O`zbek xalq ertaklari
Download 27.32 Kb.
|
ertaklar haqida malumotlar
Hayotiy-maishiy ertaklar
O`zbek xalq ertaklari qatorida bevosita kundalik hayotida ro`y berayotgan voqealar asos qilib olingan ertaklar ham bor bo`lib, ular maishiy ertaklar atamasi bilan yuritiladi. Bunday ertaklarda amaliy harakatlar insondagi chegaralangan jismoniy kuch, ilm va hunarga bo`lgan munosabat, shaxsning ma`naviy qiyofasi haqida hikoya qilinadi. Ko`pincha ro`y bergan adolatsizning oxir natijada mag`lubiyatga uchrashi, aqil va dono shaxsning bahtga erishuvchi, haqoratlangan qizning yotug` yu bilan hurmatga ega bo`lish kabi voqea-hodisalar maishi ertaklar mazmuni tashkil etadi. Masalan, “Uch og`a ini botirlar” ertagida Kenja botir saroy g`iybati oqibatida nohaq jazolanadi. Ammo uning sabr, sadoqat bilan qilgan harakatlari o`zining ijobiy natijasini beradi. “Ozodachexra” ertagida Ozodchexra ne-ne malomatlarga qolmadi. Unga yovuz kuch ne-ne tuhmat toshlarni otmadi. Ammo uning chidam bilan adolatsizlikka dosh berishi ham yahshilikka olib keldi. Qizig`i shundaki, maishiy ertaklarda tasvirlangan xodisalar har bir inson hayotida ro`y berish mumkunligi bilan e`tiborni o`ziga tortadi. Maishiy ertaklarning muhum jihatidan biri ularda tarbiyaviy yo`nalishning aniq ifodalanishi bilan ham belgilinadi. Masalan: “Uch og`a-ini botirlar” ertagida mo`ysafid ota o`z o`g`illarini baquvat qilib o`stiradi, ertak yoshlarda har qanday viziyatda imkoniyatlarini to`g`ri baholash va bu imkoniyatdan samarali foydalanish tuyg`usini shakllantiradi. Ota o`z farzandlarini safarga otlantirar ekan, yigit kishinig hayotida zarur bo`lgan yana uchta maslahat beradi: “To`g`ri bo`ling, behavotir bo`lasiz. Maqtanchoq bo`lmang, uyatda qolmaysiz.. Agar ota tarbiyasinig va maslahatlarining mohiyatini tahlil qilsak, ularda haqiqiy hayotga tayyor bo`lishi lozim insonning asosiy fazilatlari aks etganiga ishonch hosil qilamiz. Aslini olganda, ertaklarning to`liq matni uning boshlanishida bayon etilgan nasihat va maslahatlar shartiga bag`ishlangan. Uch og`a-ini botirlar mart, jasur yigit bo`lishi bilan birga ziyrak inson ham edilar. Ularning biron hatti-harakatlarida biz kamchilik topa olmaymiz. Ammo shu bilan birga ular biron harakatni asossiz amalga oshirmaydilar ham. Bu ertakda oddiy xalqning tashvishsiz hayot kechirishga bo`lgan munosabati ham o`z ifodasini topgan. Download 27.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling