. (bir nuqta) : (ikki nuqta) va :: (bir necha ikki nuqta) belgidan keyin qo‘yilib, unlining uzunligini ifodalaydi.
ʾ-- lenis, ғ ning yoniga qo‘yilib [ғ ʾ ], talaffuzda portlashni ifodalaydi.
‘ --asper, г ning yoniga qo‘yilib [г‘ ], spirantizatsiyani , ya’ni shu tovushning sirg‘aluvchi ekanligini ifodalaydi.
ˊ --akut,belgining o‘ng tomoniga qo‘yilib, [лˊ ] palatalizatsiya (yumshalish)ni ko‘rsatadi.
x belgisi konvergensiya (birlashish) hodisasini ko‘rsatish uchun tovushlar va fonemalar orasiga qo‘yiladi.
>belgisi—o‘tish hodisasini ko‘rsatadi.
||belgisi—tovushlarning almashishi va ikki faktning parallel qo‘llanishni ko‘rsatadi.
| va belgilari taqqoslashni ko‘rsatadi.
() qavs—shart bo‘lmagan, tushib qoladigan elementni ko‘rsatadi.
[] o‘rta qavs—umumiy matndan transkripsiya qilingan so‘zlarni ajratib ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Kursiv—turli darajadagi kuchsizlanish va reduksiyani ko‘rsatadi.
Nazorat savollari:
Transkripsiya deganda nimani tushunasiz?
Diakritik belgi nima?
Transkripsiya turlari.
Transliteratsiyaga ta’rif bering.
Fonetik transkripsiyaning ahamiyati nimada?
Fonologik transkripsiyaning vazifasi nimadan iborat?
Transkripsiyaning tuzilishi haqida gapirib bering.
Unli tovushlarni ifodalash uchun qanday transkripsion belgilar qabul qilingan?
Berilgan transkripsion belgilar orqali shevalarda uchraydigan barcha tovushlarni ifodalab bo‘lmasa qanday yo‘l tutiladi?
O‘zbek tilidagi undosh tovushlar transkripsiyada qanday ifodalanadi?
3-ma’ruza
Mavzu: O‘zbek shevalari tasnifi
Reja:
1. O‘zbek shevalarini tasniflashda yetakchi tamoyillar.
2. O‘zbek shevalari tasnifi.
3. O‘zbek shevalarini tasniflashda yetakchi olimlar.
4. Shevalar tasnifida olimlarning yutuq va kamchiliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |