O‘zbek tilshunosligida til, lison, nutq tushunchalari talqini
Til, lison va nutq munosabati
Download 74.68 Kb.
|
O‘zbek tilshunosligida til, lison, nutq tushunchalari talqini-fayllar.org
1.2 Til, lison va nutq munosabati
UMIS va AHVO munosabati dialektikaning (ya‘ni butun borliq – tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosiy yashash) qonuniyatidan biri bo‘lganligi sababli, u har bir fanda o‘ziga xos tarzda xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi lison, AHVOniki esa nutq deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui til deyiladi. 12
G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. 3− nashri, T.: 1987. 5-bet Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 3− nashri, "O‘zbekiston", T.: 1992. 131313 Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I., Doniyorov X. 15
tengdosh. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni ko‘rishga intilish bilishning har ikkala bosqichi (fahmiy va idrokiy)da ham mavjud. Shu boisdan aytish mumkinki, bilishning fahmiy bosqichi mutlaq xususiylik bilan o‘ralashib qolmaganligi kabi, idrokiy bosqich ham mutlaq umumiylikni – UMISni tiklay olmaydi. Biroq har bosqich o‘z vazifasiga ega. Chunki har bir davr o‘z fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablarni qo‘yadi. «Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilg‘or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bo‘lgan fan sohalarining yutuqlari bilan uzviy bog‘liq. Turli fanlarning manbalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli, davrning yetakchi falsafiy fikri aniq fanlardan o‘rganish manbaining qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yo‘llarini belgilab beradi» (H.Ne’matov). Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy o‘zbek tilshunosligining birinchi bosqichi, dialektika nuqtayi nazaridan, tildagi UMIS va AHVOni bir-biridan farqlamay tasnif etish bosqichi. Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o‘rganish avvalo, tilshunoslar V.fon Humboldt, B.de Кurtene va F.de Sossyur nomi bilan bog‘liq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida tub burilish sifatida baholanadi. Chunki u mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi. Tilga, xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison o‘rnida til atamasi qo‘llanilib, u ko‘p ma‘nolilik tabiatiga ega bo‘lganligi sababli ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi. Shu boisdan nazariyotchi tilshunoslar UMISning tildagi voqelanishiga nisbatan lison atamasini qabul qildilar 14 . Natijada, til, lison, nutq munosabati quyidagicha 14 16
Yuqorida UMIS va AHVOning tildagi tajallisi misolida lison va nutqning o‘zaro munosabati haqida kirish xarakterida so‘z yuritildi. Endi unga batafsil to‘xtalinadi. Til – sof lisoniy qobiliyat va imkoniyat. U tafakkurni shakllantirishga (kodlashtirishga), xotirada qat’iy sistemaga tizib saqlashga, axborotni uzatish va qabul qilishga imkoniyat beruvchi muhim (birlamchi) insoniy ijtimoiy-ruhiy kommunikatsiya vositasi. Tilda bosh ichki ziddiyat – atash (nominativ) va ifodalash (ekspressiv) vazifalarining dialektik birligi. Download 74.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling