O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- -o’mG’-im,-o’ng,G’-ing,-o’mo’sG’-imis,-laro’ngG’-laring
3-asosiy savol -X. DONIYoROV - MORFOLOGIYa TADQIQOTChISI
3-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: X.Doniyorovning qipchoq shevasining morfologik xususiyatini tahlil qilish asosida adabiy tilga munosabatini belgilab berganligi haqidagi fikrlari sharhi. Identiv o’quv maqsadlari: 3.1. Qipchoq lahjasidagi ismlar va ularning adabiy tilga munosabati masalasi haqidagi fikrni sharhlaydi. 3.2. Qipchoq shevasidagi fe’llar va ularning adabiy tilga munosabati masalasi haqidagi fikrlarni izohlaydi. 3-asosiy savolning bayoni: X.Doniyorov - sarfshunos (morfologiyachi). O’rta maktab va hatto oliy o’quv yurtlariga bag’ishlab yozilgan til darsliklarini ko’zdan kechiradigan bo’lsak, adabiy til umumxalq tilidan ajralib qolg’anligi sababli darsliklarda bitilgan nazariy fikrlar ko’p hollarda grammatik jihatdan xalq tili qonuniyatlariga unchalik ham mos bo’lmay qolg’anligi ko’zga tashlanib turadi. X.Doniyorov qipchoq lahjalarini grammatik jihatdan kuzatar ekan, adabiy tilga uning juda ko’p jihatlari asos qilib olinishi kerakligini alohida ta’kidlash bilan birga, o’z fikrlarini lahjalarni adabiy til bilan qiyoslash asosida isbotlaydi. Chunonchi, qipchoq lahjasida ko’plik ifodalovchi shakllar -lar,-lar bo’lib, bu shaklni qo’shish natijasida ayrim so’zlarning tarixiy ko’rinishini ham belgilash mumkin degan nazariy xulosa chiqaradi. Masalan: domla silar sizlar shaklining tarixiy "si"ga borib taqalishini juda ishonchli izohlab beradiki, bu alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, qipchoq lahjasida ko’plik ko’rinishi nar nar tarzda ham kelishi misollar bilan izohlanadi. Bu o’rinda yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, domla bu shakllarni nafaqat adabiy til bilan, balki yodnomalar hamda boshqa turkiy tillar xususiyatlari bilan qiyoslaydi. Bugungi kun talabi har bir shevani qardosh tillar bilan qiyoslab o’rganish albatta zarurligini takozo etadi.Chunki til xususiyatlari juda uzoq saqlanadi. Bu o’z navbatida ismlar tizimi bilan ham bog’liq masala. Shaxs-son qo’shimchalari -sanG’-san va boshqalarni tahlil etar ekan, domla bu shaklning o’z navbatida I, II shaxs olmoshi men, sen so’zlariga aloqador ekanligini qayd etadi. Bularning ikki xil shaklda ishlatilishi, ya’ni bir o’rinda men, sen, ikkinchi o’rinda shaxs-son qo’shimchasi sifatida -manG’-man, -sanG’-san shaklda o’zgarishi, tildagi singarmonizm hodisasi bilan, o’zakning qo’shimchaga ta’siri bilan bog’liqligini juda chiroyli va ayni paytda juda ishonchli izohlaydi. Shu o’rinda alohida izohlaydigan narsa shundan iboratki, maktab darsliklari, bizningcha, xuddi shu yo’nalishda tayyorlanishi va darslar ham shu usulda o’tilishi lozimga o’xshaydi. Bunda so’zlar o’quvchilarni til darslariga qiziqtirishga undaydi. Yuqoridagi yo’nalish X.Doniyorovning qipchoq lahjasining egalik qo’shimchalari -o’mG’-im,-o’ng,G’-ing,-o’mo’sG’-imis,-laro’ngG’-laring izohida ham o’z ifodasini topgan. Qipchoq lahjasida kelishik qo’shimchalari kuzatilar ekan, mazkur lahjada olti kelishik (bosh, qaratqich, jo’nalish, o’rin-payt,tushum,chiqish) bo’lib, har birining o’z ko’rinishi, shakllari tahlil etiladi. Shu o’rinda bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, domla qipchoq lahjasidagi olti kelishikni birma-bir tahlil etar ekan,quyidagi holatni xaqli ravishda qayta-qayta uqtiradi: 1. Qipchoq lahjasida olti kelishik mavjud bo’lib, bu holat adabiy tilga to’liq mos keladi. Vaholanki, boshqa shevada aslo shunday emas. 2. Qipchoq lahjasida kelishik qo’shimchalari bir-biri bilan deyarli almashinib qo’llanilmaydi. Bu o’rinda albatta kelishiklardagi uslubiy almashinishi e’tiborga olinayotgani yo’q,ya’ni "menda ishi bor-menga ishi bor"kabi almashinish bor. Bu uslubiyat talabi, albatta. Biroq ko’p shevalarda qaratqich kelishigi bilan tushum, jo’nalish bilan o’rin kelishigi almashinib qo’llaniladiki, bunday holat uslubiyat bilan aloqador emas. Demak adabiy qolip talablariga ham javob bermaydi. 3. Qipchoq lazjalarida singarmonizm hodisasi bilan bog’liq ravishda kelishik qo’shimchalari turli shaklda talaffuz qilinadi. Chunonchi jo’nalish kelishik qo’shimchasi -g’a,-qa,-ga,-ka,-a,-a tarzida, o’rin kelishigi qo’shimchasi -ta,-ta,-da.-da tarzida va boshqalar. Darhaqiqat bunday holat aksariyat ogzaki nutq uchun xarakterli. Ammo adabiy qolipda bunday xususiyat e’tiborga olinmaydi, faqat bir ko’rinishi (-ga,-da) tan olinadi. Domla o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqida xatoliklarning kelib chiqishiga xuddi shu va shunga o’xshagan holat sababchidir deb ko’rsatadiki, bu adolatli fikrga qo’shilmoq kerak. 4. Qipchoq lahjasida kelishik qo’shimchalarining xilma-xil ko’rinishi mumtoz adabiyot namunalariga to’liq mos kelishini ta’kidlar ekan, olim bu fikrini Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridan keltirilgan boy misolar bilan isbotlaydi. X.Doniyorov narsalar xususiyatini ifodalovchi so’zlarni maxsus to’plar ekan, sifat turkumidagi so’zlar adabiy tildagi shu guruh so’zlardan unchalik ham farq qilmasligini ta’kidlaydi. Ayni paytda ularda qisman tovush tafovuti borligini misollar bilan izohlaydi. Masalan: achchiq-achcho’, qattiq-qatto’, chuchuq-chuchchi va boshqalar. Adabiy til bilan qipchoq lahjalaridagi bunday umumiy va o’ziga xos tomonlari sifat darajalarini ko’rsatuvchi belgilarda mavjudligi ham maxsus tahlil etiladi. Domla bu o’rinda ham misollarni faqat adabiy til bilan qiyoslamasdan, mumtoz adabiyot namunalari va qardosh boshqa turkiy tillar bilan qiyoslaydiki, bunday usul hozirgi qipchoq shevalarida qo’llaniladigan sifat so’zlarning juda ko’pchiligi tarixiy so’z ekanligi, ya’ni bu so’zlar qadimdan tilimizda ishlatilib kelinayotganligi aniq bo’lib qoladi. X.Doniyorov qipchoq lahjasidagi son guruhiga oid so’zlarni ham mumtoz adabiyot namunalari, xalq ogzaki ijodi namunalari xususiyatlari bilan qiyoslab izlhlaydi va undan ishonchli xulosalar chiqaradi. Qipchoq lahjasida uchrovchi tovush tafovuti yuqorida ta’kidlangan manbalarga mos kelishi haqida asosiy fikrlar aytiladi. Masalan: ekiG’ikki,jetiG’etti, o’nto’rG’o’n to’rt, jiyirmaG’yigirma, elluvG’ellik. Olmoshlar tahlilida qipchoq lahjasidagi bu guruh so’zlarni adabiy tildagi shunday so’zlar bilan qiyoslab o’rganishga e’tibor berilgan. Domla kishilik olmoshlarini izohlar ekan, qipchoq lahjasidagi bunday olmoshlar adabiy tildagi olmoshlarga asosan to’g’ri kelishini qayd etadi: ya’ni men, sen, siz, o’ G’ ular, bizlar, sizlar, silar, o’lar. Bu erdagi tafovut ikkinchi shaxs birligida "siz" ko’pligida "silar", "sizlar" tarzida qo’llanilishida uchramoqda. Shuningdek uchinchi shaxsda fonetik tafovut mavjud. Domla bu holatni tarixiy manbalar bilan solishtirar ekan, lahjadagi shaklning tarixiy shaklga mos kelishi haqidagi o’z fikrlarini asoslaydiki, tabiiy, bu tilshunoslik muammolarini echish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Olimning ta’kidlashicha, bunday umumiylik ayni paytda o’ziga xosliklar ko’rsatish, so’roq va boshqa barcha tur olmoshlarda uchraydi. Ayni paytda domlaning ishlarida tadqiqotning bu yo’nalishi izchil o’z ifodasini topgan. Ogzaki nutqdagi aniqrog’i qipchoq lahjasidagi ko’makchilar tadqiq etilar ekan,ularning adabiy til bilan umumiy mos keluvchi tomonlari ancha bo’lishi bilan birga, birmuncha o’ziga xosliklar ham mavjudligi qayd etiladi. Chunonchi olim -manG’-man,-minanG’-minan shaklining shevada faol ishlatilishini misollar bilan izohlaydi. Shuningdek ham bog’lovchisining shevada qisqa shaklda qo’llanishi, so’roq yuklamasi -maG’-ma tarzda (uydama, qo’shdama) uchrashi qayd etiladi,misolar bilan ular adabiy til manbalariga qiyoslanadi. Shuningdek adabiy tildan farqli ravishda qipchoq shevalarida murojaat va kirish so’z shaklidagi so’z ko’rinishlari ham anchaginaki, domla bularni ham birma-bir tahlil etadi. Ma’lumki, so’zlar guruhida eng katta qismni fe’llar tashkil etadi. Demak xalq shevalari bilan adabiy til o’rtasida xuddi shu fe’l turkumiga kirgan so’zlarda umumiylik ko’p bo’lganidek ular orasida tafovut, o’ziga xosliklar ham anchagina ekanligi o’z-o’zidan ayon. X.Doniyorov fe’lga shaxs-son qo’shimchasi qo’shilganda singarmonizm qonuniyati asosida o’zakning ta’sirida qo’shimchada fonetik o’zgarish bo’lishini ta’kidlab -manG’-man,-sanG’san, (boraman, kelaman, borasan,kelasan) tarzida bo’lishini uqtiradi. Ayni paytda mavjud shaxs-son qo’shimchasi shaxs olmoshlari (biz,siz) ekanligi e’tiborda bulmog’i zarurdir. Olim adabiy tildagi "qol" (boraqol) shakli bilan g’ay shaklining aloqadorligi, ayni paytda bu ko’rinishning "quy" to’liqsiz fe’li bilan bog’liqligi haqidagi fikrni bayon etadiki, bu g’oya ham an’anaviy, ham ilmiy ahamiyat kasb etadi. Turkiy tillar tarixidan bizga shu narsa aniqki, fe’llar ko’plik qo’shimchasi (-lar -lor) ni qabul qilmagan. Ularning ko’plik qo’shimchasini qabul qilishi turkiy tillarning keyingi taraqqiyoti bilan bog’lik. Til esa o’z navbatida barqaror hodisa, ya’ni u o’z xususiyatini juda uzoq saqlaydi. Masalaga xuddi shu nuqtai nazardan yondashgan X.Doniyorov qipchoq shevalari vakillari tilida fe’lning hamon ko’plik qo’shimchasini qabul qilmasligini xuddi shu hodisa bilan bog’lab izohlaydi. Bu o’rinda bizning diqqatimizni tortadigan yana muhim bir holat shundan iboratki, domla xuddi shu xususiyatlar asosida qipchoq lahjasining qipchoq guruhini tashkil etuvchi qozoq, qoraqalpoq tillari bilan ham umumiylik kasb etishini qiyoslab tushuntiradi. Ma’lumki, adabiy tilga juda uzoq vaqt Toshkent va Farg’ona gurux shevalari xos qilib olingan degan g’oya ustun bo’lgan. Bu o’rinda izoh sifatida alohida qayd etish kerak bo’lgan bir holat shundan iboratki, xuddi shu yuqoridagi g’oya ustun bo’lib turgan bir paytda X.Doniyorov uning unchalik to’g’ri fikr emasligini aniq manbalar asosida isbotlab berdi. Bunday manbalar olmosh (men,sen) yoki kelishiklardangina iborat bo’lmasdan fe’l guruhidagi so’zlar bilan ham aloqadorligini ta’kidlaydi. Jumladan, fe’lning -yapti shakli Farg’ona gurux shevalariga xos bo’lsa, jato’rG’yoto’r shakli qipchoq shevalariga tegishli. Harakat nomining -mokG’-mak shakli o’g’iz guruxi shevalariga, -shG’-ish qarluq guruh shevalariga xos bo’lsa, -vG’uv shakli qipchoq gurux shevalariga xosligini ta’kidlash bilan chegaralanib qolmasdan, domla bu o’rinda xuddi shu shaklning tarixan qipchoq gurux tillar uchun xosligini alohida ta’kidlar ekan beixtiyor tarixga, ikkinchi tomondan har bir sheva yoki lahja kuzatilganda buni boshqa qardosh turkiy tillarda uzib olib ajratib tadqiq etish mumkin emasligiga tortadi. Zero bugungi hayotiy o’zgarishlar, yangilanishlar turkiy tillarni aniqrog’i turkiy xalqlarni tamomila bir-biridan ajratib qarash mutlaqo noto’g’ri ekanligini isbotlamoqdaki, bu domlaning fikrini uyg’oq ekanligidan guvoxlik beradi. Xuddi shunday umumiylik va ayni paytda o’ziga xosliklar sifatdosh -gon,-gan,-kon,-kan shakllarida va ravishdosh ko’rinishlarida ham mavjudligi olim tomonidan birma-bir tahlil etiladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, shevalar til xususiyatlarini juda uzoq saqlaydi. Bu xususiyat qipchoq lahjasida fe’lning barcha ko’rinishida bo’lganidek, shakl ifodalovchi qo’shimchalarda ham ko’zga tashlanadi. Chunki, qipchoq lahjasidagi oyQo’k,ayQik (borayo’k,kelayik), ayQo’n,ayQin (borayo’n, kelayin) shakllari til tarixining barcha davrida ishlatilganidek qipchoq gurux turkiy tillarda (qozoq, qoraqalpoq) hozir ham bu izohlar birma-bir ayni paytda juda izchil o’z ifodasini topgan. Umuman, X.Doniyorov qipchoq lahjasining morfologik xususiyatini ham eng mayda jihatlarigacha sinchiklab o’rganib, ularni birma-bir izohlaydi, tahlil etadi. Bu o’rinda ko’pchilik e’tiborini tortadigan va alohida e’tibor beradigan bir muhim xususiyat shundan iboratki, domla qaysi shakl haqida gapirsa, uning tarixiy va hozirgi boshqa turkiy tillardagi ko’rinishlarini qiyosiy izohlaydi, ayni paytda o’zbek adabiy tilini xalqning boy tili oziqlantirib, boyitib turishini qayd etadi. «Zubdatul haqoyiq» kitobining muallifi Aziziddin Nasafiy inson bolasi dunyoga kelganda o’z javhariga ega bo’ladi, hayoti davomida bu javharda nimalarga erishish mumkin ekanligi jamlangan degan fikrni olg’a surgan. Uning asarida har bir shaxs o’zining ijtimoiy faolligi, bilimga chanqoqligi, insoniy fazilatlarni mukammal egallashi va mehnatsevarligi bilan javharda belgilangan darajalarga erisha olishi qayd etilgan. Bu diniy ta’limotda Alloh nasib etgan taqdir ne’mati deb hisoblansa, dunyoviy ilmlarda esa irsiyatning shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi omillari deb qaraladi. Darhaqiqat, bu fikr Xudoyberdi Doniyorovga ham daxldor. Xudoyberdi Doniyorov Sirdaryo pedagogika institutiga rektor bo’lib ishga kelganda (1968 yil kuzida), yangi ochilgan (1966 yil, avgustida) ilm dargohi hali etuk olim va malakali mutaxssislar bilan to’la ta’minlanmagan edi. O’qituvchilarning aksariyati yosh kadrlar bo’lib, ilmda, pedogogik amaliyotda hali tajribasiz edi. Domla har bir o’qituvchiga aynan uning layoqati, qobiliyati va intilishga qarab topshiriq berar, bu topshiriqlarning bajarilishini qattiqqo’llik bilan nazorat qilardi. Ayniqsa, har bir yosh o’qituvchining ilm, fan bilan shug’ullanishni talab qilish bilan birga, ularga imkon ham yaratib berishga harakat qilardi. Domlaning qiynoq-qistovi bilan bir qator o’qituvchilar fan nomzodlari, ayrimlari fan doktorlari ilmiy darajalarini olishga muyassar bo’ldilar. Shularning natijasi o’laroq bugun qirq yoshlik Sirdaryo tilshunoslik maktabi shakllandi. Shubhasiz, Sirdaryo tilshunoslik maktabining asoschisi filologiya fanlari doktori, professor Xudoyberdi Doniyorovdir. Domla, avvalo, ishni institutga sobiq Ittifoq va Respublikaning yirik tilshunos olimlarini maxsus kurs o’qishga taklif qilishdan boshladi. Filologiya fanlari doktori, professor Amir Najib, Qozog’iston fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor M.B.Balaqaev, filologiya fanlari doktorlari, professorlar Ayyub G’ulom, F.A.Abdullaev, akademiklar A.P.Hojiev, A.Rustamov kabi muhtaram olimlarimiz tilshunoslikning turli yo’nalishlari bo’yicha maxsus kurs o’qidi, ayrimlari yoshlarning ilmiy ishlariga rahbarlik yoki opponentlik qildilar. Sirdaryo tilshunoslik maktabining shakllanishi va uning ozmi-ko’pmi bo’yi-bastining ko’rinishida bu ustozlarning xizmatlari g’oyat katta. Balki bugun Sirdaryo tilshunoslik maktabining ham o’z o’rniga, o’z ovoziga ega bo’layotganligi ushbu tilshunoslik darg’alarining oq fotihasi ijobat bo’lganligidandir. Sirdaryo tilshunoslik maktabining toliblari o’z ustozlari izidan borib, o’zbek tilshunosligining barcha sohalarida qalam tebratib keldi va kelmoqdalar. Chunonchi: Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling