Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 128.86 Kb.
bet19/53
Sana03.12.2023
Hajmi128.86 Kb.
#1796960
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
Bog'liq
ONOMASTIKA fani

Uyg‘un, Uyg’un (o‘z.) – kelishgan, kelishimli; kutilgan, orzu qilingan (442).
Xiromon, Xiromon (ft.-o‘z.) – chiroyli bo‘yli, bo‘yi-basti kelishgan, xushqad; nozik, latif (462).

Xolbeka, Xolbeka (ft.-o‘z.) – badanida xol bilan tug‘ilgan, beklar avlodiga mansub qiz (463) kabilar.
2. Toponimik lug‘atlar. Bunday lug‘atlarda joy nomlari, geografik nomlar, qisman suv inshooatlari nomlari (gidronimlar) izohlanadi, ularning adabiy-orfografik jihatdan me’yoriy ko‘rinishlari qayd qilinadi. O‘zbek lug‘atshunosligida toponimik lug‘atlarning juda ko‘p turlari yaratilgan. SHuning uchun biz bu o‘rinda bunday lug‘atlarning ayrimlari haqida ma’lumotlar keltirish bilan cheklanamiz.
2.1. Do‘simov Z., Egamov H. Joy nomlarining qisqacha izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1977. – 174 b.
2.2. Qoraev S. Geografik nomlar ma’nosi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1978. - 203 b. Bu lug‘at S.Qoraevning “Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi?” (Toshkent, O‘zbekiston, 1970. – 190 b.) nomli lug‘atining to‘ldirilgan, qayta ishlangan ikkinchi nashridir. Lug‘atda joy nomlarini o‘rganadigan toponimika fani haqida qisqacha tushuncha berilgan qa mamlakatimizdagi ko‘pgina toponimlar, ya’ni geografik nomlarning kelib chiqishi – etimologiyasi bayon qilingan; ayrim toponimlarning birinchi marta qaysi tarixiy manbada tilga olinganligi ko‘rsatilgan, shuningdek urug‘-qabilalar nomlari bilan atalgan toponimlar – etnotoponimlar alohida qayd etilgan. Asar “Avtordan” (3-5-betlar), “Toponimika haqida tushuncha” (6-23-betlar), “Lug‘at” (24-189-betlar), “Toponimikaga oid terminlar” (190-197-betlar), “Qisqartmalar” (198-203-betlar) qismlarini o‘z ichiga oladi. Lug‘atdan namuna:


Toshkechik – qishloq. Andijon viloyati Izboskan, Xo‘jaobod tumanlari. Daryoning shu eridan kechib o‘tsa bo‘lishiga ishora (124).

To‘g‘onbuloq – Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi buloq. Buloq etagi to‘g‘on qurib to‘silgani uchun shunday nom olgan (131) kabilar.
2.3. Nafasov T. O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati (Janubiy O‘zbekiston hududlari materiallari asosida). – Toshkent: O‘qituvchi, 1988. – 288 b.
2.4. O‘rinboev B. Jizzax toponimlarining ta’biri. – Samarqand, 2007. – 80 b. Bu lug‘at dastlab “Jizzax viloyati toponimlari” nomi bilan 1992 yilda Jizzaxda e’lon qilingan edi. Asarda mustaqillik sharofati bilan Jizzax viloyat toponimlarida ro‘y bergan o‘zgarishlar inobatga olinib, ularning ta’biri (ma’nosi)ni izohlashga harakat qilingan. Asar “Kirish” (3-6-betlar), “Lug‘at” (7-77-betlar), “Adabiyotlar” (78-79-betlar) qismlaridan iborat. Lug‘atdan namuna:

Download 128.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling