O’zbek xalq musiqasining maxalliy uslublarining musiqa darslarida joriy etilishi reja: Kirish. Ibob: xalq musiqasining mahalliy uslublariga oid bilim va tushunchalarni ta’lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati
Xalq musiq ijodiyotining mahalliy uslublarga xos janr turlari tavsifi va
Download 21.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqKurs ishi
1.2. Xalq musiq ijodiyotining mahalliy uslublarga xos janr turlari tavsifi va
ularni ta’lim jarayoniga tadbiq yetish muammolari. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan o’zbek xalqining ham tafakkuri, diyonati, milliy qadriyatlari, donishmandligini Respublikamiz Prezidenti I.Karimov: umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini tiklash, rivojlantirish, insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish, vatanparvarlikda ko’rgan yedi. Shuning uchun ham Istiqlol sharofati bilan milliy ma’naviy qadriyatlarimizga bo’lgan diqqat-e’tibor, unutilayozgan an’analarimizni tarixan qisqa muddat ichida qayta tiklanish muttasil taraqqiy yettirish maqsadidagi yangilanish, barcha jabhalarda o‟z natijalarini bera boshladi. Sobiq sho’ro davri mafkurasi cheklanishlari ta’sirida imkoniyatlari bo’g’ib qo’yilgan o’zbek musiqa merosining Sharq xalqlari an’analari bilan tarixiy aloqalari yangi bosqichga ko’tarildi va ijodiy hamkorliklar yo’lga qo’yildi. Aynan shu madaniy aloqalar, musiqaning ilohiy ta’sir kuchi va o’zbek xalqining boy musiqa merosining ahamiyati va mavqyeini, uning Sharq musiqasi bilan mushtarakligini nazarda tutgan O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning “Sharq musiqasining jaxon madaniy merosida tutgan o’rni benihoya buyuk… Bu musiqa ming-ming yillardan beri odamlar dilini poklab, ularni ruhan yuksaltirib kelmoqda.” – degan so’zlari fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi. Bugungi o’zbek musiqa san’atining jahon sahnalarida erishayotgan yutuqlari tahsinga sazovordir. Xususan, o’zbek folklor musiqasining yangi-zamonaviy qiyofa, xarakter, o’ziga xos betakrorlik kasb yetib, xalq ma’naviyatiga shiddat bilan qaytib kelayotgani, butun jahon san’atsevar ahli tomonidan yuksak baholanib, e’tirof etilayotgani, “YUNESCO” tomonidan “Boysun bahori” folklor ansambllari ko’rik tanlovlarini muntazam o’tkazib kelayotgani halq musiqasining o’lmas ilohiy qudratga yegaligi, u chinakam xalq dahosining yaratuvchanlik qudratining mahsuli ekanligidan dalolatdir. Shu ma’noda o’zbek xalqining ma’naviy go’zalligi asrlar qa’ridan kelayotgan kuy-ohanglarida o’zining ajoyib, betakror badiiy in’ikosini topgan.Allomalarimizdan Abu Nasr Farobiy ta’rif berganidek, musiqa – inson ruhining ozig’idir. Binobarin, milliy musiqa xalqimizning tarixiy taraqqiyoti davomida ajdodlarimiz boy ma’naviyatining teran tafakkurining, milliy ruhiyatining yoqimli sadolardagi jonli ifodasi va ayni paytda, yangi mustaqil jamiyatimizning ruh quvvati va jon ozig’idir. Mustaqilllik yillarida xalq musiqa merosini tiklash, unutilib ketgan namunalarni yuzaga chiqarish, ularni xalq madaniy hayotiga olib kirish maqsadida Respublika miqyosida ko’plab ko’rik-tanlovlar, musiqiy etnografik ilmiy yekspedisiyalar tashkil yetildi. Dastlaki yillardan Mustaqillik va Navro’z bayrami Download 21.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling