Ikkinchidan, rus tilidagi affikslar bir emas, bir necha grammatik ma‘nolarga ega. Masalan, -ям affiksining o‘zi ham ko’plik, ham jo‘nalish kelishigi ma‘nolarini beradi.
o’zbek tilida esa qo’shimchalar asosan bir grammatik ma‘noga ega (ga–j.k. qo’shimchasi,
lar–ko’plik qo’shimchasi), shu sababdan bu kabi ma‘noni hosil qilish uchun ushbu
qo’shimchalarning har ikkalasi tartib bilan o‘z o‘rnida o‘zakka qo‘shiladi.
Uchinchidan, rus tilidagi affikslar standart shaklga ega emas. Xususan, jo‘nalish
ma‘nosi har doim ham -ям qo’shimchasi yordamida hosil qilinavermaydi. Masalan: столуstolga, лампе-lampaga, пути-yo‘lga, школам-maktablarga. O‘zbek tilidagi qo’shimchalar esa doim bir xil ko‘rinishga ega bo’lib, birlik va ko’plikdagi barcha so’zlarning jo‘nalish kelishigi shaklini hosil qilish uchun ga qo’shimchasi qo‘shiladi.
To‘rtinchidan, biz –ning, -ga, -dan kabi o’zbekcha qo’shimchalarni alohida holda olib ham, ularning qaratqich, jo‘nalish, chiqish kelishigi qo’shimchalari ekanligini ayta olamiz. Rus tilidagi tugalmalarning grammatik vazifalarini esa faqat so’z tarkibida aniqlash mumkin. Masalan, Девушка сояла у озера. Biz –a qo’shimchasiga yolg’iz holda ta‘rif bera olmaymiz. Chunki birinchi -a qo’shimchasi so’zning jenskiy rod, birlik, bosh kelishikdagi ot ekanligini, ikkinchi –a so’zning jenskiy rod, birlik, aniq nisbat, tugallanmagan tur (несовершенный вид), o‘tgan zamondagi fe‘l ekanligini, uchinchi –a esa bu so’zning sredniy rod, birlik, qaratqich kelishigidagi ot ekanligini bildiradi.
Beshinchidan, ruscha so’zlar dastalbki shaklida tub yoki yasamaga ajratilmaydi. Holbuki 15 har bir o’zakdan turli turkumga oid so’zlar hosil qilinaveradi. o’zbek tilida ishchi, ishsizlik, ishchan kabi yasama so’zlarning o‘zagini ajratib olsak, uning tub ot ekanligi ma‘lum bo’ladi. Rus tilida esa o‘zakning o‘zi mustaqil holda qo‘llanmagani va lug’aviy ma‘noga ega bo’lmagani uchun, u ma‘lum so’z shaklini olgan holdagina turkumlarga ajratiladi. Masalan: дать, давать -fe‘l, задача, передача-ot, данный-sifat (ko’plikda otlashgan holda ham qo‘llanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |