O‘zbek tilshunosligida til, lison, nutq tushunchalari talqini


 Til, lison va nutq munosabati


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana16.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1503903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
206-guruhZiyoda

1.2 Til, lison va nutq munosabati 
 
 
 
 
 
 UMIS va AHVO munosabati dialektikaning (ya‘ni butun borliq – 
tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosiy yashash) qonuniyatidan 
biri bo‘lganligi sababli, u har bir fanda o‘ziga xos tarzda 
xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi lison, AHVOniki esa nutq 
deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui til deyiladi.
 
12
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I qism. "O‘qituvchi", T.: 1980.
G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. 3− nashri,
T.: 1987. 5-bet 
Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 3−
nashri, "O‘zbekiston", T.: 1992.
131313
Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I., Doniyorov X.


15 
Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy jihatni farqlashga intilish ushbu fan bilan 
tengdosh. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni ko‘rishga 
intilish bilishning har ikkala bosqichi (fahmiy va idrokiy)da ham mavjud. Shu 
boisdan aytish mumkinki, bilishning fahmiy bosqichi mutlaq xususiylik bilan 
o‘ralashib qolmaganligi kabi, idrokiy bosqich ham mutlaq umumiylikni – 
UMISni tiklay olmaydi. Biroq har bosqich o‘z vazifasiga ega. Chunki har bir davr 
o‘z fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablarni qo‘yadi. «Fanlarning 
taraqqiyoti shu davrning ilg‘or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bo‘lgan fan 
sohalarining yutuqlari bilan uzviy bog‘liq. Turli fanlarning manbalari ko‘p qirrali 
bo‘lganligi sababli, davrning yetakchi falsafiy fikri aniq fanlardan o‘rganish 
manbaining qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini, borliqdagi 
mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yo‘llarini 
belgilab beradi» (H.Ne’matov). Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy o‘zbek 
tilshunosligining birinchi bosqichi, dialektika nuqtayi nazaridan, tildagi UMIS va 
AHVOni bir-biridan farqlamay tasnif etish bosqichi.
Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o‘rganish avvalo, tilshunoslar 
V.fon Humboldt, B.de Кurtene va F.de Sossyur nomi bilan bog‘liq. Lison va 
nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida 
tub burilish sifatida baholanadi. Chunki u mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib 
yubordi.
Tilga, xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki 
yillarida lison o‘rnida til atamasi qo‘llanilib, u ko‘p ma‘nolilik tabiatiga ega 
bo‘lganligi sababli ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi
insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi. 
Shu boisdan nazariyotchi tilshunoslar UMISning tildagi voqelanishiga nisbatan 
lison atamasini qabul qildilar
14
. Natijada, til, lison, nutq munosabati quyidagicha 
14


16 
tushunildi.
Yuqorida UMIS va AHVOning tildagi tajallisi misolida lison va nutqning 
o‘zaro munosabati haqida kirish xarakterida so‘z yuritildi. Endi unga batafsil 
to‘xtalinadi.
Til – sof lisoniy qobiliyat va imkoniyat. U tafakkurni shakllantirishga 
(kodlashtirishga), xotirada qat’iy sistemaga tizib saqlashga, axborotni uzatish va 
qabul qilishga imkoniyat beruvchi muhim (birlamchi) insoniy ijtimoiy-ruhiy 
kommunikatsiya vositasi. Tilda bosh ichki ziddiyat – atash (nominativ) va 
ifodalash (ekspressiv) vazifalarining dialektik birligi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling