Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 128.86 Kb.
bet21/53
Sana03.12.2023
Hajmi128.86 Kb.
#1796960
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
ONOMASTIKA fani

SHirinlar – qishloq. YAngibozor tumani. SHirin – o‘zbeklar tarkibidagi urug‘ (175) kabilar.
2.7. O‘rinboev B., Xoliqov O. Maktab toponimik lug‘ati. – Samarqand, 2004. – 92 b. Bu asarda U-1X sinflar ona tili va adabiyot darsliklarida uchraydigan joy nomlari to‘planib, ular alifbo tartibida keltirilgan, ularning ma’nosi imkoniyat darajasida izohlangan. Asar “Kirish” (3-6-betlar), “Lug‘at” (7-88-betlar), “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” (89-91-betlar) qismlaridan iborat. Lug‘atdan namuna:


Dehqonobod (P, 82; 1U, 9) – tuman va qishloq. Toponim deh +qon +obod qismlaridan iborat bo‘lib, u tojikcha deh – qishloq, qon – qoon - hoqon, ya’ni qishloq hokimi demakdir.
Dehqonobod – dehqonlar o‘zlashtirib, obod qilgan joydagi qishloq ma’nosidadir (33).


Kattaqo‘rg‘on (1, 96; P, 83) – shahar. Toponim katta va qo‘rg‘on so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, u katta shahar, katta qal’a; tepalikdagi shahar, tepadagi istehkom degan ma’nodadir (41) kabilar.
2.8. Nafasov T., Nafasova V. O‘zbek tili toponimlarining o‘quv izohli lug‘ati (maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari uchun). – Toshkent: “YAngi asr avlodi”, 2007. – 88 b. Asar “Toponimlar – xalq ijodi, til mulki, tarix ko‘zgusi” deb nomlanuvchi “Kirish” (4-6-betlar), “Lug‘atning tuzilishi” (7-9-betlar), “Lug‘at” (10-81-betlar) qismlaridan iborat. Bu lug‘at birinchi o‘quv toponimik lug‘at sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Lug‘atdan namuna:


Batosh – qishloq. O‘zbek xalqining batosh qabila-urug‘i vakillari bunyod qilgan qishloq (13).

Degrez – mahalla. Degrez (f-t) qozon quyuvchi. Degrez qozon, tovoq kabi uy-ro‘zg‘or buyumlarini quyuvchi temirchi. Degrezlik bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar mahallasi (20) kabilar.
2.9. Nafasov T. Qashqadaryo qishloqnomasi (Qashqadaryo viloyati qishloqlari nomining tadqiqi). – Toshkent: “Muharrir” nashriyoti, 2009. – 432 b. Bu asarda asosan Qashqadaryo viloyatidagi 1500 dan ortiq zamonaviy shahar, qishloq, mahalla nomlari tahlil qilingan. Asar “So‘zboshi” (3-8-betlar), “Qishloq nomlari – ijtimoiy ehtiyoj mahsuli” deb nomlangan “Kirish” (8-36-betlar), “Qishloq nomlari talqini” deb nomlanuvchi “Lug‘at” (37-415-betlar), “Adabiyotlar ro‘yxati” (416-427-betlar) qismlaridan iborat. Kitob oxirida shoir Xolmuhammad Hasanning “Qashqadaryo” deb nomlangan qasidasi (429-430-betlar) ham o‘rin olgan. Lug‘atdan namuna:



Download 128.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling