O`zbek xalq ertaklari


Download 27.32 Kb.
bet4/6
Sana04.08.2023
Hajmi27.32 Kb.
#1665121
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ertaklar haqida malumotlar

I l o n s h o h
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda bir chol bo’lgan ekan. Cholning bir-biridan go’zal uch qizi bo’lgan ekan. Chol bir kuni bozorga bormoqchi bo’libdi va qizlariga:
- Qizlarim, men bozorga ketyapman, sizlarga nima lib kelay ? - depti.
Katta qizi:
- Menga chiroyli kavush olib keling, -depti.
O’rtancha qizi:
- Menga chiroyli oyna olib keling,- depti.
Kichik qizi esa :
- Otajon, menga qip-qizil olma olib kelin, - depti.
Chol bozorga borib, o’z ishlarini bitirgach, katta qiziga kavush, o’rtancha qiziga oyna olibdi.
Kenja qiziga esa axtarib-axtarib sirayam olma topa olmapti. Nihoyat olma qidiribcharchagan chol bir yo’lovchidan:
- Birodar, butun bozorni axtarib olma topa olamadim, qayerdan topsam bo’larkin? – depti. Shunda yo’lovchi:
- E otajon, axtarib ovora xam bo’lmang, xamma olmalar ilonshohning qo’lida, -deb javob beribdi. Kenja qizini o’ksitishni istamagan chol tog’lar orasida yashovchi Ilonshoxning oldiga boribdi va :
- E Ilonshoh mening kenja qizim uchun bittagina qizil olma bergin,-depti.
- Mayli, - depti Ilonshoh, - men senga bitta qizil olma beraman, sen esa evaziga kichik qizingni menga xotinlika berasan.
Chol bu shartfa ko’nmabdi va uyiga borib, bo’lgan voqeani qizlariga aytibdi. Olma olib kelmagani uchun kichik qizi hafa bo’lmapti. Oradan bir qancha vaqt o’tib cholning kichik qiziga Ilonshohdan sovchi kelibdi. Lekin chol qizini ilonga berishga unamay, sovchilarga rad javobini beribdi. Sovchilar bir necha marta kelishib, quruq qaytishibdi. Shunda Ilonshoh shaharga keladigon suvni to’sib, xalqni tashnalikda qoldiribdi. Yosh bolalar, keksalar tashnalikdan xalok bo’la boshlabdilar. Bu xolni ko’rgan kenja qiz:
- Otajon, peshonamda ilonga xotin bo’ish yozilgan ekan, mayli, men roziman, meni Ilonshoh huzuriga olib boring, - depti yig’lab.
Chol ham nailoj yig’lay-yig’lay qizini Ilonshoh huzuriga olib boribdi.Ilonshoh ularni hushnud qabul qilibdi va suv boshiga qilingan to’siqni oldirib tashlabdi. Qiz bilan Ilonshohning to’yi juda dabdabali o’tibdi. To’ydan keyin Ilonshoh ko’rkam va pahlavon bir yigitga aylanibdi. Uni Qoratog’da yashovchi bir jodugar qasdan sehrlab ilonga aylantirib qo’ygan, xamdashu cholning kenja qiziga uylansangina sehrdan halos bo’ladi, deb shart qo’ygan ekan. Yigit shohning o’g’li ekan. U kenja qizning opalarini ham o’z mulozimlaridan ikkita yaxshi yigitga uzatibdi va chol bilan birga qizlarni ham saroyga olib kelibdi. Xammalari umrlarining ohirigacha baxtli va farog’atli yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar.
Sehri ertaklar
O`zbek xalq ertaklarning salmoqli qismi sehrli ertaklardan iboratdir. Mashhur va taniqli folklorshunos olilarining tagidlashicha, turli xalqlar ijodida uchraydigan ertaklar orasida eng bir-biriga o`xshah mazmunga ega ekanini sehrli ertaklardir. Bunday ertaklarni ko`pincha asar qahramoniga nimanidir yetishmaslig, qahramonning bu narsaga ega bo`lishi, qandaydir ishni taqiqlash, kuchli raqibning mavjudligi, xavfli safarga chiqish kabi lavhalar birlashtirib turadi. Eng muhumi sehri ertaklarida turli mavzular, afsungarliklar, fantastik tasvirlar yetakchilk qiladi. Chunonchi, Hamid Olimjon <> dostoninig boshlanishida aytgan: “O`zi uchar gilamlar”, “O`t bog`lagan qanotlar”, “Beqanot uchgan otlar”, “Qiz bo`lib ochilgan gul”, “Siylaguvchi devorlar”, “bola bo`p qolgan chollar” kabi misralar aynan sehrli ertaklar tarifiga to`g`ri keladi. Sehrli ertaklarda mifoligik dunyo qarash belgilari alohida, aniq seziladi. Chunki uzoq qadim zamonlarda totem hisoblangan ilon, semurg` va fetsh hisoblangan yer, quyosh, suv kabi tushunchalar an`ana bo`lib mazkur ertaklarga o`tgan. Natijada, “Semurg`”, “Devbarcha”, “Yalmog`iz”, “Mehrigiyo”, “Mohistara”, “Ur to`qmoq” kabi namunalar xalq orasida ajdodlarimizning fantastik hayolga berilish masuli safatida shuhrat topdi. Avvalgi mavzularda qayd etilganizmdek, televideniye, telefon, masofa orqali boshqaraladigan qurilmalar, samalyot, aftomabillarning paydo bo`lish ko`p jihatdan sehrrli ertaklardagi orzular natijasi sifatida boshlanishi mumkin. Sehrli ertaklarning mavzulari xilma-xilligo bilan ham e`tiborni o`ziga jalb qiladi. Ularda turli sarguzashtlar, mo`jizaviy hayot tasviri, adolatning g`alaba qilishi, insonning fazilat madhi keng o`rin olgan. Bunday asarlarda ayniqsa, tasvir san`atlaridan, mubolig`adan qayta-qayta foydalanadi. Eng muhumi tinglovchi yoki kitobxon mubolig`alarming birontasiga shubha bilan qaraylanmaydi. Masalan, “Mohistara” ertakida yuguriyotgan kiyik oyog`I ostidan duru gavharlar sochiladi. “Ota vasiyati” ertagida tutatqi tutulgani zahoti kenja o`g`il qarshisida anjomlangan ot paydo bo`ladi. Ammo bunday mo`jizalarning sodir bo`lishi hech kimda shubha uyg`otmidi. Sehrli ertaklarda tilsimli narsa – pridmet haqida ham fikr yuritilgan. Masalan: daryoga aylangan oyna, changalzorga aylangan taroq kabi tasvirlarga keng o`rin beriladi. Hulosa qilib aytish mumkunki, sehrli ertaklar xalqning nisbatan qadimgi ijod mahsulidir. Ularda inson hayoli naqadar cheksiz ekanini namayon bo`ladi. Shuningdek, ajdodlarimiz turmush qiyinchiliklaridan tashvishga tushgan paytlarida bu asarlar ularga umid bag`ishlagan. Ularda kelajakda ishonch ruhini uyg`otgan. Mazkur ertaklarni so`z san`atining mukammal namunalari sifatida baholash uchun ham asos yetarlidir.

Download 27.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling