O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija


Download 435.05 Kb.
bet23/64
Sana01.04.2023
Hajmi435.05 Kb.
#1315868
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
Bog'liq
мажмуа Умумий тилшунослик

Boduen dе Kurtеne taʼlimoti. Boduen de Kurtene (1845-1929) ilmiy konsepsiyasining bir qator holatlari tilshunoslikda yangi davrning boshlanishiga olib keldi.
F.de Sossyur nomi bilan bogʻlangan sistemaviy tilshunoslikning koʻpgina gʻoyalari aslida Sossyurga qadar Boduen de Kurtene tomonidan bayon qilingan edi.
Boduenda yoshlik yillaridanoq matematika va tilshunoslikka qiziqish uygʻondi. Ana shu qiziqish tufayli u bir qator tillarni: lotin, sanskrit singari klassik tillarni, rus, polyak, fransuz, nemis, ingliz, italyan, litva, chex, slavyan singari oʻnlab hozirgi tillarni oʻrgandi. Keyinchalik ularning koʻpida, xususan, rus, polyak, nemis, fransuz tillarida ilmiy asarlarini yozdi. XIX asrning 70-80-yillarida Boduen Yevropada mashhur tilshunosga aylandi.
I.A.Boduen de Kurtenening falsafiy qarashlari. Boduen de Kurtene lingvistik konstepstiyasi negizida materialistik monizm yotadi. U tabiat va ruh, til va tarix, tarix va hayot, tarix va taraqqiyot singari turli xil hodisalarni qorishtirgan A.Shleyxerning va oʻz shogirdi N.V.Krushevskiyning dualistik qarashlariga tanqidiy munosabatini bayon qilar ekan, materialistik monizm gʻoyalarini targʻib qiladi. Materialistik monizm moddaning birlamchiligini, uning obyektiv mavjudligini e’tirof qiladi.
Tilga monistik qarash uni ijtimoiy-individual holatda amal qiluvchi psixosostial mohiyat sifatida talqin qilishga olib keladi.
Boduen de Kurtene fikricha, til muayyan bir jamiyatni tashkil etgan individlar ongida, individlar psixikasida, individlar tili sifatida yashaydi. Shuning uchun Boduen de Kurtene oʻz tadqiqotlarida individlar nutqiga asosiy e’tiborni qaratdi. Uning ta’kidlashicha, individlar psixikasi, tilning individual tashuvchilarigina real mavjuddir.
Milliy til bir butun sifatida ilmiy umumlashma sanalib, faqat gʻoyada yashaydi. Bu esa uning kommunikastiyaning alohida aktiga e’tiborini tortishga sababchi boʻladi. Xuddi shuning uchun kishilardan uzib olingan mavhumlashtirilgan til emas, balki til tafakkurining egasi boʻlgan inson tilshunoslikning real oʻrganish obyekti boʻlmogʻi lozimligini ta’kidlaydi.
Shu bilan birgalikda u tilda individuallik bilan umumiylikning ajralmasligini, individual xususiyatda bir vaqtning oʻzida umumiylik, umuminsoniylik mavjud ekanligini bayon qiladi. U insoniyat olami sotsial guruhlar majmuasi ekanligini e’tirof etadi. Boduenning ta’kidlashicha, insonda psixik xususiyatlar oʻxshashligi mavjud boʻladi. Ana shu xususiyatda umuman, til oʻzgarishlari, qisman shu qabila yoki xalq tilida oʻzgarishlar sodir boʻlish shart-sharoiti yaratilgandir.

Download 435.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling