O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


Download 1.77 Mb.
bet85/88
Sana15.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1481960
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

O’zbek tili tarixi. O’zbek tili uzoq tarixga ega bo’lib, mumtoz tilimizda juda ko’p manba qoldirilgan. Bu manba hozirgi o’zbek adabiy tilini ham oziqlantirib turadi. Shuning uchun til tarixini o’rganish barcha davrlar uchun eskirmaydigan mavzu. O’zbek tili tarixini o’rganishda Sirdaryo tilshunoslik maktabining asoschisi professor Xudoyberdi Doniyorovning xizmatlari katta. Bu yo’nalishda olimning «Alisher Navoiy va o’zbek adabiy tili» (T., 1968), «Eski o’zbek tili va qipchoq lahjasi» (T., 1976) nomli kitoblari nashr etildi. Ayni paytda shu maktab tomonidan «O’zbek tilining tarixiy fonetikasi» (T.: «O’qituvchi», 1991, B.To’ychiboev), «O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari» (T.:«O’qituvchi», 1996, B.To’ychiboev), ««Boburnoma» - qomus» (T.:«O’qituvchi», 1992, B.To’ychiboev, B.To’ychiboev), «Bobur va o’zbek adabiy tili» (T.:«O’qituvchi», 1992, B.To’ychiboev) nomli o’quv qo’llanmalari yaratildi.
Fonetika. O’zbek tilining fonetik tizimi, xususan, unlilar tizimi, fonetik jarayonlar, singarmonizm qonuniyati haqida o’zbek tilshunosligida ko’pgina qarashlar mavjud. Bu borada ham Xudoyberdi Doniyorovning til tabiatidan kelib chiqqan asosli fikrlari va umumlashmalari bor. Ular domlaning qator maqolalari, ba’zi qo’llanma va darsliklarida, masalan, «Hozirgi o’zbek adabiy tili» (1980, mualliflar jamoasi)da o’z ifodasini topgan. Shuningdek, bunday fikrlar «O’zbek tilining unlilar tizimi va uni o’rganish» (1988, B.To’ychiboev), «O’zbek tili tovushshunosligi» (1993, B.To’ychiboev, M.Misliddinova) nomli qo’llanmalarda davom ettirilgan. Tabiiyki, O’zbek tilshunosligining fonetika sohasida o’rganilishi va tahlil qilinishi zarur masalalar hali juda ko’p.
Grammatika. Sirdaryo tilshunoslik maktabining a’zolari morfologiya va sintaksisning teng munosabatda bo’lishi, so’zning tub va yasamaligi, so’z yasalishi usullari, so’z turkumlari, so’z birikmasi va gap tahliliga aloqador fikrlari o’z ifodasini topgan ayrim ishlarni yaratdilar. Jumladan, «Hozirgi O’zbek adabiy tili» (1980, Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiev A., Rasulov, I., Doniyorov X.), «Hozirgi O’zbek tilida olmoshlar» (I.Suyarov), «Hozirgi o’zbek adabiy tilida ot birikmalar sinonimiyasi» (B.To’ychiboev), «Ravshanxon» dostonida so’z yasalish yo’llari» (M.Rajabov) kabi darslik va qo’llanmalar vujudga keldi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling