tiliga qaysi tildan o’zlashtirilgan? A) qozoq B) tojik V) qirg’iz G) turkiy D) arab 2. Turkiy xalqlar va ularni o’rganish dastlab qaysi olimlar tomonidan tekshirilgan? A) Zamahshariy V) Mahmud Qoshg’ariy D) Alisher Navoiy B) Abu Hayyan G) Jamoliddin Abu Muhammad 3. O’zbek xalqi va tilining shakllanishida qaysi urug’lar muhim rol uynaydi? A) skiflar, qang’li, yue-chji, turgesh B) massagetlar, qang’li, xungli, qarluq V) yue-chji, xunn, massagetlar, turgesh G) skiflar, massagetlar, yuechji, xunn D) qang’li, kang’uy, yue-chji, xunn 4. Eng qadimgi o’zbek yozuvlari qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) uyg’ur, grek B) arab, rus V) sug’d, run G) lotin, oromiy 5. Runiy yozuvidagi yodgorliklarni aniqlang? A) Manixey, Uyg’ur, O’rxun, Enisey B) Enisey, Uyg’ur, Budda, Xristian V) Budda, O’rxun, Talas G) Talas , Manixey, Budda D) O’rxun, Enisey, Talas yodgorliklari 6. Uyg’ur yozuvidagi yodgorliklarni aniqlang? A) Enisey, Uyg’ur, Manixey, O’rxun B) Budda, Xristian, Manixey, Uyg’ur V) Talas,Budda, Manixey, O’rxun G) O’rxun, Xristian, Uyg’ur, Enisey D) Uyg’ur, Budda, Manixey, Enisey 7. Ilk davr o’zbek tili nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi? A) IX– X asrlar V) XIV – XVII asrlar B) X – XII asrlar G) XV – XVI asrlar D) X asrlardan XIV asrlarning yarmigacha bo’lgan davr 8. O’zbek xalq tilining takomillashish davri. A) XIV – XVII asrlar B) XIV asrning oxiridan XIX asrning 2 – yarmigacha V) XIX asrning 2 – yarmi va XX asr boshlari G) XII – XV asrlar D) XIII – XVII asrlar 9. Qaysi shoir tuyuq janrida ijod etmagan? A) Muhammad Solih V) Lutfiy B) Atoiy G) Sakkokiy D) Zavqiy 10. Turkiy asar “Firdavs ul-iqbol”, tilshunoslik va pedagogikaga oid “Savodi ta’lim” asarlarini kim yozgan? A) Munis Xorazmiy V) Muqimiy D) Zavqiy B) Nishotiy G) Gulxaniy 11. Alisher Navoiy asarlari tilida qaysi lahja xususiyatlari mavjud? A) faqat qarluq lahjasi B) faqat o’g’uz lahjasi V) qarluq va o’g’uz lahjasi G) qipchoq lahjasi D) barcha lahjalar 12. O’zbek tilshunosligining dastlabki asari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? A) Mahmud Qoshg’ariy “Devoni lug’atit turk” (XI asr) B) Mahmud Zamahshariy “Muqaddimat ul - adab” (XII asr) V) Ibn Muxanna “Tarjumon “ (XIII asr) G) Alisher Navoiy “Muhokamat ul - lug’atayn” (XV asr) D) Tali Imoniy Hirotiy “Badoyi-ul lug’at” (XV asr) 13. “Abushqa” lug’atining muallifi kim? A) Tali Imoniy Hirotiy (XV asr) B) Aloyi binni Muhibiy (XVI asr) V) Muhammad Chingiy (XVII asr) G) Mehdixon (XVIII asr) D) Fath Alixon Kojariy (XIX asr) 14. “Andijon... Samarqand va Kesh qorg’ano’do’n soqra mundin ulug’roq qorg’an yoqdur, uch darvozaso’ bar. Arki janub tarafida voqe bo’lubtur. Toqqiz tarnov suv kirer.” Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) Ulug’bek “To’rt ulus tarixi” B) Alisher Navoiy “Tarixi mulki ajam” V) Bobur “Boburnoma” G) Abulg’ozi Bahodirxon “Shajarai turk” D) Ishoqxon Ibrat “Farg’ona tarixi” 15. Alisher Navoiyning qaysi asarida sinonim so’zlarning izohi berilgan? A) “Majolis un - nafois” B) “Mezon ul - avzon” V) “Nazm ul - javohir” G) “Arba’in” D) “Muhokamat ul - lug’atayn” 16. Alisher Navoiy asarlari tilida nechta unli fonema mavjud? A) 6 ta B) 7ta V) 8 ta G) 9 ta D) 12 ta 17. Arab yozuvida bitilgan dastlabki turkiy yodgorlik qaysi qatorda ko’rsatilgan? A) “Hibat ul - haqoyiq” (XIII asr) B) “Qisasi Rabg’uziy” (XIV asr) V) “Qutadg’u bilig” (XI asr) G) “Mahbub ul - qulub” (XV asr) D) “Boburnoma” (XVI asr) 18. X – XV asrlarda O’rta Osiyoda arab yozuvi bilan yonma-yon qo’llangan turkiy yozuv qaysi? A) O’rxun – Enasoy yozuvi B) So’g’d yozuvi V) Xorazmiy yozuvi G) Uyg’ur yozuvi D) Oromiy yozuvi 19. ”Eski o’zbek adabiy tili” davri to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. A) XI – XV asrlar B) XIII – XVI asrlar V) XIV asrning 1-yarmi XIX asrlar G) XV – XIX asrlar D) XIV asrning 2-yarmi XIX asrning 1-yarmi 20. Tushum kelishigi qo’shimchalari ( - igG’ -ig’, -g’G’-g; -neG’-ni; -n) ning so’z turkumlarga xoslanganlik xususiyati qaysi asarlarda mavjud? A) “Qutadg’u bilig”, “Hibat ul -haqoyiq” B) “ Qissasi Rabg’uziy”, “Muhabbatnoma” V) “Atoiy va Sakkokiy asarlarida G) Alisher Navoiy asarlarida D) “Boburnoma” asaridan boshlab 21. Y belgili dialektning shakllanishi nechanchi asrda tugallandi? A) XI asrda B) XII asrda V) XIII asrda G) XIV asrda D) XV asrda 22. On sekiz miң ālam ashubi agar basho’ndadur, Ne ajab chun sarvi nāzo’m on sekiz yasho’ndadur. (Navoiy) Ushbu baytda qo’llangan ashubi so’zining ma’nosi berilgan qatorni aniqlang. A) “ayriliq”, “judolik” B) “uzr”, “ kechirim” V) “g’avg’o”, “to’palon” G) “hasrat”, “afsus” D) “g’am”, “ tashvish” 23. Tā Navāiy tekti ul ay furqatidin bahri ashk, Har qachon baqsaң quyash aksi ano’q yasho’ndadur. (Navoiy) Yasho’ndadur so’zidagi n: A) Tushum kelishigi qo’shimchasi B) Qaratqich kelishigi qo’shimchasi V) Vosita kelishigi qo’shimchasi G) Fe’lning nisbat qo’shimchasi D) Tovush orttirish hodisasi 24. Qara kөzүm, kelү mardumlug’ emdi fan qilg’o’l, Kөzөүm qaroso’da mardum kibi vatan qilg’o’l. (Navoiy) Ushbu baytda qo’llangan “kәlү” so’zidagi ү qanday element? A) yuklama B) bog’lovchi V) sifatdosh qo’shimchasi G) ravishdosh qo’shimchasi D) shaxs - son qo’shimchasi 25. O’zbek tili publitsistik uslubi qachon yuzaga keldi? A) XI asrda B) XV asrda V) XVIII asrda G) XIX asrning 2 –yarmida D) XX asr boshlarida 26. “Sho’ro davri” da o’zbek xalqi lotin yozuvidan nechanchi yillarda foydalandi? A) 1917-1922 yillarda B) 1922 -1929 yillarda V) 1929-1940 yillarda G) 1940 -1955 yillarda D) 1955-1962 yillarda 27. O’zbek adabiy tilini yuqori cho’qqiga olib chiqishda Alisher Navoiyning asosiy xizmatlari qaysi qatorda berilgan? A) “Xamsa” ni shu tilda yaratgani, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yozgani B) Ona tilining sofligi uchun kurashgani, “Nazm ul-javohir” asarini yaratgani . V) Ilmiy uslubni boshlab bergani, “Mezon ul - avzon” asarini yaratgani G) Har ikki tilda go’zal asarlar bitgani, mashhur “Lison ut -tayr”, “Mahbub ul- qulub”asarlarini yozgani. D) O’z asarlarini turkiy (o’zbek) tilda yozgani , ona tili borasidagi targ’ibot ishlari , o’zbek va fors-tojik tilini chog’ishtirib o’zbek tilining boyligi va xususiyatlarini ko’rsatib beruvchi “Muhokamat ul-lug’atayn” asarini yozgani. 28. Zamaxshariy nechta ilmiy asar yozgan? A) 10 ta B) 15 ta V) 5 ta G) 30 ta D) 50 ta 29. “Turkiy tafvsir” qo’lyozmasi qaysi shahardan topilgan? A) Samarqand B) Istanbul V) Qarshi G) Kalkutta D) Namangan 30. “Turkiy tafvsir” da qo’llangan “og’ur”, “elig”, “tumlug’” so’zlar ma’nosini toping. A) tomon, ko’p, sovuq B) vaqt, ko’p, kuchli V) tomon, kuchli, vaqt G) vaqt, sovuq, qo’l D) qo’l, tomon, sovuq 31. “Devoni hikmat” ning o’z davriga yaqin nusxalari qachon ko’chirilgan? A) XV – XVII asr B) XIV – XV asr V) XIII – XIV asr G) XIV – XIX asr D) XVIII – XIX asr 32. “Devoni hikmat” asarining adabiy til tarixida eng katta xizmati nimalardan iborat? A) adabiy tilni jonli so’zlashuv tilga yaqinlashtirish B) adabiy tilni diniy-tasavvufiy so’zlar bilan boyitish V) adabiy tilga arabiy , forsiy so’zlarni olib kirish G) qadimgi turkiy tilni qayta tiklash D) adabiy tilga halq maqollarini singdirish 33. “Devoni hikmat” da qaysi qabila lahja tili uyushmasi shakllangan? A) o’g’uz B) qarluq V) chigil G) qipchoq D) yag’mo 34. “Devonu lug’atit turk” da so’z boshidagi M tovushi qaysi dialekt tillardagi B tovushiga almashadi ( men - ben)? A) yag’mo , o’g’uz , tuxsi B) o’g’uz , qipchoq , suvor V) suvor, arg’u, yaman G) tatar , o’g’uz , tuxsi D) yaboqu , qipchoq , tatar 35. Turkiy tilga bag’ishlangan dastlabki maxsus asarni aniqlang. A) “Muqaddimat ul -adab” B) “Turkiy tavsir” V) “ At tuhfa” G) “ Nahj ul- farodis” D) “Devoni lug’atit turk” 36. “Hibatul-haqoyiq” asarining nechta to’liq va to’liq bo’lmagan nashri mavjud? A) 2 ta ; 4 ta nusxalari B) 3 ta ; 3ta nusxalari V) 5 ta; 1ta nusxalari G) 4 ta; 2 ta nusxalari D) 1 ta; 5 ta nusxalari 37. “Qutadg’u bilig” asarini fanga dastlab qaysi olim ma’lum qilgan? A) Joubert Amede B) Xammer Purgshtal V) V. V. Rodlov G) Xerman Vomberi D) Hasan qori Soyil Shams 38. “Qutadg’u bilig”da qo’llangan “yalchiq” so’zining ma’nosini toping. A) Atorud yulduzi B) Mushtariy yulduzi V) quyosh G) oy D) Zuhra yulduzi 39. “Qutadg’u bilig”da “quyosh” so’zi qanday atalgan? A) orzu B) yashiq V) o’ngoy G) kurud D) sevit 40. “Devoni lug’atit turk” da uchragan “Istijob” hozirgi qaysi shahar nomiga to’g’ri keladi? A) Xitoy B) Teroz V) Chimkent G) Irtish D) Talas 41. M.Qoshg’ariy qaysi shahar aholisini turkcha va so’g’dcha so’zlaydilar deydi? A) Irtish , yamor B) etil , uyg’ur V) Teroz , Madinatulbayzo G) istijob , arg’u D) Qashqar , Teroz 42. XI -XIIasr yozma manbalarida “turk tili” yana qaysi atamalar bilan qo’llangan? A) o’g’uz tili , hoqon tili , Bug’raxon tili B) Hoqoniya tili , Bug’raxon tili , Qoshg’ar tili V) Chig’atoy tili , yag’mo tili , Hoqoniya tili G) Bug’raxon tili , o’g’uz tili , Qoshg’ar tili D) Tuxsi tili , Qoshg’ar tili , Bug’raxon tili 43. M.Qoshg’ariy turkiy tillarda qo’llanadigan asosiy harflar nechta deb ta’riflagan? A) 18 ta B) 21 ta V) 25 ta G) 32 ta D) 28 ta 44. “Qutadg’u bilig” asarining nechta qo’lyozmali nusxalari ma’lum? A) 1ta B) 3 ta V) 5 ta G) 2 ta D) 4ta 45. “Qutadg’u bilig” ning qaysi qo’lyozma nusxasi qadimgi hisoblanadi? A) Vena nusxasi B) Qohira nusxasi V) Namangan nusxasi G) XVasrda ko’chirilgan nusxasi D) barcha nusxalar 46. Turkiy tillar klassifikatsiyasini dastlab qaysi turkolog amalga oshirgan? A) Rodlov B) Somoylov V) Baskakov G) Qoshg’ariy D) Kononov 47. Mukammal klassifikatsiyasi kim tomonidan tuzilgan? A) Baskakov B) Rodlov V) Polivonov G) Somoylov D) Reshetov 48. O’zbek tili tarixini dastlab kim davrlashtirgan? A) Barovkov B) Reshetov V) O. Usmon G) Sherbok D) F.Kamol 49. “Qutadg’u bilig” da qaysi qabila tili asos qilib olingan? A) turk B) yag’mo V) o’g’uz G) chigil D) qarluq 50. M.Qoshg’ariy dialektlarni targ’ib qilganda , engil til deb qaysi qabila tilini nazarda tutgan? A) o’g’uz B) yag’mo V) tuxsi G) yamor D) hoqoniya 51. M.Qoshg’ariy o’z davriga xos adabiy tilni yana qaysi nom bilan atagan? A) o’g’uz tili B) turk tili V) hoqoniya tili G) sug’d tili D) kanjak tili 52. M.Qoshg’ariy qaysi dialekt tilini eng yaxshi va to’g’ri til deb atagan? A) o’g’uz B) yamor V) etil G) yag’mo D) sug’d 53. “Qutadg’u bilig” asarini Chinliklar qaysi nom bilan ataganlar? A) “Ayin ul – mamlakat” B) “ Shohnomayi turkiy” V) “Adab ul – muluk” G) “Ziynat ul –umaro” D) “Pandnomai muluk” 54. “Qutadg’u bilig” ning qaysi qo’lyozma nusxasi uyg’ur xatida bitilgan? A) Namangan nusxasi B) Qohira nusxasi V) Vena nusxasi G) Namangan va Qohira nusxasi D) Qohira va Vena nusxasi 55. “Hibatul haqoyiq” asarini o’zbek olimlaridan kim maxsus tadqiq etgan? A) S.Mutallibov B) G’.Abdurahmonov V) Sh.Shukurov G) Q.Mahmudov D) E.Fozilov 56. Jonli halq tilining turli shakl ko’rinishlarini aniqlang. A) milliy til , oddiy so’zlashuv tili , jargonlar B) dialektlar , jargonlar , oddiy so’zlashuv tili V) og’zaki turi , dialektlar , jargonlar G) yozma tur , og’zaki tur , jargonlar D) dialektlar , jargonlar , milliy til 57. Turkiy tillarni ilk bor qaysi turkolog tasnif etgan? A) Somoylovich B) Rodlov V) Molov G) Baskakov D) Sherbok 58. “Qutadg’u bilig” da qo’llangan eng yuqorida joylashgan yulduz nomini toping. A) Sevit B) Ko’rud V) O’ng’ay G) Sekantur D) Orzu 59. “D.L.T” da so’z boshida kelgan “y” tovushi (yo’lo’g’ suv – ilig’ suv) qaysi dialekt tilida tushub qoladi? A) o’g’uz B) turk V) yag’mo G) tuxsi D) yaboqu 60. “D.L.T.” da so’z o’rtasi va oxirida kelgan “y” tovushi qaysi dialekt tilida “n” ga o’tadi? (jig’oy – jig’on) A) suvor B) arg’u V) yaboqu G) tatar 61. “O’g’uznoma” o’z davriga xos qaysi til xususiyatlari aks etgan? A) arg’u , qipchoq , o’g’uz , uyg’ur B) qarluq , uyg’ur , o’g’uz , qipchoq V) chigil , arg’u , qarluq , o’g’uz G) qipchoq , arg’u , chigil , uyg’ur D) qarluq , uyg’ur , chigil , qipchoq 62. “O’g’uznoma” da “topuq”, “muran”, “baluq” so’zlari qaysi ma’noda qo’llangan? A) boyroq , ko’p , shahar B) xizmat , shahar , daryo V) daryo , ochqich , boyroq G) darvoza , shahar , ko’p D) ochqich , boyroq , daryo 63. Zamaxshariyning “Muqaddimat ul – adab” asari necha tilli lug’at? A) arabcha – turkcha B) arabcha – forscha V) arabcha-forscha-turkcha G) arabcha – turkcha – mo’g’ulcha D) forsiy – turkiy – ajamiy 64. “Devoni lug’atit turk” da turkiy so’zlar qaysi tilda izohlangan? A) turkiy B) o’zbek tili V) fors G) arab D) uyg’ur 65. “Devoni lug’atit turk” qaysi tillarga tarjima qilingan? A) nemis , usmonli turk , o’zbek B) ingliz , fors, o’zbek V) nemis , ingliz , usmonli turk G) usmonli turk , arab , nemis D) fors , nemis , ingliz 66. “Devoni lug’atit turk”da nechta bo’lim bor? A) muqaddima va lug’at qismida B) 6 bo’lim V) 5 bo’lim G) 8 bo’lim D) 4 bo’lim 67. “y” belgili dialekt qachon to’la shakllangan? A) VI - IX asr B) VIII –XIII asr V) XI-XIII asr G) XIII-XIV asr D) XII - XIV asr 68. “D”, “DZ” belgili dialekt qaysi davrlarda qo’llangan? A) VI - IX asr B) VIII - XI asr V) X - XII asr G) VII – XIII asr D) XII – XIV asr 69. M.Qoshg’ariy “Devoni lug’atit turk” asarining qo’lyozmasi qachon va qaerda topilgan? A) Diyorbakr ,1914-yil B) Anqara ,1939-yil V) Istanbul, 1917-yil G) Toshkent , 1960-yil D) Namangan , 1921-yil 70.O’zbek elatining etnik chegarasi nechanchi asrga kelib aniqlandi? A) XII – XV B) XIII – XVI V) X –XII G)IX –X D) X - XI 71. “Husni dil” dostoni kimning qalamiga mansub? A) Nishotiy B) Turdi V) Munis Xorazmiy G) Abulg’ozi Bahodirxon D) Muhammad Hoksor 72. Qaysi tildan o’zbek tiliga asosan ot va fe’l turkumiga oid so’zlar o’zlashgan? A) kirg’iz B) tatar V) qozoq G) arab D) fors 73. Tatar tilining 1 – grammatikasi kim tomonidan nashr qilingan? A) A.Kozimbek B) Iosif Giganov V) O.Betling G) Rodlov D) Ilminski 74. Qaysi turkshunos olim o’zbek tili tarixini uyg’ur adabiy tili , chig’atoy adabiy tili , sovet davri o’zbek adabiy tili deb , 3 davrga bo’lgan? A) A.K.Barovkov B) N.A.Baskakov V) A.N.Somoylovich G) M.A.Sherbok D) S.E.Molov 75. Mahmud Qoshg’ariy “D.L.T.” asarini o’zbek tiliga qaysi olim tarjima qilgan? A) A.Rustamov B) Sh.Shukurov. V) G’. Abdurahmonov G) S. Mutallibov D) Q. Mahmudov 76. “Devoni lug’atit turk” tarjimalari qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) xitoy , yapon , qirg’iz , o’zbek , ingliz. B) uyg’ur , ozarbayjon , o’zbek ,turk ,rus ,ingliz. V) qozoq , turkman , o’zbek , rus ,nemis. G) xitoy , uyg’ur , tatar , o’zbek , ingliz. D) qirg’iz , ozarbayjon , qozoq , turk , rus. 77. “Devoni lug’atit turk” qo’lyozmasining topilishi? A) Turkiyada , 1913 B) Istanbulda , 1914-1915 V) Diyorbakr , 1914 G) Istanbulda , 1913 D) Istanbulda , 1915 78. “Qutadg’u bilig” asari tilini o’zbek olimlaridan kim maxsus tadqiq etgan? A) S.Mutallibov B) G’.Abduraxmonov V) Q.Karimov G) E.Fozilov D) Sh.Shukurov 79. “Qutadg’u bilig” asari tilida qaysi soha arabcha so’zlari uchraydi? A) xo’jalik , hayvonlar , harbiy , savdo –sotiqqa oid. B) huquq , sud , falsafiy suv hayvonlarga oid. V) o’simliklar , hasharotlar , parrandalarga oid. G) diniy , ijtimoiy , siyosiy , ta’lim – tarbiyaga oid. D) o’rmon , daraxtlar , tog’ – toshlarga oid. 80. “Qutadg’u bilig” ning nechta qo’lyozmasi bor , ular qanday nomlangan? A) 1 ta , Istanbul nusxasi B) 2 ta , Vena va Qo’qon nusxasi V) 3 ta , Qohira ,Namangan va Vena nusxasi. G) 1 ta , Toshkent nusxasi D) 2 ta , Buxoro va Qohira nusxasi 81. “Hibatul haqoyiq” asarining dastlabki nashri qaysi tilda va kim tomonidan amalga oshirilgan? A) O’zbek tilida K.Karimov tomonidan B) Usmonli turk tilida Najib Osim tomonidan V) Rus tilida S.E.Molov tomonidan G) Turk tilida Rashid Rahmon Arot tomonidan D) O’zbek tilida Q.Mahmudov tomonidan 82. XI asr adabiy til negiz dialekti qaysi? A) D lashish hodisasi B) D , DZ lashish hodisasi V) Y lashish hodisasi G) Z lashish hodisasi D) Y , J lashish hodisasi 83. XI – XIV asr rasmiy hujjatlar tili qaysi turkolog maxsus o’rganilgan? A) S.E.Molov , N.M. Sherbok , S.P. Tolstov B) A.K. Borovkov ,L.Yu.Yakubovskiy ,I.A.Botmonov V) E.R.Teneshev ? O.D.Chexovich , S.E.Molov G) O.D. Chexovich , B.Ya. Vladimirtsov , V.I. Bortold D) N.A.Baskakov , E.N.Nadjin , A.M. Sherbok 84. “Boburnoma” asari rus tiliga kim tomonidan tarjima qilingan? A) N.Ilminskiy tomonidan B) Vites tomonidan V)M.Sole D) P.M Milioranskiy tomonidan 85. “Shajarai tarokima” asarini dastlab kim tanitdi? A) A.N.Kononov B) A.G. Tumanskiy V) A.M.Sherbok G) K.A.Baskakov D) S.E.Molov 86.Mirzo Mehdixonning “Songloh” lug’ati qaysi olimlar tomonidan maxsus tadqiq etilgan? A) Z.Umarov , Q. Muhitdinov B) A.K.Borovkov , A.Ibrohimova V) A.N. Somoylovich , B.Hasanov G) Q.Muhitdinov , Z. Umarov D) A.N.Somoylovich , A.K.Borovkov 87. O’rta Osiyo Rossiyaga qo’shilgandan so’ng o’zbek tili grammatikasiga bag’ishlangan darslik va qo’llanma dastlab kim tomonidan yozildi? A) A.Stochevskiy B) Z.A .Aleksiev V) M.A.Terentev G) V.Veshnegorskiy D) M.Andrev 88. Navoiy asarlariga bag’ishlangan dastlabki lug’at qanday nomlanadi? A) Abushqa B) Badoe al-lug’at V) Mabni ul - lug’at G) Muntahabil lug’at D) Kelurnoma 89. “Abushqa” lug’atini 1869 – yilda nashr ettirib , frantsuz tiliga tarjima qilgan turkolog kim? A) A. Borovkov B) N.A.Baskakov V) A.M.Sherbok G) V.V.Velyaminov D) N.Ilminskiy 90. Alisher Navoiy asarlari tili leksikasi qaysi o’zbek olimi maxsus tadqiq etgan? A) A.Rustamov B) X.Doniyor V) H.Dadaboev G) B.Bofoev D) E.Fozilov 91.”Muhokamat ul - lug’atayn” asari ustida qaysi olimlar maxsus tadqiqot olib borgan? A) F.Abdullaev , X.Daondiyorov , E.Fozilov B) Q.Karimov , Q.Mahmudov , Sh.Shukurov V) O.Usmon , U.Sonoqulov , G’.Abdurahmonov G) A.Ahmedov , B.Bofoev , A.Karimov 92. “Majolis un – nafois” asari bo’yicha kimlar maxsus tadqiqot olib borgan? A) A.Hayitmetov , A.Abdug’ofurov B) S.G’anieva , I.Nosirov V) R.Vohidov , I.Sulton G) A.Qayumov , B.Bofoev D) M.Rahmatullaeva , S.G’anieva 93. “Lison ut - tayr” asari tili leksikasi va nashrlari ustida qaysi tadqiqotchilar maxsus shug’ullangan? A) P.Shamsiev , S.Mutallibov ,A.Hayitmetov B) Sh.Eshonxo’jaev , Sh.Sharipov , Z.Hamidov V) V.Zohidov , M.Oripov , A.Abdug’ofurov G) I.Sulton , B.Bofoev , V. Rahmonov D) A.Qayumov , Yo.Ishoqov , S.Mutallibov 94. Navoiy lingvopoetikasi masalalari kimlar tomonidan o’rganila boshlangan? A) V.Rahmonov , Yo.Ishoqov B) A.Hayitmetov , Z.Umarov V) I.Mirzaev , B.Bofoev G) A.Rustamov , Z.Hamidov D) B.Sarimsoqov , I.Haqqulov 95. O’zbek adabiy til tarixida chetdan kirgan konmahsul so’zlar qaysi tildan o’tgan , uning tadqiqotchilar kim? A) Molov , Baskakov , Rodlov B) Baskakov , Yudoxin , H.Dadaboev V) Rodlov , Kononov , Sherbok G) Milioranskiy , Najib , O.Usmon D) F.Kamol , F.Abdullaev , Reshetov 96. – g’u , - qu , - gu , - ku qo’shimchalari qanday so’zlar yasaydi? A) otdan ot yasovchi B) fe’ldan harakat nomi yasovchi V) ravishdosh yasovchi G) sifatdosh yasovchi D) ravish yasovchi 97. Navoiy asarlarida qo’llangan - mamag’ shakli qaysi til xusvusiyatiga kiradi? A) qozoq , qirg’iz B) gagauz , turkman V) ozarbayjon , turkman G) tojik , mo’g’ul D) xitoy , uyg’ur 98. Navoiy maktubatlariga qaysi asarlar kiradi? A) Shayx Son’on , Arba’in B) Munshoot , Vaqfiya V) Sittai zaruriya , Mezon ul - avzon G) Sirojul Muslimiyn , Chor devon D) Muhokamatul lug’atayn , Nasoyimul muhabbat 99. “Shayboniynoma”da qaysi dialekt usullari ko’p qo’llangan? A) qarluq B) o’g’uz V) qipchoq G) chigil D) yag’mo 100. “Shayboniynoma” da qaysi soha atamalari ko’p qo’llangan? A) maishiy soha B) ot – ulov nomlari V) harbiy – qurol nomlari G) urug’ – qabila nomlari D) o’simlik atamalari I. Pardayeva O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI O’quv-uslubiy majmua Теришга .01.08.13 йил берилди. Босишга 16.08.13 йилда рухсат қилинди. Бичими 60 х 84, 1/16. Буюртма № __. Хажми 5 б.т. Нусхаси 100 дона. Баҳоси келишилган нархда. ГулДУ босмахонасида чоп этилди. 7007012. Гулистон, 4-мавзе Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling