O`zbek xalq ertaklari


Download 30.98 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi30.98 Kb.
#1436074
Bog'liq
O`zbek xalq ertaklari


O`zbek xalq ertaklari
Inson qadim zamonlardan buyon tabiat kuchlarining mohiyatini anglash, ularni о'ziga bo'ysundirish, dunyoda ro'у berayotgan voqea-hodisalarni tushunish, adolat, baxt-saodatni orzu qilgan. Barcha xalqlarning orzu- niyatlari aslida bir-biriga hamohang bo'lsa-da, ularni har bir xalq о'zicha ifodalagan. Xalqlarning ana shu orzu-niyatlari ifodasi о'laroq xalq og'zaki ijodida ertak janri maydonga kelgan. Xalq ertaklari barcha xalqlar og'zaki ijodiga xos qadimiy janrdir. Har bir xalq ertaklarida mazkur xalqning dunyoqarashi, milliy "Ahmadjon bilan Luqmonjon" ertagiga ishlangan rasm xarakteri, sinfiy munosabatlari, turmushi ma'lum darajada о'z ifodasini topadi. Ertaklar hayot haqiqatini xayoliy vа hayotiy uydirmalar asosida tasvirlaganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea-hodisalarning ajoyib-g'aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarining g'ayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Asrlar osha davr tahririga uchrab, sayqallashib, go'zal shakllari, sodda va teran mazmuni bilan bizgacha yetib kelgan ertaklarning badiiy kuchi — ularning xalq orzu- umidlari va turmush haqiqatlari bilan uyg'unligida, kishilarning ruhiyatini о'zida aks ettirishida, kattalarga ham, kichiklarga ham birday yoqimli, qiziqarli bo'lishidadir.
“Ertak” atamasi Mahmud Qoshg`ariyning XI asrda yozilgan “Devonu lug`atit turk” asarida “etuk” shaklida uchraydi va biror voqeani og`zaki tarzda ifodalash ma`nosini bildiradi. Ertak so'zining lug'aviy ma'nosi — aytish, aytmoq, hikoya qilmoq ma'nolarini bildiradi. Ertak Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida «matal», Buxoro viloyatining ba'zi tumanlarida «ushuk», Toshkent shevasida «cho'pchak» atamasi bilan nomlanadi. Bundan tashqari, о'zbeklar orasida ertakning hikoya, afsona, о'tirik, tutal kabi atamalari ham uchraydi. Ertaklar hayvonlar haqidagi ertaklar, bahodirlik ertaklari, sehrli- fantastik ertaklar, sarguzasht ertaklar, tarixiy va ijtimoiy-maishiy ertaklar singari guruhlarga ajratiladi. 


O`zbek xalq ertaklari
Inson qadim
zamonlardan buyon tabiat kuchlarining mohiyatini anglash, ularni о'ziga bo'ysundirish, dunyoda ro'у berayotgan voqea-hodisalarni tushunish, adolat, baxt-saodatni orzu qilgan. Barcha xalqlarning orzu- niyatlari aslida bir-biriga hamohang bo'lsa-da, ularni har bir xalq о'zicha ifodalagan. Xalqlarning ana shu orzu-niyatlari ifodasi о'laroq xalq og'zaki ijodida ertak janri maydonga kelgan. Xalq ertaklari barcha xalqlar og'zaki ijodiga xos qadimiy janrdir. Har bir xalq ertaklarida mazkur xalqning dunyoqarashi, milliy "Ahmadjon bilan Luqmonjon" ertagiga ishlangan rasm xarakteri, sinfiy munosabatlari, turmushi ma'lum darajada о'z ifodasini topadi. Ertaklar hayot haqiqatini xayoliy vа hayotiy uydirmalar asosida tasvirlaganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea-hodisalarning ajoyib-g'aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarining g'ayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Asrlar osha davr tahririga uchrab, sayqallashib, go'zal shakllari, sodda va teran mazmuni bilan bizgacha yetib kelgan ertaklarning badiiy kuchi — ularning xalq orzu- umidlari va
turmush haqiqatlari bilan uyg'unligida, kishilarning ruhiyatini о'zida aks ettirishida, kattalarga ham, kichiklarga ham birday yoqimli, qiziqarli bo'lishidadir.
“Ertak” atamasi Mahmud Qoshg`ariyning XI asrda yozilgan “Devonu lug`atit turk” asarida “etuk” shaklida uchraydi va biror voqeani og`zaki tarzda ifodalash ma`nosini bildiradi. Ertak so'zining lug'aviy ma'nosi — aytish, aytmoq, hikoya qilmoq ma'nolarini bildiradi. Ertak Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida «matal», Buxoro viloyatining ba'zi tumanlarida «ushuk», Toshkent shevasida «cho'pchak» atamasi bilan nomlanadi. Bundan tashqari, о'zbeklar orasida ertakning hikoya, afsona, о'tirik, tutal kabi atamalari ham uchraydi. Ertaklar hayvonlar haqidagi ertaklar, bahodirlik ertaklari, sehrli- fantastik ertaklar, sarguzasht ertaklar, tarixiy va ijtimoiy-maishiy ertaklar singari guruhlarga ajratiladi. 
Download 30.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling