Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Download 0.78 Mb.
|
Majmua. O\'zbek dialektologiyasi
Dialektal lug‘atlar ahamiyati
O‘zbek tilining lahjalariga oid sheva yoki shevalar guruhining yoki barcha shevalarning leksik boyligini qamrab olgan lug‘atlar o‘zbek xalqi so‘z boyligining yagona so‘z boyligidir. D.l. hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘zbek tili tarixi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar uchun shuningdek adabiy til va sheva leksikasining o‘zaro munosabatalini yoritish shevalardagi ayrim so‘zlarni adabiy til lug‘atlariga kiritish adabiy tilda badiiy asarlarda keng qo‘llanayotgan dublet so‘zlarning dominantlarini belgilash uchun yordam beradi. D.l.lar o‘zbek shevalari atlasini tuzish uchun ham foydalidir. Chunki D.l.larda dialektizmlarning qaysi hududda uchrashi ma’lum darajada aks etadi. Shevalardagi ba’zi so‘zlarning etimologiyasini ham aniqlashga yordam beradi. D.l.da o‘zbek tilining izohli, ikki tilli va terminologik lug‘atlari uchun ko‘p leksik materiallar bor. Bu xildagi adabiy tilga oid lug‘atlarda ba’zi bosh so‘zlardan keyin qo‘yiladigan dial shartli belgisi o‘sha so‘zning mahalliy shevalarga oid dialektizm ekanligini bildiradi. Umumturkiy tillar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-nazariy va qiyosiy tadqiqotlarni tuzish rejalashtirilayotgan umumturkiy tillar shevalarning D.l.ni o‘zbek shevalari to‘liq lug‘atisiz tasavvur qilish qiyin.D.l. o‘zbek xalq maqol va matallarining qaysi territoriyada, qaysi sheva dialect vakillari tomonidan yaratilganligini belgilashga ulardagi ba’zi so‘zlar anglatgan ma’nolarni to‘g‘ri aniqlab olishga yordam beradi. D.l. xalq og‘zaki ijodini o‘rganuvchilar, folklor asarlarini lug‘atini tuzuvchilar uchun ham ahamiyatga ega. Bundan tashqari, maktablarda o‘quvchilar yozuvidagi dialektal xatolarni bartaraf qilish uchun ham foydalidir. Bu borasida N. Ahmedov va O. Botirovlarning sheva materiallari asosida yozilgan nomzodlik ishlari fikrimizning dalilidir. Shevalarlug‘atida xalq tarixinng ko‘p asrlik mahalliy ko‘rinishlari o‘z aksini topadi. Shu jihati bilan ham D.l.lar tarixchilar, etnograflar, arxeologlar va adabiyotshunoslar uchun ham qimmatlidir. D.l. lar botanik, zoolog q.q. xodimlari va barcha kasbdagi odamlar uchun ham zarur. Chunki unda kasb – hunarga oid so‘zlar ham mavjud. Hozirgi paytda kitob, radio, vaqtli matbuot, teatrning kundalik ta’siri adabiy til bilan shevalar o‘rtasidagi farqni kamaytirib bormoqda. Bu holat arxaik hamda etnografik dialektizmlarning kamayishiga olib keladi. “Leksikologiyaga oid tadqiqotlar unutilishi mumkin, biroq yaxshi lug‘atlar hech qachon unutilmaydi, ular abadiy qoladi deydi prof. F. Sorokoletov. Oktabr voqealaridan keyin V. Nalivkin va Nalivkinalarning Namangan shevasi bo‘yicha lug‘ati yaratilgan. 1972 yildan boshlab A. Kononov va A. Aliyevlar bu lug‘atni ilmiy yozuvda berilmagani uchun lug‘at deb hisoblamaganlar. 1899 yilda N. Pantusovning “ Bir chol va bir savdogar qizi haqida Marg‘ilin ertagi” asari bosilib chiqqan va o‘sha davr Marg‘ilin shevasi bo‘yicha ma’lumot beradi. 1988 yilgacha o‘zbek dialektologiyasi bo‘yicha 9 ta doktorlik, 6 ta nomzodlik ishlari himoya qilingan. Shulardan 25 tasida D.l. mavjud. O‘zbek shevashunosligi tarixida 1971 yilda 5 ming so‘zdan iborat 1 tomlik o‘zbek xalq shevalari lug‘ati nashr qilngan. Shundan keyin ham qilingan ko‘pgina ishlarda dialektal lug‘atlar mavjud. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling