Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Download 128.86 Kb.
|
ONOMASTIKA fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- GIDRONIMLAR.
- SIRDARYO so’zining ma’nosi
- QASHQADARYO
Zootoponimik oykonimlar- hayvon nomlari bilan atalgan aholi punktlari. Ayg’ir, Ayg’irtepa, Baliqli, Baliqko’l, Bahrin, Bedana, Do’lta, Do’ltali, Bo’ritepa, Burgutqal’a, Ilonli, Laylakon, Oqbo’yra, Oqechki,Qulonxona, Qulonchi, G’ajir va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Qorayev S. Toponimika. – Toshkent, 2006. 4-MUSTAQIL ISH: O’zbek gidronimlarining kelib chiqishi haqida GIDRONIMLAR. Barcha suv ob’yektlarining nomi gidronimlar deyiladi. Yer shari yuzasining qariyb 71 foizini 4 ta – TINCH, ATLANTIKA, HIND, SHIMOLIY MUZ okeanlari egallagan. Okeanlarning ayrim qismlari dengiz deyiladi. Quruqlikda suv to’lib qolgan chuqurliklar ko’llar deb ataladi. Kichikroq daryolar soylar, kichik soylar esa jilg’alar deb ataladi. Daryo yoki soyga qo’shiladigan suvlar irmoqlar deyiladi. O’rta Osiyodagi eng yirik daryo- Amudaryo qadimgi yunon tarixchisi GERADOT asarlarida ARAKS deb, keying yunon tarixchilari asarlarida esa OKS yoki OKSOS deb atlgan. Amudaryoning qadimgi turkey nomi- O’KUZ, Avesto va boshqa tarixiy manbalarda ARANG, RAXA, RANXA, ARANXA degan qadimiy nomlari uchraydi. Arablar uni JAYXUN- jo’shqin daryo deb nomlaydi. Jayxun yahudiylarning muqaddas kitobi “TAVROT”DA tilga olingan JIXON daryosiga nisbat berib aytilgan degan fikrlar ham bor. SIRDARYONING ham nomlari ko’p bo’lgan. Qadimgi yunon tarixchilarining asrlarida YAXARTES, YAKSART ba’zan Ta’nais , Avestoda Danu, Yaosha, X asrda yozilga “Hudud ul-olam” qo’lyozmasida Xashart, Runik Turkiy yozuvlarda Yenchuo’guz, Firdavsiyning “Shohnoma”sida GULZARRIYUN, keyinchalik Sayhun nomlari bilan atalib kelganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. SIRDARYO so’zining ma’nosi Daryo nomi sir ya’ni rang, bo’yoq, SARIQ DARYO (loyqa suvli daryo) Serob (sersuv) SIRTDARAYO (tog’ sirtlaridan tepalaridan oqib keladigan daryo) deb atalgan. Lekin Professor H.Hasanov bu fikrlarni inkor qiladi. Bu azim daryo shu atroflarda yashagan SAR(silis-sir)qabilasi nomi bilan atalgan deyish haqiqatga yaqinroq. Zarafshon haqiqatdan ham zar sochuvchi daryo. Daryo o’zanidagi qumda oltin zarralari bo’lganidan daryo shunday nom olgan. Po’stak yoki uzun patli gilam ustiga qum to’kib, bosim bilan yuvganda, oltin zarralari jun orasida qolgan. Shu yo’l orqali qumdan oltin ajratib olishgan. Keyingi manbalarda OBI KO’HAK- Ko’hak suvi deb yuritilgan. QASHQADARYO gidronimi haqida QASHQA so’zining ma’nosi ko’p. Akademik V.V.Bartoldning Qashqadaryo KESH shahri nomining fonetik o’zgarishi deb aytishi to’g’riroq. Kesh shahri asli Kash bo’lgan,chunki shaharning epiteti “KASHI-DILKASH” edi. ASrab geograflari asarlarida QASHQADARYO(X asr) Keshkiro’d deb, Temur davrida XASHQA (Xashqo’rd) deb yuritilgan va keyinchalik QASHQADARYO bo’lib ketgan. Download 128.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling