O'zbek tilshunosligida son kategoriyasining o'rganilishi suyunova Dildora Dilshodjon qizi
Download 18.47 Kb.
|
O\'zbek tilshunosligida son kategoriyasining o\'rganilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SON KATEGORIYASINING O'RGANILISHI Suyunova Dildora Dilshodjon qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti filologiya va tillarni òqitish o'zbek tili ta'lim yònalishi 2-bosqich talabasi ethufthhhhh@gmail.com ANOTATSIYA Ushbu ilmiy maqola zamonaviy O’zbek tilida birlik va ko’plik, ya’ni son kategoriyasining o’rganilish masalalariga,tahliliga bag’ishlanadi. Ona tilimizdagi ko`plik ma’nosi amaldagi grammatikaga doir ishlarda ot va fe’l turkumida grammatik kategoriya sifatida o`rganilgan. Kalit so’zlar: O’zbek tili, grammatika, ta’lim, ko’plik kategoriyasi. KIRISH QISM Har bir davrda muayyan davlatning amalda mavjudligini, uning tarixini va dunyo taraqqiyotida, ilm-fanida muhimligini o’zining milliy, ona tili orqali namoyish qila olgan. Xususan, biz O’zbek xalqi uchun ham o’z ona tilimizni ma’naviy boyligimiz sifatida avaylab-asrash, boyitish, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish, qo`llanish imkoniyatlarini kengaytirish kabilar har doimgidan ham muhim vazifa bo`lib turibdi. Bugungi kunda o`zbek tilshunosligi «nutq→lison» yo`nalishi asosidagi tadqiqotlar davrini muvaffaqiyatli bosib o`tib, o`zining yangi pog`onasiga – «lison→nutq» tamoyili asosida ish ko`rishga jadal o`tmoqda¸ til qurilishi va undagi hodisalar dunyo tilshunosligida keng tarqalgan maydon asosida o`rganilmoqda. O`zbek tilidagi ko`plik ma’nosi amaldagi grammatikaga doir ishlarda ot va fe’l turkumida grammatik kategoriya sifatida o`rganilgan. Biroq mavzuga doir mazkur ishlarning aksariyati sho`ro davrida yaratilganligi sabab ulardagi talqinlarda rus tiliga xos xususiyatlar ma’lum darajada o`z ifodasini topgan. Son kategoriyasining amaldagi talqinlari o`zbek tilining xususiyatiga to`liq mos kelmaydi. Shu sababli son kategoriyasini o`zbek tilining agglyutinativ tabiatidan kelib chiqib o`rganish¸ uning tarixiy asoslarini bilish¸ tadrijiy taraqqiyotini belgilash¸ nutqiy voqelanishini tahlil etish hozirgi kunda dolzarb masala bo`lib turibdi. Download 18.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling