Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
O‘zbek shevalarida yangi va eski so‘zlar
Download 0.78 Mb.
|
Majmua. O\'zbek dialektologiyasi
O‘zbek shevalarida yangi va eski so‘zlar.
So‘z ifodalaydigan buyum va tushuncha hayotda yo‘qolishi bilan so‘zning o‘zi hamiste’moldan chiqadi. Bu so‘zlar ham o‘z navbatida qadimgi so‘zlar va tarixiy so‘zlarga bo‘inadi. Arxaizmlarning hozirgi sharoitda o‘rnida ishlatiladigan boshqa so‘zlar ham bo‘lishi mumkin. Bu bir narsaning 2 ta nomi bir vaqtda ishlatiladi, ammo bittasi zamon nuqtai nazaridan faol biri passiv iste’molda bo‘ladi. Eskirgan formasi o‘rni bilan o‘sha davrni ochib berish holatlarida qo‘llanishi mumkin. M-n; g‘azot-urush, sho‘ro-q. sh. Raisi, toushan-quyon kabi. Bunday so‘zlarning lug‘at birligi biror jihatdan eskirib o‘z o‘rnini boshqa bir lug‘at birligiga bo‘shatib bergan. Ba’zi hollarda ba’zi bir so‘zlarning ma’nolari bir-biriga yaqinlashadi, yoki aynan bir xil bo‘lib qoladi. Bunday hollarda ulardan biri iste’moldan chiqib ketadi. M-n; sho‘ro-sovet, ma’ruza-doklad kabi so‘zlar dublet shaklida qo‘llanib kelindi. Bularning ichidan sho‘ro, doklad so‘zlari eskirib iste’moldan chiqdi. O‘tmishda mavjud bo‘lgan va hozirda ishlatilmay qolgan narsa va tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlar istorizmlar tarixiy so‘zlar yo‘qolib ketgan narsa – voqea-hodisalarning va tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bularni hozirgi adabiy tilda shakldoshlari bo‘lmagan.M-n; qozi, alam, ellikboshi, mirshab kabi. Bu so‘zlar hozirgi paytda zaruriyat tufayli o‘tmishga murojaat qilingandagina o‘z o‘rnida ishlatilishi mumkin. Yangi so‘zlar jamiyatda, hayotda bo‘layotgan o‘zgarishlarni ifoda qiladi. Bunday so‘zlar har bir tilda o‘z so‘z boyligi asosida turli sohalarni ifodalovchi leksema sifatida paydo bo‘ladi. Bu so‘zlar ham ma’lum bir davr uchun yangilik hisoblanadi. M-n; 20-yillarda kolxoz, sovxoz, 60-yillarda kosmos, kosmonavt so‘zlari yangilik sanalgan. 10-yillarda zavod, ishchi, poyez so‘zlari yangilik sanalib keyinchalik eskirgan. Evfemizmlar eng qadimgi ibtidoiy odamlar tilida bo‘lgan. Hozir ham ayrim qoldiqlari saqlanib qolgan. Tabu hodisasi bilan bog;liq holda yuzaga kelgan. Evfemizm grekcha “yaxshi gapiraman” degan ma’noni bildiradi. M-n; ko‘zi ko‘rmaydigan odamga ko‘r demasdan ko‘zi ojiz deyish evfemizmdir. Tabu hodisasi etnografik atama bo‘lib, irim-sirimlar asosida yuzaga keladi. M-n; ma’lum bir so‘zni aytmaslik tabu deyiladi. M-n; tog;li xalqlar kechasi bo‘ri nomini aytmaganlar. Qarluq shevalarida ilonni arg‘amchi deyilishi, o‘g‘uz shevalarida g‘assolni tozalovchi deyilishi tabu hisoblanadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling