Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 128.86 Kb.
bet24/53
Sana03.12.2023
Hajmi128.86 Kb.
#1796960
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
ONOMASTIKA fani

Qo‘shchi (Qushchi). Qadimgi turkiy qabilalardan biri. 6-7-asrlarda turk hoqonligi tarkibida bo‘lgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida Dashti Qipchoqqa kelib joylashgan. 16-asr boshlarida SHayboniyxon qo‘shinlari tarkibida Movarounnahrga kelishgan. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida qo‘shchilar quyidagi urug‘larga bo‘lingan: qashg‘arlik, to‘qqiz novcha, shix sayod, moli.
Qo‘shchilarning ayrim guruhlari turkman, qirg‘iz, qozoq va boshqirdlar tarkibiga kirgan (209) kabilar.
4. Onomastik terminlarning izohli lug‘ati. Bunday lug‘atda nomshunoslik fanida qo‘llaniladigan asosiy terminlar majmui keltiriladi va izohlanadi. SHu kunga qadar S.Qoraev, E.Begmatov, T.Nafasov, T.Enazarov, N.Oxunov kabi nomshunos olimlarning ishlarida onomastik terminlar u yoki bu darajada to‘plangan va izohlangan edi. Bu haqda R.Nuriddinovaning nomzodlik ishida muhim ma’lumotlar keltirilgan1. Bu ishda o‘zbek onomastikasiga oid ilmiy tadqiqotlar matnida qo‘llangan 2000 na yaqin ilmiy terminlar tahlil qilingan. Ana shunday izlanishlar natijasida onomastik terminlarning izohli lug‘atini yaratish imkoniyati vujudga keldi.
4.1. Begmatov E., Uluqov N. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati. – Namangan: NamDU nashri, 2006. – 104 b. Bu lug‘atda 1680 ga yaqin onomastik terminlar izohlangan. Asar “So‘z boshi” (3-6-betlar), “Lug‘at materiali va tarkibi” (6-8-betlar), “Lug‘atning tuzilishi va terminlar izohi” (8-11-betlar), “O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati” (11-103-betlar) qismlarini o‘z ichiga oladi. Lug‘atdan namuna:
Etnolingvistik jarayon – atoqli otning paydo bo‘lishi va shakllanishida etnik va lisoniy omillar o‘tkazgan ta’sir (95).
O‘zbek adabiy onomastikasi – o‘zbek nomshunosligining badiiy asarlar imomlvnm atoqli otlarni o‘rganuvchi tarmog‘i, yo‘nalishi (97) kabilar.
SHunday qilib, o‘zbek onomastik leksikografiyasida shu kunga qadar antroponimik, toponimik, etnonimik va onomastik terminlar lug‘atlari yaratishda muayyan ishlar amalga oshirilgan. Kelgusida gidronimlar, kosmonimlar, xromonimlar, geortonimlar, ideonimlar kabi boshqa bir qancha onomastik ko‘lamlarga oid onomastik birliklarni to‘plash, shu asosda lug‘atlar yaratish o‘zbek lug‘atshunosligining dolzarb muammolari qatoriga kiradi.

Download 128.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling