O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari


Download 374.84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.04.2023
Hajmi374.84 Kb.
#1346530
Bog'liq
ozbek-tilshunosligining-dolzarb-muammolari



1
O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari
2019-yil 18-oktyabr kuni O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O‘zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida “O‘zbek
tilshunosligining dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiya “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvaxitov ochib berdi. O‘zR FA
prezidenti B.Yuldashev tabrik so‘ziga chiqib, konferensiya ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri S.Sayyid tilning millat rivojidagi o‘rni
masalasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘zR FA akademigi T.Mirzayev ham tabrik so‘z bilan chiqish qildi.
Mazkur konferensiya respublikadagi yetakchi tilshunos olimlar, o‘zbek tilini o‘qitayotgan pedagog kadrlar
va tilshunoslikka endi qadam qo‘ygan yosh mutaxassislarni jamladi.


2
Konferensiya ishi yalpi majlis va sho‘balar ko‘rinishida tashkil etildi. Unda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi
maqomi, o‘zbek tili vazifaviy uslublari taraqqiyoti, o‘zbek terminologiyasini tartibga solish muammolari,
o‘zbek lug‘atchiligining taraqqiyot tamoyillari, o‘zbek shevalarining milliy-madaniy xususiyatlari, o‘zbek tili
tarixi, o‘zbek badiiy uslubi rivojida shoir va yozuvchilarning o‘rni kabi masalalar muhokama qilindi.

Download 374.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling