Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 0.78 Mb.
bet18/50
Sana08.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1176813
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
Majmua. O\'zbek dialektologiyasi

Dialektal lug‘at tiplari.
Hozirgacha o‘zbek dialektal leksikografiyasida dialektal lug‘atning faqat sheva va dialektlarga oid so‘zlarni tanlab olib, u so‘zlarni adabiy tilda izohlab beruvchi dialektal adabiy tipdagi differensial lug‘atlargina bor. Dialektal lug‘atlarning boshqa tiplari bo‘yicha o‘zbek dialektologiyasida umuman turkiy tillarda ham lug‘atlar tuzilmagan.
Qozoq regional leksikografiyasini boshqa turkiy tillardagi va rus tilidagi dialektal lug‘atlar bilan qiyosan o‘rganib tadqiq etgan Sh. Sariboyev dialektal lug‘atning to‘liq, dialektal-adabiy, adabiy dialektal va fonetik dialektizmlar kabi tiplari borligini qayd qilgan.
1.To‘liq dialektal lug‘at. Ma’lumki, sheva va dialekt vakillari nutqida o‘sha sheva dialektlarga xos so‘zlardan tashqari boshqa shevalarda adabiy tilda qo‘llanayotgan juda ko‘p so‘zlar bor. Mana shu sheva yoki shevalar guruhida mavjud bo‘lgan barcha so‘zlarni – leksik boyliklarni qamrab olgan lug‘atga to‘liq dialektal lug‘at deyiladi. Dialektal lug‘at to‘g‘risida prof. A. G‘ulomov shunday degan “Sheva leksikasini butun bir sistema sifatida qamrab olish yoppasiga tasvirlash boshqa lug‘atlarning vazifasini ham o‘z ustiga olish bo‘ladi,” – degan.
Bu fikrlar to‘g‘ridir. Chunki shevalar lug‘ati boshqa lug‘atlarni takrorlamasligi kerak.
2. Dialektal-adabiy lug‘at. Yoqlangan nomzodlik va doktorlik ishlarida berilgan lug‘atlar hamda ilmiy to‘plamlarda berilgan lug‘atlar, o‘zbek xalq shevalari lug‘atlari dialektal -adabiy lug‘atlardir.
Turkiy tillar shevalari bo‘yicha differensial, dialektal-adabiy lug‘atlar tipidagi lug‘atni birinchi bo‘lib 1964 yilda Ozarbayjon dialektologlari tuzganlar. 1967 va 1970 yillarda boshqird shevalarining 2 jildli, 1969 yilda tatar, qozoq, 1971 yilda o‘zbek, 1972 yilda qirg‘iz shevalarining bir tomlik lug‘atlari tuzilgan. 1977 yilda turkman, 1976 yilda yoqut, 1983 yilda qoraqalpoq dialektal lug‘atlari nashr qilindi.
3. Adabiy -dialektal lug‘at. Bu xil lug‘atda bosh so‘z qilib adabiy tildagi so‘zlar olinadi va shu so‘zlarning shevalarda uchraydigan barcha variantlari, dubletlari beriladi. M-n: ombir-атавыз (shim. Xorazm)-atag‘z-(jan.Xorazm), kampirovuz (Mastchog‘) kabi.
4. Fonetik dialektizmlar lug‘ati. Bu xildagi dialektal lug‘atda bosh so‘z sifatida adabiy tildagi so‘z olinib keyin uning shevalardagi fonetik variantlari beriladi. Agar shevalardagi fonetik dialektizmlar qatori adabiy tilda uchramasa, shevadagi so‘zlardan biri bosh so‘z sifatida olinib so‘ngra fonetik dialektizmlar keltiriladi.
Shevalar bo‘yicha tuzilgan dialektal lug‘atlarda bosh so‘zlarning har xil manbalarga qiyoslanishi va qiyoslanmasligiga ko‘ra 2 guruhga ajratish mumkin.

  1. Shevalarning sof dialektal-adabiy lug‘atlari

  2. Shevalarning qiyosiy dialektal-adabiy lug‘atlari

Sof dialektal-adabiy lug‘atlarda bosh so‘zlar hech qanday manbalarga qiyoslanmaydi.
Qiyosiy dialektal-adabiy lug‘atlarda qiyoslash ishi quyidagi yo‘sinda amalgam oshirilgan:
Bosh so‘zlar turkiy yozma yodgorliklar tiliga hamda boshqa turkiy tillarga qiyoslangan.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling